Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929)
BIR KELUB KETSUN Sabo arzimni yetkur, mohitobon bir kelub ketsun, Tamomi husn elining shohi-sulton, bir kelub ketsun. Tutarga bir dami suhbat asiru notovon birlan, Darig‘ tutmay nigorim bo‘lsa imkon, bir kelub ketsun. Necha kundan beri ko‘rsatmayin vaslin sog‘inturdi, Tarahhum aylasun ul sho‘xi jonon, bir kelub ketsun... Qafas ichra vsiram andalibdek dog‘i hajridan, Agar bir marhamat qilsa guliston, bir kelub ketsun. Va yo qilmoq esa qurbon bu zulmu kori boridan, Olib qo‘liga xanjar mardi maydon, bir kelub ketsun. Firoqi firqatidan yetdi boshim bistari g‘amga, Ko‘rarga ul hakimi kobiliston bir kelub ketsun. Ketub tandan madorim, gul yuzim chun za’faron o‘ldi, Dilimni quvvati, dardimga darmon, bir kelub ketsun. Agarchi mandan o‘tgan bo‘lsa har sahvu xato dildor, Kechursin, tovba qildim, yuz pushaymon bir kelub ketsun. Nihoniyga necha ahdu vafolar bog‘lagan erdi, Degil ko‘p qilmasun ahdini yolg‘on bir kelub ketsun. 1908 yil. O‘RGULSUN QULING Qay kuni ko‘rdimki man diydor, o‘rgulsin quling, Ul zamon o‘ldum asir afgor o‘rgulsun quling. Oh urib ketdim o‘zimdan qolmadi sabru qaror, Ashki selobim erur anhor, o‘rgulsun quling. Muncha ham zolim ekansan, qayrilub bir boqmading, Termulib qoldim yo‘lingda zor, o‘rgulsun quling. Men o‘zimcha bo‘lmadim, jono giriftoring sani, Bor ekan xilqatda bu asror, o‘lgulsun quling. Rahm qil, insof qil, andak xudodan sharm qil, Berma ko‘p bechoraga ozor, o‘rgulsun quling, Barchaga bu ishq savdosi barobar mug‘bacha, Qilmagil bechoralardan or, o‘rgulsun quling... Naylasun yozmay Nihon darding, o‘zing bir ko‘rmasa, Lylasa arzi dilii izhor, o‘rgulsun quling. 1911 yil. BU FALAK Bu falak charxini osti bir qiziq bozor ekan, Har kasing sarmoyai g‘am qo‘lida tayyor ekan. Lek arzondir mashaqqat, rohatin naqdi baland, Shunchalik aybi hukmdori ajal makkor ekan. Begimiz o‘lsin tavoze’ pesha bo‘lsa kofidir, Har eshik ochiq anga davlat eli dildor ekan, Chashmi xo‘p, boshi nigun har bir haqiqat oshiqi, Ko‘hna po‘sh o‘lsa ayoq ostida xasdan xor ekan. Jismi sidqim havzi haqlik ichra botmoz bilmadim, Jomi havzu suvdamu qaysida bir sir bor ekan. Tushsa har shayga muhabbat garchi o‘lsun nopisand, Tolibini nazdida gavharcha qadri bor ekan. Dardi sirring loaqal qilma vujudingga ayon, O‘z vujudingdan chiqon dushman ishi dushvor ekan. Har xirad ahlini so‘zi bir muammo go‘yyo, Donish ahlin pandini rad aylamoq bekor ekan... 1911 yil. AYRILMASUN Hech kim mendek ilohi, yoridan ayrilmasun, Munisi g‘amxor o‘shal dildoridan ayrilmasun. Orzusiga yetolmay, topmasin umri xazon, Misli bulbul vaqt o‘tub, gulzoridan ayrilmasun. Mehr qo‘yganda kimarsa bo‘lmasun hech benasib, Tovusi