Mutriba (1894-1964)-She’rlari
USTOZIM HAKIMA TA’RIFIDA Kishi bilgaymu yo‘l bir rahnamosiz, Ochilmas g‘uncha bulbulsiz, navosiz. Tutub ilkimni bir piri kamoliy, Kiritdi bog‘i ash’or ichra oliy. Yog‘ar qalbimga ko‘p mazmuni ash’or, Terar zavqim duri ash’ori shahvor. Menga nazm gullari sho‘x-sho‘x boqardi, She’r mazmuniga ma’no taqardi. Bezab mazmun vaznu qofiyalar, To‘lub ilhom ila ko‘nglum quchalar. U piri shoira—ustoz Hakima, Anga shogirdi sodiqman kamina. Anidek ko‘rmadim bir nuktadoni, Edi go‘yoki donishmand yunoniy. Yoshi saksonga yetgan olim erdi, Menga ko‘p ilmu fanlar yod berdi. Yozib bir she’r menga ul yaxshi atvor, Vasiyat ayladi takror bisyor: — Ayo jonim qizim, bo‘lgil salomatg Jahonda ko‘rmagil bir zarra ofat. Umidim bul erur, ey rohati jon, Davomat yod etgaysiz bu xizmat. Ishonchim yo‘q digar, ey nuktadonim, Anisim, munisim ham rozdonim. Unutmang hech bir vaqt, ey namoyon,. Budur matlab, ayo farzandi jonim, Erurman sizga doim do‘sti joniy, Turolmasman sizi ko‘rmasdan one. Bolam, holim endi sizga ayondur, Hamisha siz edingiz mehribone, Bolam deb jon fido qildim tunu kung Berib ta’lim ramuzu ilm hamchun. Suxanvar olimim, ey qaddi rayhon,. Ilm bobida teng sizga Falotun. Bolam, ko‘ngliz erur xurshsdi xovar. Jahon moli tasadduq sadqai sar. Yashang olamda ko‘p, ey mohi tobon Ramuzmandi aqlli toza gavhar. Meni dilxastani ko‘nglum qilib shod, Qilursiz har zamon xonamni obod. Ajoyib xulqi xush do‘stu anisim, Hakima rozi sizdin, ey parizod,— Debon ul pirazoli yaxshi kirdor, Vasiyatlar qilibon menga bisyor. Yumub ko‘z ketdi olamdin xiromon„ Yoshi saksonga yetgan nek atvor. MUXAMMASLAR * * * Bir kun borib erdim basabab kulbai dilbar, Nogoh falak shevasi tushdi menga yaksar Tong payti edi, har yon ochilgan guli anbar, Sho‘x-sho‘x boqishib, yer yuzini etdi muattar, Gul oldida sayr ayladi ul sho‘xi sumanbar. Gulzor sari borgach o‘shal durri yagona, Mendin eshitingiz yana bir tarzi fasona, Uzdi necha gul shoxidin ul sho‘xi zamona, Gul-gul yonibon uy sarig‘a bo‘ldi ravona, Gulzor yuzi aksi bila bo‘ldi munavvar. Nogoh ko‘zum tushdi pariro‘g‘z o‘shal dam, Boshimga balo — ishq g‘ami syldi tuman g‘am, Oh urdumu ko‘nglumga to‘lub qayg‘u damo-dam, Hasrat bila jismimni tutub har dami motam, Gul g‘unchasidek bo‘ldi bu ko‘nglum base abtar. Kim ishq balosig‘a agar bo‘lsa giriftor, Xoh o‘lsa va yo quysa, na parvoyi sari bor, Bir zolimi berahm, anga kim bo‘lsa agar yor, Bir ko‘rmak ila boy berib ko‘nglini, bo‘lur zor, Bo‘ldi bir ajab xislat anga vojibi akbar. Ko‘rmakligi mumkin emas ul chehra parini, Yuz martaba xam so‘z deb kishi olmas maoni, Tushsa havas oul so‘z bila ko‘rmoqqaki oni, Mutribani bul g‘amga duchor ayladi ya’ni, Jonimg‘a jafo berdi, so‘zum aylangiz bovar. 