Umidiy Marg'iloniy (1835-1905) Sherlar
Munharif o‘ldi falak, javr o‘ldi kun-kundin ziyod, Na habibimdan karam, na o‘zligimdan e’timod. Bir ajoyib toleim bordurki, man hayron ango, Sidq ila qo‘ysam qadam har yerg‘a, qo‘zg‘olg‘ay fasod, Har ishimdan, qilmishimdan do‘stlar xotir malul, Har hunar qilsam ziyon afzunu bozorim kasod. Bo‘lmisham hayronu lolo‘ yo‘q habibi mehribon, Ko‘zima olam qorong‘u, go‘ri tang turgan bilod. Lutf etib, yorab, o‘zing ko‘rsat mango rohi baqo, Lavhi dildan naqshi fosidlarni aylab inxirod, Bori nisyon, hamrohim yo‘q, ko‘zlashim mulki adam, Mingan otim langu log‘ar, yo‘q qo‘limda rohi zod, No‘sh etib mastonadur xamri jaholatdin Umid, Shul jihatdin aylamas oxir ishin bir lahza yod, * * * Andalibi zordek dil qon qilib, afg‘on qilib, Mavsumi gulni tamannosida ko‘p nolon qilib. Bu jahoni foniy gulzorig‘a vasl ummidida Beibo qo‘ydim qadam, ishq otini javlon qilib. Dilbarim zulfini chavgonig‘a bu maydon aro, Maqsadim, o‘ynatsa boshim go‘yini g‘alton qilib. Shukrkim, ko‘rdim jamolin toleim feruz o‘lub, Shum raqiblardin g‘amimni dil aro pinhon qilib, Necha yillardin beri may ishqida maxmur edim, Hubbatullohi sharob ichdim fidoyi jon qilib. Berdi ilkimga falak sham’i murodim yorutub, Kulbam ichra yor husnidan charog‘ ehson qilib. Bo‘lmayub navmid Umidiydek talab vodiysida, Manzilu maqsadg‘a yettim ashkimi rezon qilib. * * * Nafas torin chekib, qaddingni xam aylar pano kam-kam, Olib beldin madoring ilgingg‘a bergay aso kam-kam. Tilarsen gar najoti g‘am, tajarrud bog‘ini sayr et, Taalluq keltururkan boshingg‘a yuz ming balo kam-kam. Ko‘zingning gavharin sarrofi olam olg‘ay o‘rnidin, Bu tadbir ila aylar ro‘zg‘oringni qaro kam-kam. Qo‘lingdin ketsa davlat majmaidur bebaqo ichra, Uzarlar mehru shafqat torini har oshno kam-kam. Mahori ixtiyoriig nafsi badning ilgig‘a bersang Gado aylar sani yuzdin olib sharmu hayo kam-kam... Havo birla havas naqshiga dil berma javonlikda, O‘tib bayram kuni aldin ketar rangi xino kam-kam. Qiyomat qoyim o‘lmog‘a yetushsa yil, yaqin beshak, Ulug‘lardin adab bermak, kishilardin hayo kam-kam. RUBOIYLAR Ey andalibi xoma, hamisha tarona chek, Yod aylagil jamolini, ohi shabona chek. Navro‘z kayfini yana ko‘zdin uchirmag‘il, Mastonaliq piyolasini yona-yona chek. * * * Ey soqiyi xujastaliqoi tarab ado, Kavsar nishon sharobingg‘a yuz naqdi jon baqo. Lab tashna, jon gurusna, ko‘ngul mayg‘a mustamand, La’ling haqida ayla mani hojatim ravo. * * * Ey soqiy, boda bahrig‘a mallohi kisht o‘lsa, Hurona kosa tutki, mayli sharobi bihisht o‘lsa. Dorilamon maykadadin quvmag‘il g‘ofil mani, Qurboni bo‘yi bodai rayhon sirisht o‘lsa. * * * Ey mayfurushi asri shah, Jamshidi anjuman, Keltur qadahni gardisha, shaydoliq ayla fan. G‘am daf’ig‘a hakimi qazo amr etib sharob, Ranji tanimni daf’ig‘a hoziqliq ayla san. * * * Bir kecha soqiy may bila ko‘nglumni sarafroz, Cho‘x ayladi, qilib erdim jonim ango niyoz. Ilgimda erdi zodai ash’ori xotirim, Aydi