Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

Турецкие Стихи

Воскресенье, 24.11.2024

Rojiy Xo
ZARBULMASAL

Qancha ish bo‘lsa bugun kechga ketar,
Sabr qilsang g‘o‘radin halvo bitar.

Yetishursen yiqilish payg‘omiga,
Bemahal chiqma birovni tomiga.

Ehtiyot etmakka kelmish ushbu pand,
Dar tavakkal zonui shutur biband.

Mulk haddidin o‘tish yaxshimidur,
Qo‘shnini o‘g‘ri tutish yaxshimidur.

Poygachining ikki ko‘zi g‘ovdadur,
Bo‘rini har dam qulog‘i ovdadur:

Garchi davlatda erursen Boyqaro,
Sen tarozu boshiga avval qaro.

Toki o‘tgaysan jahondin pesh o‘lub,
To‘qimi o‘n tanga, eshak besh o‘lub.

Egningga sol sholchau g‘o‘lonani,
Taqma eshak bo‘yniga do‘lonani.

Har na bo‘lsa holating ko‘rib tirish,
Tashqari qilma quyushqondin bir ish.

Yaxshimidur sendin, ey bemoya mo‘r,
Surfa qoqu tom boshida qo‘sh tano‘r.

O‘z hisobingni bilib yur moyadin,
Kim so‘rar oy boshini devonadin?..

Tut omonatni naku bir kun bo‘lur,
Pichoq o‘lsa yo‘q, sofi oltin bo‘lur.

Va’dada turg‘il, o‘zingni yiqmvgil,
Rost bo‘l, arg‘amchiga un tiqmag‘il.

Ta’lim olmoqdin kishi o‘zda qolar,
Ustasi yo‘q har maqomda yo‘rg‘alar.

Bo‘lmasa ilmi kishini ne deyur,
Knm qozonda bo‘lsa, cho‘michga chiqur.

Yer ko‘tarilmas chunonchi osmon,
Ming semursin, chumchuq o‘lmas botmon

Qo‘ysa johil olim o‘rniga qadam,
Bolta kelguncha olodur kunda dam.

O‘rtaga tushsin kimi bo‘lsa kuchi,
So‘ysa chumchuq, qassob o‘lsin so‘yg‘uchi.

So‘zni och uqqanga, ey ozodakor,
Kim chalur eshak qulog‘iga dutor.

Mashvarat qilg‘il, kimi bo‘lsa qari,
Kim qari bilgonini, bilmas pari.

To‘g‘rilikda gar jahonda toqdur,
Bekni og‘zi qoydadur, boymoqdur.

Do‘st otin qo‘ymag‘il avroqda,
Qoy kiyik turmish ishongan tog‘da.

Ravshan etmishdur samodan to samak,
Qassob o‘lsa oshno bergay suyak.

Pand senga kim berur sitez emas,
Oshnodin top, demoq bejiz emas.

Sabr qilmoq birla qil o‘zni to‘kuz,
Boshga tushsa tortadur albatta ko‘z.

Kimki ehson qildi, ul topdi najot,
Qoy og‘iz yeydur ham ul chekti uyot. 

Xayr qilmay o‘zni odam chog‘lama,
Sen qozoning aslv suvga bog‘lama,

Ko‘z tuturdin kim bo‘libdur beniyoz,.
Hadya bo‘lsin, garchi ham bo‘lsa piyoz.

Qorni to‘qni qorni ochdan yo‘q xabar,
To‘yga borsang bor to‘yib, jon pisar.

To‘kilursa gar qarib ko‘zu qoshi,
Kimki bermasdur aning pishmas oshi.

Qo‘rqmag‘il andinki dur neku siyar,
Yaxshida bo‘lmas yarog‘, qilma hazar.

Yopmas og‘zini kim, hayoti uyrilur,
Boltadin toymas ho‘kuz bo‘lsa o‘lur.

Qil taammul, qilma o‘zg‘a o‘t yoqib,
Sen qizini ol, onasiga boqib.

Yo‘lda yo‘lchi, ovchi ovda xo‘b erur,
Qirg‘iz o‘lsa kim o‘tovda xo‘b erur.

Qoldilarmu poklar bu dam aro,
Yaxshiga kun yo‘qdurur olam aro.

Istiqomatlik kishi masrur erur,
Kim musofirdur, masalda ko‘r erur.

O‘zni yolg‘uz tashlama sen bemahal,
Ko‘pchilik ne bo‘lsa, sen ham bo‘l o‘shal.

Ki yugurur bo‘lsa og‘iz oshgadur,
Chopmoqi ham tilu og‘iz boshgadur.

Mashrabi keng o‘lsa ko‘ngul saylag‘ay,
Tor yerda kim tamosho aylag‘ay.

