Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

Турецкие Стихи

Пятница, 17.05.2024

Mahmud Koshg
MAQOLLAR

«Tulku o‘z iniga ursa, ujuz bo‘lur» («Tulki o‘z uyasiga qarab ulisa qo‘tir bo‘ladi»). Mahmud Koshg‘ariy izohlashicha, «bu maqol o‘z elini, urug‘ini va mamlakatini yomonlovchilarga qarata aytiladi».

* * *

«Erik erpi yag‘lig‘, ermagu bashi qanlig‘» («Tirishqoqning labi yog‘lik, erinchoqning boshi qonlik»). Bu maqol yalqovlikni tashlashga, g‘ayrat bilan ishlashga undab aytiladi.

* * *

«Suv ichirmasga sut ber». U senga yomonlik qilganga ham yaxshilik qil, degan ma’noda ishlatiladi.

* * *

«O’kuz azaqi bo‘lg‘incha, buzag‘u bashi bo‘lsa yik» («Ho‘kizning oyog‘i bo‘lguncha, buzoqning boshi bo‘lgan yaxshiroq»). U «mustaqillik bo‘ysunishdan yaxshi» degan ma’noda qo‘llanadi.

* * *

«Tavg‘ach xanning to‘rqusi telim, tenglamazib bichmas» («Qoraxitoy) xoqonining ipak gazmoli ko‘p, lekin o‘lchamay kesilmaydi»). Bu maqol ishni boshida puxta o‘ylab qilishga undab, isrofgarchilikka qarshi aytilgan.

* * *

«Uma kelsa, qut kelar» («Mehmon kelsa qut kelar»). Bunda «senga mehmon kelsa, u bilan birga baraka, qut-baxt keladi, qo‘noqni yaxshi qarshi oladilar, malol olmaydilar» degan fikr ilgari surilgan.

* * *

«Qiz kishi savi yo‘rig‘li bo‘lmas» («Baxil odam obro‘ topmaydi»). Bu maqol odamlarni yaxshi nom chiqarish, saxiy bo‘lish uchun undab aytiladi.

* * *

«Erdam bashi til» («Odobning boshi til») .

* * *

«Tilin tug‘mishin tishin yazmas» («Til bilan tug‘ilganni, tish bilan yechib bo‘lmas»)
 

BAYTLAR

Olim kishi so‘zidan olgil o‘git, 
Yaxshi so‘zlar ta’siri dilga singar.

* * *

Olim kishini ezgu tutib so‘zin eshit, 
Hunarini o‘rganibon amal qilg‘il.

* * *

Qush ov ko‘rsa yuksaklardan pastga tushar, 
Olim kishi o‘git bersa, darhol uqar.

* * *

Olimlarga yaqinlash, bahra olgil tutib dil.

* * *

Qo‘ni-qo‘shni, qarindosh, 
Ko‘rsin sevdan yaxshilik.

* * *

Kelsa birov yo‘qlanib, 
Bergil yaxshi ozuq, non. 
Qarg‘ab ketar mehmonlar, 
O’tar bo‘lsang gar yomon.

* * *

Undab ulug‘ chaqirsa, 
Tezlik bilan chopib kel, 
Ochlikda birga bo‘lgil, 
Ne holda bo‘lsa yurt, el

* * *

Yashirin tutilgan sevgi 
Ayrilgan kun bilinar. 
Og‘riq ko‘zni berkitma, 
Yoshi oshkora qilar.

* * *

Kulsa kishi yuzingga, 
Ko‘rklik bo‘lib ko‘ringil. 
Shirin, ochiq so‘z so‘yla, 
Yoqmoq uchun uringil.

* * *

Ulug‘lig‘ing oshsa xushxulq bo‘lgil.

* * *

Yomonlikka otlanma, 
Tildan chiqar ezgu so‘z.

* * *

Baxil mezbon mehmonni o‘g‘ri ko‘rar,
Berganini minnat qilib yuzga urar.

* * *

Mehmon kelsa o‘tqazgil, 
Hordiq olib tinch bo‘lsin.
Oti ham yorug‘likda 
Arpa, somonga tuysin.

* * *

Ilm, hikmat o‘rgangin, bo‘lma mag‘rur, 
Maqtanchoqni sharmandasi chiqdi, ko‘r.

* * *

Kelsa agar xonang uzra g‘arib mehmon, 
Bor narsangni oldiga quy, bo‘l mehribon.

* * *

Qo‘ldoshingni hurmat qil, 
O’zgalarga yuzlanma. 
Boqolmasang tovug‘ing, 
Qush boqay, deb so‘zlanma.

* * *

Ketgan molga achinma, 
Unga ozroq o‘kingil.

* * *

Eshitib ota-onaning 
So‘zlarini qadrla. 
Molu mulking ko‘paysa, 
Mag‘rurlanib quturma.

* * *

Ish boshlashda hovliqmay, diqqatla boq 
Chaqmoqtoshni shoshib chaqsang o‘char chiroq.

* * *

Mashaqqatsiz hayot yo‘q bunda aslo, 
Ezgulikni kurmasdan umr bitar.

* * *

Ko‘rklik to‘ning o‘zingga, 
Totlig‘ oshing o‘zingga. 
Qo‘noqqa ko‘rgiz izzat, 
Yoysin sha’ning uzoqqa.

* * *

Boqmas jahon sovuq so‘z, 
Shilqim, yuzsiz baxilga, 
Yoqimli bo‘l, xushxulq bo‘l, 
Qolsin noming ko‘p yilga.
Категория: SMS SHERLAR, SEVGI HAQIDA SHERLAR (18.10.2013)
Просмотров: 1069 | Рейтинг: 0.0/0