Sidqiy Xondayliqiy (1884-1934)
Har kishining ruhi ilm birla quvvatlansa, shafqatli va betama’ bo‘lur. * * * Har kim beayb do‘st istasa, anga do‘st topilmag‘ay Va kimki do‘stga har xitob uchun itob qilsa, dushman ko‘paygay. * * * Agar (do‘st) xolis va toza chiqsa, aning birla do‘stlik qilg‘il. Yuq ersa, oni o‘z siringdin ogoh qilmag‘il... * * * Xolis do‘st uldurki, suhbatlashmoqda malul bo‘lmag‘ay, mehnat birla rohatda o‘zgacha bo‘lmag‘ay, hozir va g‘oyiblikda bo‘laklanmag‘ay. * * * Vatan nadir, tuqqan yerim, turgon yerim, O’sib-unib, o‘ynab-kulib yurgon yerim. Vatan menga haqiqatda qundoq kabi, Tarbiyaning negizini qurg‘on yerim. * * * Xush qilig‘liq bo‘lur saodatmand, Xohlamaski, yeturg‘ay elga gazand. * * * Adovat qilur barcha millatni yo‘q, Adovat qilur mehru shafqatni yo‘q. Adovat qilur barchani xoru zor, Adovat qilur elni bee’tibor. * * * Zo‘r birla xushbaxtlik hosil bo‘lmas. * * * Yasha sen barcha el topar rohat, Izzat avjida nako‘nom yasha. * * * Dehqon o‘g‘li, sog‘ bo‘l, mudom yasha, Shodlik bilan subhu shom yasha.
| |
Просмотров: 1170 | |