Sen nihon sir ustin ochma, ey g‘ani,
Gar yopuqliqdur qozon, yopg‘il ani.

Birni rozin berkiturg‘a g‘am yegil,
Teva ko‘rdingmu deganda, yo‘q degil.

Hech kimning tushmasun aslo ishi,
Och ila so‘zlar ajal yetgan kishi.

Tutsa tong yo‘q toabad ustun makon,
Shum bo‘lur har yerda shogirdi kalon.

Orqasidin garchi sovuq so‘z -yurur,
Odamini bil, yuzi issiq erur.

O‘zni to‘q tutmoq emas dono ishi,
Ochlig‘idin o‘lmamishdur hech kishi.

Imtihonsiz oshnoni yo‘qlama,
Tarvuz ersa xom agar qo‘ltuqlama.

Jahl birla boshlama hargiz urush,
Hech kishig‘a bo‘lmag‘il qovunfurush.

Birga ho‘ qilma fyreb bermrqqa,
Qo‘ynini to‘ldirma puch yong‘oqqa.

Keng tutgil ko‘ngling, o‘l sohibtamiz,
Qirq kishig‘a yetgan ermish bir mayiz.

Sen yemoqqa qylmag‘il  xo‘ qandni,
Qand yersen, lek yersen pandni.

Achchiq ermish ushbu so‘z, hushyor tur,
Kim demishdurlar shirinlig‘ yaxshidur.

Indagandan indamaslik yaxshiroq,
Indasang, boshingg‘a tekkaydur tayoq.

Kar eshitgonig‘a aslo to‘ymag‘ay,
Ko‘r tutgonini hargiz qo‘ymag‘ay.

Joyi bor har so‘zni, ey oliymaqom,
Eski og‘izmu tilar yangi taom.

Mardum ichra sho‘ru g‘avg‘o solma, sen,
Shallaqiliq birla yengib olma, sen.

Rahm qil, har kimni qo‘y o‘z yo‘lig‘a,
Bermag‘il jonini olib qo‘lig‘a.

Majlis ichra tuxmi bejo sepma, sen,
Har qayu so‘zni belig‘a tepma, sen.

Shikvani bazmi qurilsa, nori tur,
Tushsa yuz yuzga, xijolat keltirur.

Bilmayin sen ochma savdo ustini,
Tut ayiqni, so‘ngra sotg‘il po‘stini.

Qay eshik ermish yaqinroq, oni qoq,
Sen uzoqni so‘ziga solma quloq.

Kattalik aylab o‘zingni buzma, sen,
Sayratib to‘pxonani yurguzma, sen.

Ayroning yo‘q chanqaganda ichmoqa,
Sen kumush ko‘prik tilarsen o‘tmoqa.

Bobi ishrat daf’atan boz o‘lg‘amu,
Bir gul ochilg‘an bilan yoz o‘lg‘amu.

Qasri davlat ichra kim o‘zni urar,
Har tegirmon navbati birla yurar...

Kimki bo‘lsa, yaxshilik jomin tuza,
Qo‘yma tarbuz po‘stini yo‘ling uza.

Muxbir o‘lsang, haq so‘zidii tuz maqol,
Bo‘lg‘ay ermish qayda elchiga zavol?..

Zulm qilmoqlik do‘konin qurmag‘il,
Ho‘kuzingni bo‘ynini shishturmag‘il.

G‘aflatdagi dushman uza o‘zni otma,
Uxloq esa qaerda ilon, uyg‘otma.

Bu tarz iladur zamonaning ishig‘a voy,
Halvoni hokimu yetim kaltakni yegay, hoy.

Tole’ bilibon davlat elini topqay,
Iqbol ham oni, teshasizni chopqay.

Olurlar oni molin joyu bejoy,
Bo‘sh ersa qoyu daraxt qurt yegay, hoy.

Tuz er kim esa, tolei yuz o‘gurar,
Baxtni o‘shal hamisha uyquda ko‘rar.

Oshuftalig‘u yo‘qlig‘ ila umr surar,
Lek yomon erni oshug‘i olchi turar.

Dasti ko‘tah holi bo‘lg‘ondur taboh,
Chiqmasun g‘altakka hamyon hech goh.

Odam o‘lsun yog‘ kesurdin vaqti choq,
Ustuxonga yetmasun aslo pichoq...

Hirs zindonida o‘zni yitmag‘il,
Besh qo‘lingni og‘zingga sen tiqmag‘il.

Davlatingga dam berib cholishmag‘il,
Ushbu damlar birla hargiz shoshmag‘il,

So‘rma fosiqdin riyozat holini,
Yoki qochgandin urush ahvolini.

