Rafiq Mo-She’rlari
NOZLI TEGILISH (Farg‘onalik shoirimiz Cho‘lponga) Oh yuzg‘utmoq, voh alamlar, Dod, faryodlar yana ketmadi. Aytdiku senga! Bu korong‘uning dahshat qir yo‘li, Bizdan ketmaydi. Yana o‘z to‘lqinlari bilan fortunalar yasab, Go‘zal tog‘larni, bog‘larni Buzar. Bu vayronalik, bu xarobalik ustida Yana boyqushlar, qarg‘alar Kezar. Uzoqdan kelgan kutsiz yellar. Jonsiz, ma’sum yaproqlarni— Tilagan, istaganlaricha, Kuchsiz topib yanchalar. Ezarlar. Ko‘nglim yurtining hoqoni qayg‘um! Turma! Shoshil! Oshiq! Istaging istab kuch! Ro‘zg‘orlarga karshi to‘fonlar yasa! To‘lqunlarga qarshi Karbalolar yasa! Ket! To‘g‘ri ket! Arshga qadar ket-da, Faryodlarga yet! Vayronaliq qayg‘ularin tort! Buzg‘unlik, tengsizlikni egangga Bittalab, bittalab ayt! Qoshingda Cho‘lpon uchun umid tonglarin olib qayt! Ay, qanotsiz qarg‘alar, siz, Boyqushlar do‘sti, qora devlarsiz. Manim sevgan do‘stimni nechun quvdingiz? Quvdingiz-da, quvdingiz, o‘zingiz ham bitarsiz. Ho‘qand, 23 fevral 1923 yil. TONG YELI (...kelishiga) Hanuz baxting sochin yozmagan ekan, Bulbuling sayrashdan tolmagan ekan, Dushmanlar suyukli, yashil gulingni... Zaharli qo‘lida uzmagan ekan. Ko‘kdagi yulduzlar, baxting guliga Salomlar yubordi malaklaridan. Uzoqdan «esgan» «tong onam» yeli — Orqali ruhingni solmish yo‘liga... Yaproqlar o‘ynashib bir-birlariga Sirlarin aytishib ham qitig‘lashdi. Tong yeli kelurda harir ko‘rungan — Go‘zallik timsoli kulub yayrashdi. Xo‘qand, 18 iyun 1923 yil. TO’G’RI KETAMIZ Tog‘liq-toshliq kizg‘in qumlar ustida, Sahrosidan ham cho‘lidan, dashtidan Chopa-chopa qiziqishib ketamiz Qo‘l ushlashib, o‘ynoqlashib ketamiz. Daryolarin, dengizlarin, ko‘llarin Biz bosmasdan qo‘ymaydurmiz yo‘llarin. O’rmonlardan, to‘qaylardan ketamiz, Sherlar bilan so‘roqlashib ketamiz. Xarobalar, vayronalar ko‘kidan, Hayqirishgan boyqushlarning o‘qidan Qo‘lda yaroq-yoylar bilan ketamiz, Tikka jarning soyi bilan ketamiz. Devlar yanglig‘ cho‘zilishgan tog‘larning Qor ham do‘li bosgan go‘zal bog‘larning Qayg‘usidan ucha-ucha ketamiz, Bir yo‘l qo‘ymay ko‘cha-ko‘cha ketamiz. Suvsizlikdan so‘lgan yashil yaproqlar, Yer ostida churub qolg‘on yaroqlar. «To‘g‘ri yo‘l» deb yangi yo‘lga ketamiz, Yurtimiz deb jang yo‘liga ketamiz. 19 fevral 1923 yil. BORLIQDA BIR G’ASH Ko‘k yuzida yulduz o‘ynar porpirashib, Ko‘klam bilan qayg‘ulashib, «Cho‘lpon» yig‘lar. Ko‘rkam yurtning dev, qushlari hayqirishgan, Borliq ko‘zi yoshga to‘lgan, «Vulqon» yig‘lar. Qanot rostlab g‘ozlar ketdi o‘z yurtiga, Shuning uchun hamma daryo, to‘fon yig‘lar. Suvlar oqmay bo‘ldi cho‘ling bu yurtimiz, Go‘dak kabi el yoshlari qon-qon yig‘lar. Suv bo‘yida og‘lar sizram to‘lqunidan, Hamma mahzun, hama g‘arib, «Cho‘lpon» yig‘lar. Zo‘r tog‘larning ko‘kragida oppoq soqol, Bobom yanglig‘ miskinlashib «Hoqon» yig‘lar. «G’arib» ko‘ngli qarigan yurt g‘amida, Balki yoshlik hasratida «Turon» yig‘lar. Qir ostida kimsasizlik o‘ti birlan, Ohlar tortib, kuyub yongan «O’g‘lon» yig‘lar. 11 mart 1923 y.
| |
Просмотров: 851 | |