tamom o‘qub ko‘rub, nomin ango — Niyoz. MUXAMMASLAR * * * Bilki ul zolim falak gullar namoyon ayladi, Sabzalar birlan chaman sahnini bo‘ston ayladi, G‘unchalar la’lini kulgu birla xandon ayladi, Turfatul-ayn ichra avroqin parishon ayladi, Bulbuli sho‘ridasin dog‘ida nolon ayladi. Birni taxti saltanat uzra maqomini baland, Sarfarozu shodkom aylab el ichra arjumand, Har tamannosin muyassar, har so‘zin aylab pisand, Dushmanin zoru zabun, oldida aylab qaydu band, Betahoshi harna maqsudin farovon ayladi. Birni ravshan qildi ko‘zguyi jalodat davlatin, Birning ortturdi damodam g‘ussa birlan kulfatin, Mamlakat ichra qurib birni sariri shavkatin, Birni behush aylabon, chekkan tamomi mehnatin, Birni kuldurdi, birini bag‘rini qon ayladi. Birni Majnundek biyobon uzra qildi darbadar, Oqizib ko‘z yo‘lidin selobai xuni jigar, Gohi uzlat ko‘chasida kezdurub shab to sahar, Gohi tashlab vodiyi furqat aro be pou sar, Telbai sargashtai ko‘hu biyobon ayladi. Dod etay yuz til bilan bu dahri nofarjomdin, Bir-biridan battarinroq besubut ayyomdin, Har zamon kom olmoq istarlar mani nokomdin, Ko‘rguzub may o‘rnida zahri halohil jomdin, Benavo Umidiydek mahbusi zindon ayladi. * * * Bo‘lsam, ey bulbul, saningdek gulga hamdam koshki, Vasl uchun xilvatgahi dildora mahram koshki, G‘ayrdin aylab qamu sirrimni mubham koshki, Iydi husnidin topib bir kecha bayram koshki, Chirmasam zunnorini belimg‘a mahkam koshki. Ayru o‘ldum yordin, ag‘yorlar kuldi sabab, Domani sahroni tuttum ko‘p chekib ranju taab, Ushladi bemehrlik rohini ul huro laqab. May sari tarki tabassum aylabon ul shahdlab, So‘zladi ag‘yorima man emdi o‘lsam koshki. Ayladim tarki vatan Majnun kabi men benavo; Javr ila qilg‘och raqiblar dilraboimdin judo. Sham’i ayshimni o‘churdi bemahal bodi sabo, Bo‘ldi olam sahni ko‘zumg‘a mani zulmatsaro, Yetmasaydi yuz alamlar uzra yuz g‘am koshki. Afzun o‘la borajak hayron uza rasvolig‘im, G‘am keturdi boshima hasrat tuni tanholig‘im, Ishqimi fosh ayladi el ichra beparvolig‘im, Darbadar qildi raqiblar birla bazmorolig‘im, Bo‘lmasamchi bevafolar birla hamdam koshki. Ey xaridori matoi orifi bozori gul, Arg‘ununsozi tarab hamonu har gulzori gul, Telbai, oshuftai, majruhu peshi xori gul, Andalibi bevatan qildi sari zunnori gul, Sendek o‘lsam bir nafas gul birla man ham koshki. Bo‘lmadi oshiq bo‘lib jonim, nigorim sadqasi, Yo‘xu borim vasl o‘lan hangomi borim sadqasi, Sargaron boshim qudumi shahsuvorim sadqasi, Har tarafdin naqdi dinim, guluzorim sadqasi, Desa Majnune mani ham xalqi olam koshki. Jon kerakmas jismim ichra ul parizod o‘lmasa, Tarki gulshan aylaram ul qaddi shamshod o‘lmasa, Yo‘q Umid, andin karam bir lutf ijod o‘lmasa, Men kabi yuz qul boshi yo‘lida barbod o‘lmasa, Bersa ul qotil sharobe tig‘i g‘am ham koshki. NAVOIY G‘AZALIGA MUXAMMAS Telba Umidiy quling behushu beidrokroq, No‘sh etib xamri jaholatdin tili nopokroq, So‘zani Mar’yam bilan qilg‘il rufu cholokroq, Ko‘kragimdur subhning pirohanidin