bog‘i chaman raftoridan ayrilmasun. Chug‘z yanglig‘ xonavayron o‘lmasun mandek kishi, Chok o‘lub bag‘ri sadafdek boridan ayrilmasun. Tiri sayyodi ajaldan siynasi majruh o‘lub, Ohuyi mushki Xo‘tan totoridan ayrilmasun. Ayrilub tan rohati ko‘z uyqusida ham yana, Dilbari joni shirin guftoridan ayrilmasun. Dod derman termulub, ko‘kka boqub, yo‘qdur iloj, Dushmaning ham bir guli ruxsoridan ayrilmasun. Bormu bir mardi xudo siynamga ursa xanjari, To Nihon ul rahmati asroridan ayrilmasun. 1911 yil. ARZIMNI AYTAY Arzimni aytay bodi saboga, Yetkur salomim gulgun qaboga. Ko‘rdum yuzingni ketdim o‘zimdin, Tushdim o‘shal dam domi qazoga. Ohim eshutub toqat tutolmay, Tushti malaklar raqsi samoga. Hajrida yig‘lab bag‘rim ezildi, Boqmaydi bir yo‘l man benavoga. Avvalda o‘tdi shumluq o‘zimdin, Dedim asiring qoldim baloga. Bir ko‘igli qattiq zolim ekansan, Parvosi yo‘qdur ohu navoga. Ushshoq elini qonini to‘kmoq, Odat bo‘lubdur ul bevafoga. Kirgay raqibni so‘ziga doim, Solgay jafolar man mubtaloga. Bechoralarga qilmas tarahhum, Bazmi muyassar nooshinoga. Bilmam na qilsa, kechsa bu jondan, Yetsa bo‘lurmu qoshi qaroga. Qilding Nihoniy ko‘p ahdu paymon, Har kim yomondur soldik xudoga. 1911 yil. SOG‘INUB Ey dilbaro, ishqing bila devona bo‘ldum sog‘inub, Bulbul kabi tun kechalar giryona bo‘ldum sog‘inub. Bir necha kunlardan beri ko‘rmay visoling, ey pari, Turlik balo ming g‘am bila hamxona bo‘ldum sog‘inub. Hech kim maningdek kuymagan hajring o‘tiga, ey sanam, Tanho tutashdim man o‘zim so‘zona bo‘ldum sog‘inub. Tushdi sani deb boshima jabru sitam, hadsiz azob, Aqlu hushimdan oqibat begona bo‘ldum sog‘inub. Kelgay eding, ey mahliqo har damda ahvolim so‘rab, Bir necha kundur kelmading, hayrona bo‘ldum sog‘inub. Kim desa jononing kelur bu haftaning oxirlari, Atrofidan ming aylanub, parvona bo‘ldum sog‘inub. Tashlab g‘arib devonani muncha uzog‘ etding safar, To kelg‘ucha qoplar yutub, biryona bo‘ldum sog‘inub. Izlab sani har ko‘chada sandan xabar bersa kimi, El ichra ko‘p sharmanda ham afsona bo‘ldum sog‘inub. Ming shukrkim kelding bu kun sihhat salomat, shodmen, Aylay Nihoniy jon fido, qurbona bo‘ldum sog‘inub. 1912 yil. EY KO‘NGIL Ey ko‘ngil istar esang zulmat qulubingga chirog‘, Ahli donish suhbatidan bo‘lmagil hargiz yirog‘. Quvvati bozu bila behuda urma na’ralar, Mardi maydon gar esang nafsingni o‘ldur beyarog‘. Asli toat shul: o‘zingdan o‘zgapi xushnud qil, Muttaqimai deb kishilar bagriga solma tarog‘. Matlabiig rahmat esl xulqu adabda qoin ul, To iki dunyoda topgil davlati fazlu farog‘. Yo‘q jahonda hech kas ozor alamdan chekmagan, Bu Nihon, yorab, petar mahsharda bo‘lganda so‘rog‘, 1913 yil. MAKTAB Erur ilmu adab, fazlu hunar osori maktabdan, Yetar