1914 yil. * * * Ko‘rub jonon jamolini bo‘lubman oshiqi zori, Ko‘ngulni titratur ul nozaninni zulfi zunnori, Ko‘zumga zarracha ilmam jahonni molu dinori, Menidek bo‘lmasun hech kim birovni mahvi diydori, Xayolimdan nari ketmas o‘shal barnoni kirdori. Jamolin ko‘rsa har kim bo‘lg‘usi, albatta, devona, Tushub ko‘kdin, bo‘lur cho‘lpon uning husniga parvona, Turolmay ro‘baro‘sida, qamar bo‘lg‘usi hayrona, Agar chiqsa, xirom aylab, boqib mastona-mastona, Muqarrar solg‘usi xurshidni ko‘p tashvisha ruxsori. Jahonda ko‘rmadi hech kimsa ul huriliqo yanglig‘, Va lekin ko‘rsa ham bo‘lgan emasdur muddao yanglig‘, Degaylar hur paykarlar:— Bu durri bebaho yanglig‘, Yuzi gul, sochi sunbul, qomati zevarnamo yanglig‘, Latofatda barobar kelmas anga dahr gulzori. Siyosat tiyg‘i birla qatl etarga aylasa farmon, Shahid aylarga hozirdur iki jodu ko‘zi har on, Iki shamshirdur ushshoq elini qilg‘ali qurbon — Qoshi bir-biriga payvasta, qalamdek qayrilib tushgon, Vayo rayhoni jannat rasta-rasta gyni osori. Qani Layli bilan Shirin, ko‘rubon lofi chashm etsa, Paridek saf chekib ollida, nogah lofi chashm etsa, Xijolatdin boqolmas hech birisi, lofi chashm etsa, Xo‘tan ohulari sharmanda bo‘lg‘ay, lofi chashm etsa, Qarodur hajr shomidin muqarrar chashmi xummori. Sochar nur zarra-zarra har tarafga ul mahi tobon, Qimi boshiga tushsa zarrasi, bo‘lg‘ay u sargardon, Na mushkuldur, eshitmas, ishq eli gar yig‘lasa chandon, Tuzub atrofida saf-saf, misoli lashkari xoqon, Qilurg‘a qatli mujgoni, chekib tig‘ chashmi xunxori. Nasib etgaymukin menga o‘shal dildor zulfini, Ko‘ngul saydini rom etgan o‘shal ayyor zulfini, Uqur zohid eli kofir iki zunnor zulfini, Sabo tarqatsa nogah subhi damda yor zulfini, Muattar aylagay ro‘yi zaminni mushki totori. Niqob ochib chiqar bo‘lsa chaman sori sayohatda, Turolmas hech kishi toqat etib, albatta, rohatda, Qizil gul bosh egib hayron o‘lur ayni malohatda, Xijolat aylagay to‘tiyu qumrini fasohatda, Takallumda o‘tar qandu asaldin shahdi guftori. Go‘zallar podshosi munisi mendek gado bo‘lmas, Ko‘runglar, la’lu zumrad qayda bo‘lsa, bebaho bo‘lmas, Kimi gavharshunos o‘lsa, bu gavhardin judo bo‘lmas, Falotun ta’bdurkim, vasfini aytsam ado bo‘lmas, Rasodur zehni-yu, odobda xush har fe’lu atvori. Bo‘lub hijron cho‘lida tinmayin ovora Majnundek, Kuyub rashk otashig‘a ko‘zlarim giryona Majnundek, Magar furqat aro to‘lgaymukin paymona Majnundek, Tirikman toki oning ishqida devona Majnundek, Erurman holatim yetguncha Layloni