chokroq, Kiprigim shabnam to‘kulgan sabzadin namnokroq. Jazmlik, yaxshi karamlik, mehribon ko‘rdum sani, Tashladim boshim ayog‘ingg‘a hamon ko‘rdum sani, Gavhari mehringni jismim ichra jon ko‘rdum sani, Bu ko‘ngul g‘amnokidin tO shodmoi ko‘rdum sani, Istaram, hardamki bo‘lg‘ay xotirim g‘amnokroq. Sho‘x-shang atfollardin tegsa ko‘p bag‘rimga tosh, - Uz jazosi, qildi ish besabrlikdin bekengosh, To‘kmaka ushshoq qonin qotili aylar talosh, Uyla mujgon xanjarig‘a yopushubdur durri yosh, Kim magar andin yatime yo‘qturur bebokroq. Qo‘ygucha yolg‘iz mani, jonimni ol, ey dilrabo, Sansizin bir lahza lazzat yo‘q tiriklikdin mango, Qo‘yma beparvo qadam har yona mayl aylab yano, Lablaringdan kom olurda barcha el quldur sango, Jon berurda bir quling yo‘q bandadin cholokroq. Qo‘ysa gar gardi mazallatni rizo ahliga charx, Boshini farmondin indurmas, ado ahliga charx, Kimiyo bilg‘ay banogoh chashmi vo ahliga charx, Odamiylik tufrog‘in bersa fano ahliga charx, Ohkim, yo‘qdur kishi ahli vafodin xokroq. Eyqachon boshim mani ovezi ul fitrok o‘lur, Qoshi yosidin tegib o‘q, siynasi dardnok o‘lur, Qon tarashshuh aylabon, oluda jismim pok o‘lur, Necha o‘qlosang Navoiy, ko‘ngli zaxminroq o‘lur, Ko‘rmagay, zaxmini tikkon sari bo‘lg‘oy chokroq. G‘AZALI FORSIY Iborat muxtasar tavzihi holam sharhi ismat dosht. Usuli din kalomam, yak qalam mazmuni hikmat dosht, «Bahori donishi» aqlam nadorad forig‘ az kulfat, «Bahoristoni» navro‘zam qaribi shomi kulfat dosht. Nadonam «Ravzatul ahbob», ki yori man fusun dorad, Dili nayrangi har bobash hazoron fasli rahmat dosht, Ba «Nahvi» sargaron aftodaam az harfi illatro, Dili Majnunam, az Layli, ki to‘mori muhabbat dosht... Ba «Axloqi» husn bobi savobi sharhi avrodash, Vale «Ruhal-bayon» tafsiri axloqi hamidat dosht... Ba ixlosat zabonam mekunad virdi «Daloilro», Kalomi «Masiaviy» tavsifi avsofi hamidat dosht. Ba «Devoni» dilam dar har varaq dog‘i digar dorad, Ki yori man ba ag‘yoron «Bahoriston»i ishrat dosht. Dili «Tahzibi» ixlosam ba javri mahvashon xun shud, Ki «Mahbubul qulubi» mo namedonam chi xislat dosht. «Aqoyid» sharhi madhash mabhasi zoti sifoti o‘, Ba vasfi daftari sony chi avsofu, chi xislat dosht. Kalomi holu qolu mabhasi digar namedonam, Kitobi mushkuloti darsi medoram-muhabbat dosht. Kalidi qufli bobi «Maxfiloroi» xaloyiq shav, Ki «Miftohul jinon» mazmuni kashshofi jamilat dosht, Kitobi «Sharhi Mullo» Mavlavy Jomy Isomiddin, Asosi beqiyosu bahsi ismi dilfirebat dosht. Kalomat holi dilro mekunad sug‘rou ham kubro, Ki yori man namedonam: kadomin dinu millat dosht. «Nukoti» sirri maktubi muhabbatro makun izhor, Ki har yak nuktaash mazmuni sad olam fazilat dosht. Zi daste sarnigunaflok dar dil dog‘ho dorad, Umedy notavon dar mavze’i Mashhad sukunat dosht. BUL KITOBNING NOZIMI MULLAQAB BA UMIDIY BIR NECHA SO’Z «MANTIQ-UT-TAYR»DIN FASONAGUDOZLIK BIRLAN BAYONG‘A KELTURGONINING BAYONI Xayoli tezpari Semurg‘parvoz, Humoyun soyasidin eshitur