har rutbai oliy esa takror maktabdan. Hama gulshan uza yomg‘ur yog‘ub chun sabzazor etsa, Taraqqiy gulshani obod o‘lur anhori maktabdan. Hama izzu, sharofat ham saodat konidur maktab, Yetar iki jahonda matlabing zinhor maktabdan. Qayu millatda maktab o‘lmasa beshak xarob o‘lgay, Hama millatda shul-chun guftugo‘ bisyor maktabdan. Hama ilmu maorif ganjini devoridir maktab, Hama hikmat chiqar bu mahzani asrori maktabdan. Chiqib turmakda har kun yuz tuman asbob-ashyolar, Tamoman asli beshak mevai ashjor maktabdan. Qo‘shar iisop qatoriga qilub insonlarni inson; O‘qub ilmu adab bo‘lgay kerak hushyor maktabdan. 1914 yil. TOSHBAQA VA CHIYON Toshbaqa birla bo‘lib o‘rtoq chiyon, Ahd etishib do‘st bo‘lishib jonajon. Bir kuni qilmoqchi bo‘lishdi safar, Bog‘lashubon chiqdi ikovi kamar. Yo‘lda chiyon toshbaqaga lof urub, Dediki: «Boqsam agar o‘ylab turib, Mancha sanga suyguli yo‘q mehribon, Sen tanu go‘yo anga men misli jon». Bul aroda yo‘l tushib anhorga, Qoldi chiyon hayrati dushvorga. Toshbaqa boqib dedi: «Ey oshno? Nega ko‘rindi yuzingda jofa?» Dedi chiyon «Suzmoqa yo‘q odatim, Qolmoqa ajrab yana yo‘q toqatim. Toshbaqa dedi: «Yema g‘am, min meni, To ko‘tarib suvdan o‘tarman seni». Toshbaqani mindi chiyon yotqizib, Toshbaqa ketdi suv ichiga suzib. Yo‘lda chiyon toshbaqadek do‘stiga Urdi bir-ikki nishini po‘stiga… Toshbaqa bildi, dedi: «Fe’li yomon, Ne harakatlar qilasan bu zamon?» Dedi chiyon: «Zahar soluv odatim, Odatimi tarkiga yo‘q toqatim. Garchi turubsan menga xizmat etib, Men solaman zahrimi fursat topib. Toshbaqa dedi: «Bu na fosid xayol Qayt bu ishingdan, bali, nishingni ol. Do‘st debon, dushmanning qilma ishin! O‘yla senam, oqibating kelmishin! Dedi chiyon: «Bo‘lmasa o‘z xohishim, Boshqa nasihatga meni yo‘q ishim.» Toshbaqa ham bildiki, bo‘lmas boqib, Sho‘mg‘idi bir, ketdi chiyon ham oqib. Hissa: kimi g‘ayrni ulfat etar. O‘z-o‘zicha boshiga kulfat yetar. 1914 yil. TO‘G‘RI SO‘ZLA To‘g‘ri so‘zla, ey o‘g‘ul, Til burmag‘il yolg‘ong‘a hech. Bir masal bor: to‘g‘ri so‘zlar Boshini kesmas qilich. 1914 yil. ONA Parcha go‘sht erdik tug‘ulgan vaqtimizda, Onamizning bag‘ri o‘ldi taxtimizda. Tutdi emchak shirin uyqudan so‘chib, Kechalar sovuq beshiklarni quchib. Ikki-uch yil bag‘ri uzra ko‘tarib, Katta qildi o‘zi mehnatda horib. Jonu dilda asradi bizni suyub, Dedi bizni, boshqa orzuni qo‘yub. Og‘risa bir joyimiz yig‘lab yurib, Har eshikni kezdi doru axtarib. Ya’ni, yo‘q bizga anodek mehribon, Sinagi qalqon, bosh uzra soyabon. Bizga ham lozim ani shod aylasak, Bizga qilgan xizmatin yod aylasak. 