Kim ichi o‘ngidadur, ko‘z baxshidur,
Kim erur o‘ngi ichida, yaxshidur.

Qoydadur bechora bor, rangi soriq,
Kord topilmas ho‘kiz bo‘lsa oriq.

Kimni kim og‘zi qulog‘iga yetur,
Aqlini bilg‘il qafosidin ketur.

Yor esa sen birla yaxshi birlig‘i,
Yo‘q keraklik toshning og‘irlig‘i.

Ko‘ngil uzg‘il tunbazi davvordin,
Naf’ olmas qon qusar zavvordin.

G‘am yema, har chiz oz o‘lea, yetar,
Kissag‘a qaytarma, ko‘p bo‘lsa ketar.

Sen jazo maydonida bo‘lma cho‘loq,
Birni aybig‘a bo‘lib ko‘zu quloq.

Zulmning o‘tini aslo yoqmag‘il,
Sen birov boshida donak chaqmag‘il.

Yetti go‘laxg‘a qo‘yub o‘t, bo‘lma past,
Qoyda bo‘lsa ma’raka, berma shikast,

Birni boshi uzra fe’ling buzmag‘il,
Sen tegirmon toshini yurgizmag‘il.

Kimki topti mardlik ichra masal,
Boshi ketsa, so‘zidin ketmas o‘shal.

Bo‘lmasang suvchi, ne qilg‘aysen yuzish,
Qo‘chqor o‘lsa shoxsiz, bilmas suzish.

Do‘st birla imtihon qilg‘il talosh,
Bilsa, xurmo, bilmasa ber anga tosh.

Gar topay desang havodisdin omon,
Yaxshiga yaxshi, yamonga bo‘l yomon.

Qolmag‘il ko‘pdin, sen ersang borar,
Yolg‘iz otni changi chiqmas chopsa gar.

Yaxshilig‘ qilg‘il, agar yor istasang,
Yusuf o‘lg‘il, sen xaridor istasang.

Bo‘lmog‘il badgo‘yu badguftor ham,
Go‘shho dorad daru devor ham.

Obro‘yipg to‘kma, so‘zlab ichma qon,
Indamaslikdur javobi ahmoqon.

Tarbiyat noahlg‘a qilg‘ay asar,
Tursa gunbaz ustida yong‘oq agar.

Kimki o‘z-o‘zi siliq, so‘zi siliq,
Bil, yomonga ortiq o‘lmish bir qiliq.

Yurmasa kim to‘g‘ri, so‘qmoq keltirur,
Egri kaltak egri to‘qmoq keltirur.

Sofdil nopoklardin to‘lg‘anur,
Tushsa havz ichra agar it bulg‘anur.

Berma ko‘ngling nafsi shayton sho‘rig‘a,
Qo‘yni topshirmoq bo‘lurmu bo‘rig‘a.

Bo‘lsa majlis, to‘rig‘a olma o‘zing,
Kelsa mirshab, mo‘rig‘a olma o‘zing.

Qizi bor uyga qorovul bo‘lmag‘il,
Tayyor oshga sen bakovul bo‘lmag‘il.

Jon garov, joma garov qil o‘zni, sen,
Joyig‘a qo‘yg‘il hamisha so‘zni, sen.

Vaqti mehnatda nedindur qochishing,
Arpa pishganda magar tushmas ishing?

Borma xirmonga, uzoqda to‘q esang,
Donini olma, boshoqda yo‘q esang.

Har kishi yuk o‘z otig‘a ortadur,
O‘z ko‘mochiga kulini tortadur.

Bo‘lmag‘il xayli xiyonat bastasi,
Oltin o‘lg‘ay yo‘q pichoqni dastasi.

Hech uydin sen sug‘urma bir xavon,
Hech yuzdin urma to‘qson, ey javon.

Ko‘z olayturg‘on na bilg‘ay o‘zini,
Qasd qilgon, past qilg‘ay o‘zini.

Ma’lum o‘lmish dunyoda jumla bilur,
Kim qazur gar choh, o‘zi yiqilur.

Qilma birni molini olmoq xayol,
Qo‘ynidin to‘kilsa, sen qo‘njig‘a sol.

Barchani yaxshi degil, o‘zni yomon.
Jumlani bug‘doy bilu o‘zni somon.

Yoshlikdin ma’lum o‘lg‘ay har nasl,
Ki bahoridin biling‘ay yaxshi yil.

Yaxshidin bo‘lmas yomon aslo to‘qush,
Kelmag‘ay lochin uyidin boyqush.

Xom kumushdin pishsa sholg‘om kuch berur,
Yo‘q tovuqdin, bor yumurtqa xo‘b erur.