roz. Yozib jur’at bilan mushkin qanotin, Chiqib davr uzra Hudhud qo‘ydi otin. Yo‘luqti munga Semurg‘i jahongard, Sulaymon xizmatiga shuhrati fard. Dedi Semurg‘:— Ruh ermish shikorim, Huvaydo olam uzra koru borim. Qanotimni shamoli tegsa to‘zon, Ulug‘ mahkam bu Ko‘hi Qof parron. Cho‘chub panjamni zarbidin chunon bed, Falak titrab kirar yer uzra xurshed. G‘izo har kunda o‘n ming mohi daryo, Qadi ming bir quloch, en yuz gaz ammo. Zuhal ilgida uchqun nasri tayyor, Mango qulluqqa yuz til birla iqror. Humoyun anglabon Semurg‘ lofin, Kushod etti tilidin so‘z g‘ilofin. Dedi:—Mashhur erur nom ila soyam, Hama shahlarg‘a zilli arshi poyam. Agarchi bo‘lsa soyamda sharofat, Quruq so‘ngak yemaklik mango odat. Qanot ganjig‘a haq qildi xozin, Berib miftohi istig‘no niyozin. Yumub ko‘zni tama’ni donasidin, Uzum oldim jahon mardonasidin. Qanoat dashtida tushtum bo‘lib toq. Aning-chun jumla el, soyamg‘a mushtoq. Tugatmay so‘zni og‘zidin Humoyun, Itik changalli burgut — tig‘i vojun. Parafshonlik qilib so‘yi samoda, O‘yin ko‘rguzdi me’roji havoda. Dedi:—Xush savlatimdin sheri jayon, Qadam bosqoy adab birla har inson. Yetarman tulkug‘a tavsun — ajaldek, Urarman panja margi bemahaldek. Tamomi juzvi unsun xosiyatvor, Unumdin telba itga vahshatim bor. Ado qilmay so‘zin Burgut dilovar, Kelib Qarchig‘ay lab ochti barobar: Havo mavjida davr ursam zamone, Topolmas g‘ozi chihl mandin amone. O‘zin ta’rifin aylar holo Lochin, Balodek keldi ham ochib qulochin. Dedi:— Mandin subo’i har biyobon Qocharlar joyi xilvat izlashibon. Kabutarlar ko‘ziga tarhi shaklim, Balo yanglig‘, alar go‘shtidur aklim. Ali o‘g‘li Hasan, shohi shijoat Qanotimni silolmay murg‘i davlat. Qadim ayyom ul Sultoni Bahrom, Ko‘targan ilgig‘a, aylab ko‘p ikrom. Parimla kuydurub xokistarimni, Asal birla qo‘shub mag‘zi sarimni. Yesa, farzandi bo‘lmas eru xotun, Berur farzand beshak hayyi bechun. Bu janjol birla yetti shohi Tuyg‘un, Bo‘lub tab’i kuduratdin digargun, Dedi:— Manman subo’lar ichra olg‘ur, Shikor aylardadurman mushti purzo‘r. Barobar yonidin so‘z aydi Shunqor: — Yo‘qol, ket, kushlar ichra san na darkor. Itolgu keldi, Qirg‘iy orqasidin, Turumtoy, Cho‘li Chifak barchasidin. Ali merganki jo‘yga-qo‘yga dastyor, Qizitti ma’raka qadricha bozor. Chig‘ilboy birla Qalxat, Fung, Kulongir, Aloqarg‘a, Yig‘loq qush, Shabongir. Bular o‘z holig‘a, qadriga boqa, Tofibon joyi xilvat toqa-toqa. To‘karga sayd qonin lofi bisyor, Urardilar ibosiz, mastu hushyor. Na xush so‘z deb edi bir kun Navoiy, Kitobi «Xamsa»da hikmat adoyi: — Iforu sandalu sunbulg‘a bozor, O‘tunga bor jahon ichra xaridor. Eshakmunchoq xaridorig‘a dallol, Navoiy mustamand, oshufta ahvol... Nizomiy birla Jomiy, shayx Xusrav Falotun tab’, kilkidur falakrav. Alar bozori gavhar ichra sarrof, Tugalmas xirmani olmasa allof. Yarar o‘z joyida shamshiru nayza, Vale ish bitkarur bechora igna. Umidiy, garchi elga xoru abtar, Suxan aytuvg‘a joyi fursat istar.
| |
Просмотров: 1143 | |