1914 yil. RAMAZON Keldi ayyom muborak barcha jon dilshoddir, Ruhlari ham har azobu qahrdan ozoddir. Ro‘zai mohi sharifing hurmatindan bexilof, Osiy, g‘ayri osiyga haq rahmati bunyoddir. Vu saodat kunda yo‘qdir bizda ehson sunnati, Ummatidan Ahmading ruhn bukun noshoddir. Ag‘niyolar ag‘niyo ahbobiga bergay zakot, Amri haq ahkomi shar’a o‘zlari ustoddir. Kambag‘allar qichqirursa, dema ovozi zakot, Bari boy xizmatchisin zarbindan doddir. Darbadarlik, bevatanlik zarbi yetmasmi anga! Boz anga dashnomu ta’na xanjari muzdoddir. Oh, qilding ey jaholat, ilmsizni oqibat Parcha nonga boshini xam, nomusi barboddir. Iyd kuni barcha yasangay turfa alvonlar kiyib, Osmon, go‘yo, oyoq ostida baraftoddir. Kambag‘allar titrashib yurgay yalang‘och izg‘ishib, Oh,— bu faqirlik, asorat onlari sayyoddir. Dil shikasta, bag‘ri xun ko‘zida yoshi shash qator, Otasiz, baxtsiz yetimlar holiga faryoddir. Ey musulmon, senga vermish, anga yo‘qmi qudrati! Lek andin azmoyish, sendin istibdoddir. O‘ylama, o‘lguncha har kim bu razolatda ketar, Shohlar bir kun gado, bir kun gado shahzoddir. Bir yetimga teva bo‘lmoq shoh Ahmadga nadir, Bir yetim dilshoddir, dargohi akbar shoddir. Haq quli bo‘lsang haqiqat rishtasin tutg‘il mudom, Zohiru botin haqiqat nahridin oboddir. Ey Nihon, bo‘yla musulmonlik ila sharmandasen, Zohiring taqlid-ummat, botining ifsoddir. 1914 yil, 10 avgust. O‘QI! Ko‘zimizga ko‘rinib turgan hama asboblar Hech biri bo‘lmas edi, gar bo‘lmasa, zinhor uquv. Yer ichida ko‘milib yotgan hama oltin, kumush Yuzaga chiqdi bari bois anga axbor, o‘quv... Gar dilingda o‘ylagan orzuga yetmoq istasang, Qimmat umring qilmagil behudaga bekor, o‘qi! Qo‘y o‘yin, sayru tamoshoni, g‘animat yoshliging. Shum fe’llardan o‘zingii aylagil bezor, o‘qi! Ey o‘g‘il, dunyoda bo‘lmoq istasang olijanob, O‘qig‘il maktab kelib, zinhor o‘qi, ming bor o‘qi! 1914 yil. ILM ISTA Kim bilurdi odamu olam nadir, hayvon nechik? Bo‘lmasa erdi agar insonda bu osori ilm. Qaysi bir mavjuda boqsang bilmoqa kayfiyatin Lozim o‘lgay topmaqa avval o‘qib axbor ilm... Olamning xurshidi kundir, odamning xurshidi ilm, Olamning zulmoti tundir, odamning nodori ilm. Har murodu maqsadingga yetmoq istarsan murod, Ko‘z ochib bedor bo‘l, darkor ilm, darkor ilm! Ul haqiqat oyiniga sayqal istarsan Nihon Ilm ista, ilm ista, istag‘il zinhor ilm! 1914 yil. KITOB Har ko‘ngilning orzusi shul erur obihayot Qadrini bilgan kishiga, shubhasiz, jondir kitob. Har murodning boshidir, har muddaoning gavhari, Har marazlarning shifosi ya’ni luqmondir kitob. Ko‘zni nuri, dil huzuri, dillaring darmonidir, Har qorong‘u dilga go‘yo mohitobondir kitob. Har balodan asrag‘uchi eng muhim qimmat yarog‘. Tiri vahshat, xanjari zillatga qalqondir kitob. Har kishi yoshlikda qilsa ozgina g‘ayrat agar, Tez zamonda oshno bo‘lmog‘i osondir kitob. 1914 yil.
| |
Просмотров: 1840 | |