xaridori. Ko‘ngulni hozir etsun, she’rimi dildor o‘qug‘anda, Mening holimni yozg‘anmu, debon har yon o‘qug‘anda, Fido qil yor uchun jon, ul ko‘zi xummor, o‘qug‘anda, Meni ham yod etib, shod ayla, bir takror o‘qug‘anda, Agar lazzatli bo‘lsa, Mutribaning yozgan ash’ori. 1914 yil. (MARSIYA) Shod bo‘lmay bul jahondin ming alam ko‘rgan boshim, Zor yig‘lab, hasratu armon bilan to‘lgan boshim, Har zamon yuz ming baloga mubtalo bo‘lgan boshim, Marsiya aytib, yozib, g‘am birla ko‘mulgan boshim, O‘lmagimga har kuni yuz ming rizo bergan boshim. G‘unchadek bog‘i jahonda lahza dam ochilmayin, Qumridek yig‘lab mudom, bir dam farog‘at qilmayin, Men nechuk bunday.baloga emdi rozi bo‘lmayin, Kuydimu yondim, kabob o‘ldum, vale shod o‘lmayin, Taqdirimga tan berib, g‘am birla ko‘z yumgan boshim. Bul jahoni bevafodin ko‘rmadim hech rohate, Yig‘labon keldim anodin qaysi kun, qay soate, G‘ussai kulfat bila motamda o‘tdim muddate, Ochmadim yoruq jahondin ko‘z, ko‘rolmay fursate, Keldi-ketdi bir g‘arib jonim fano bo‘lgan boshim. Qavmu qardoshim va bir g‘amxor yorim yo‘q meni, Arzu ahvolim so‘rar pushtu panohim yo‘q meni, Munisim, sirdosh rozi mehribonim yo‘q meni, Misli bir devonadurman hech xayolim yo‘q meni, Uch go‘dakning holidin hayronu sargardon boshim. Turmush etdim ul aziz dildoru g‘amxorim bilan, Necha vaqt davron surubon yurmadim yorim bilan, Zoru nolon yosh qoldim necha sag‘irim bilan. Eng aziz arzandalardin ayrilibman g‘am bilan, Ming tuman hasratda sog‘liqdin judo bo‘lgan.boshim. Vo, mani hasratlarim aslo jahong‘a sig‘magay, Oh ursam dud dimog‘imdin samog‘a sig‘magay, Nolishimdin nola aylab, nay navog‘a sig‘magay, Loladek bag‘rim qaro qondur, yozuvga sig‘magay, Zor yig‘lab o‘lmayin, marsiyalar yozgan boshim. Berdilar ta’lim menga men bilmagan har kordin, Ilmu odobu hunar, fahm.etmagan asrordin, Har ulug‘ olim va komil shoiri ahrordin, Xushsuxanlik, xushqalamlik hamda xushatvordin, Hech biri baxtimga yori bermadi, nolon boshim. Ul otam birla onam farzandga behad zor bo‘lub, Men tug‘ulganda aziz jonlaridin behroq ko‘rub, Necha orzular. bila tarbiyat aylab, yetkurub, Doimo bo‘lsun salomat, deb Salomat ot qo‘yub, Har hunardin boxabar, baxtdin yiroq qolgan boshim. Qani ul ota-onam, ahvolim ko‘rsa bul zamon, G‘amdin ozod aylasa, qandoq o‘tar holing, debon, Zor yig‘lab, arzi holim aylasam bir-bir bayon, Shuncha arzanda azizlardin qolibman bag‘ri qon, G‘urbat ichra notavon, dilxasta qon yutgan boshim. Voy, yuz ming voykim, o‘tsam bu olamdin badard, Ushbu foniy dunyodin g‘am-g‘ussa tortib beadad, Kelmagay aslo anodin Mutribadek zoru fard, Muncha hasratlar, g‘amu kulfatlar o‘tkardim behad, Shoira nochor aytur, bir g‘arib nolon boshim. 