Juldur o‘lg‘an yetishur jononag‘a,
Tushgay oyning yorug‘i vayronag‘a.

Xeshro oro dihad, bad badtar ast,
Gar juli atlas bipo‘shad, xar xar ast.

O‘zni enkaymas takallufga solur,
Qayda bo‘lsa teva cho‘ksa joy olur.

Yotni xesh aylamaslar dunyoda,
Tanimasni siylamaslar dunyoda.

Hech qimmat yo‘qki, behikmat emas,
Hech arzon yo‘qki, beillat emas.

Do‘st nodon o‘lsau, dushman — fahim,
Ko‘rg‘asen andin saqar, bundin naim.

Qo‘l uzatma besabab ozorg‘a,
To‘g‘ri kelmas uy so‘zi bozorg‘a.

Shikvadin xomush bo‘lg‘il subhu shom,
O‘zni bilg‘il, o‘zgani qo‘yg‘il mudom. ,

Kavlamoqdin o‘t o‘chodur oqibat,
Qo‘shni ham andin ko‘chodur oqibat.

Sen yomon so‘z qilmau, bo‘lma tarab,
Yaxshilardin qolmagandur hech gap.

G‘alvani qilma quloqqa joygir,
Boshad az karnaychi yak puf dilpazir.

Johil aytsa so‘z qilur dono qiyos,
Hangrasa eshak solurlar beda tos.

Sen qulog‘ingni ko‘zingdek bilmag‘il,
Gar eshitsang, ko‘rganingdek bilmag‘il.

Ishda yo‘q, har qaydadur sharmandadur,
Kimki jo‘yanda erur yobandadur.

Yotmag‘il olamda, ey yor, ishlag‘il,
Bekor o‘lganningcha bekor ishlag‘il.

Odam ersang, sen bir ishni qil havas,
Behunarro xar hamego‘yand bas.

So‘z quruq bo‘lsa, quloqqa yoqmag‘ay,
Tepalik sori qarab-suv oqmag‘ay.

Fikri budbul donmo gudda erur,
Bil hisobli do‘st ko‘ngulda erur,

So‘rma aqcha, garchi senga yor erur,
Ki olurni, beruri ham bor erur.

Tonug‘il ko‘zingni borida yo‘lung,
Tegsa kafgir senga, kuydurma qo‘lung,

Kimki og‘zidin duri madhing sochar,
Amin o‘lma ham yomonlashga ochar.

Kim shujo o‘lsa, o‘zin hifzin etur,
Qo‘rqoq erga osmondin o‘q yetur.

Yovari yo‘qqa tushodur mojaro,
Yordami yo‘q xor o‘lodur xalq aro.

Beso‘rog‘ ish dilni g‘amnok aylag‘ay,
Roh zangin mashvarat pok aylag‘ay.

Mashvarat birla saxiy marg‘ub erur,
Ikki ilm, albatta, birdin xo‘b erur.

Kim buzulgay, qozilikka saylanur,
Tevag‘a yetsa ajal, choh aylanur.

To‘g‘ri bo‘lsang, sen sochoq bo‘l doimo,
Egri bo‘lsang, sen o‘roq bo‘l doimo.

Til kesilsa, seng‘a so‘zingdin erur,
Oqsa qon burningdin, o‘zingdin erur.

Kim sukut etsa, nadomat ko‘rmag‘ay,
Fikrsiz so‘zdin salomat ko‘rmag‘ay.

Achchnq o‘lg‘ay pulg‘a kelsa, har chi hast,
Sirkai muft az asal shirintar ast.

Yo‘q ho‘kiz deb, bor uloqdin kechmagil,
Shox uchun xardek quloqdin kechmagil.

Ko‘chada kim madh etodur xotunin,
Bazzoz etg‘ay ayblik o‘lg‘on to‘nin.

Hamroh qil o‘zingga odamidurur zangn,
To nag‘ma mashvaratda tuz ohangi.

Qoyda esa yolg‘iz ot, chiqmas changi,
Changi chiqsa, chiqmag‘ay aning dongi.

Tole’ oniki qabul aylar rovi,
Bechorani ovi yursa, yurmas dovi.

Ish bo‘lmasa, qo‘lda bog‘ bo‘lsa, chidamas,
Naxli ani barcha yog‘ o‘lsa, chidamas.

Ozor yo‘liga bir qadamdur yurma,
Otingni sitamni ko‘chasiga burma.

Ko‘rsangki birov hazin esa pishqurma,
Bir so‘xta ustiga namakob urma.
Категория: SMS SHERLAR, SEVGI HAQIDA SHERLAR (21.10.2013)
Просмотров: 950 | Рейтинг: 0.0/0