1915 yil. * * * Ranjimak behudadur dunyo g‘amidin, ey ko‘ngul, Har nechuk dardlar bilan sen bo‘lmagil xotir malul. Rutbai oliyda erdingmuki olmishdur magar, Giyna qilmoq baxt ishiga oqila lozim dagul. Qaysi gulshanni ko‘rursan: ochilur—bo‘lg‘ay xazon Turmag‘ay ochildi g‘uncha, doimo hech qaysi gul. O‘ylama vayronayu har manzili obodni, Sel o‘tub, obod manzillar bo‘lur birpasda cho‘l., Qayda shuncha odamiylar yo‘q alardin bir asar, Kim bu foniy dunyodin ketdi tutubon hamma yo‘l. Umr bir gavhar erur, har dam g‘animat bil ani, Mutriba, g‘amlar abasdur, asli so‘z ma’nosi bul. 1916 yil. * * * Ey do‘stlar, na bo‘ldi ahvoli Kattaqo‘rg‘on, Tirqirab jumla xalqi, har qayda bo‘ldi sarson. Zulm aylabon Nikolay, tarqatdi elg‘a farmon, Shahar va qishloq qolmay, yig‘durdi otni chandon. Avvalda otni oldi, keyin mardikor soldi, Kim qilmadi qabuli, ne-ne baloga qoldi... To‘plandi el barisi, qolmay yoshu qarisi, Bermoqchi bo‘ldi qaysi, qilmay qabul nechasi. Tushdi el ichra g‘avg‘o, jam’ bo‘ldi shahru sahro, Yog‘durdi o‘q havodin, bir necha o‘ldi ando. Qamalda qancha odam, ming-ming desam erur kam, Ketdi, shu ketganicha, bedomu bedarak ham. Har kimda bo‘lsa pul ko‘p, qoldi alar qutulub, Bechora kambag‘allar ketdi bari sotilub. Birni otasin oldi, birni bolasin oldi, Go‘daklari xoru zor, yig‘lab onasi qoldi. Menman degan amaldor, qo‘rg‘ondadur hukmdor, Ketganlarni asragin, o‘zing, ey parvardigor. Mutriba bo‘ldi noshod, el dardini etib yod, Qachon kelur baxtli kun, qachon bo‘larmiz ozod?! 1916 yil BIBI XALIFALARGA Ayo ey, kattaqo‘rg‘onlik «azizlar», Hama «ahli ilm», ey «yoru do‘stlar», Yozay men «ofarin, tahsin» etibon, Sizlarni kirdikoringiz bitibon. Ajab rasmu ajab oindasizlar, Ajab fe’lu ajab qonundasizlar. Azo yo to‘y, mavrud bo‘lsa qayda, Qitoblarni olib borursiz anda. Na bir so‘z ma’nisin, lafzini bilmay, O‘qursizlar xato, mag‘zini bilmay. Azo bo‘lsa go‘yandalik qilursiz, Musibatni yana chandon etursiz. Borursiz, aytdi, deb mavrudga birdan, Ki xohi sakkizu o‘n jam’ birlan. Bo‘lur mavrud egasi turfa hayron, Nechuk tuhfa topay, deb fikr etibon. Biriga bersa gar, birisi qolib, Bechora sohibi xayr ko‘p uyolib. Agar ko‘ylak doka bo‘lsa-da, boham Quvonib, naf’imiz, deb shodu xurram. Debon, ollohu akbar, ko‘tarursiz, Necha zilla bilan xushnud borursiz, Uyolmay hammadin anda o‘turub, Sanab taqsim etarsiz, pulni qo‘yub. Yana sizlar emish bibi xalifa, Avomga rahbar o‘lmoqmish vazifa!.. Ayo Mutriba, cho‘zma, bas qil endi, Ketar lazzat, uzolsa so‘z, bil endi.
| |
Просмотров: 1114 | |