Husayniy (1438-1506)
G'AZALLAR * * * Bo'ldi gul vaqtiyu men dardu g'amida mubtalo, Ishq o'tidin loladek bag'rimda yuz dog'i balo. Holi zorin,men kibi sultondin ayru tushgali, Yaproq ermas, guldakim yuz til bila aylar ado. Men bilur erdimki, yo'qtur intiho ishqimda hech, To guli vasling bila qildim muhabbat ibtido. Loladek may jomini tutgil g'animat,gul chog'i. Xosaikim,ishrat urdi bulbuli bedil sado. Gar husayniy,topmadi barge jamoling bog'idin, Bu chamanda,ey guli navras,sanga bo'lsun baqo. * * * Firoqingda xasta ko'nglum qatra-qatra qon erur, Olloh-olloh, bu ne hajri behadu poyon erur? Har sari yuz zahm erur jismimda, vah, nozij bila Hajr o'qidin har jarohat ichra bir paykon erur. Ko'z qilur bu vajhdin tunlar duri ashkin nisor - Kim, xayoling jon uyida bir kecha mehmon erur. Xanjari javring durur o'tlug' ko'ngul osoyishi, Suv nechukkim, tashna lablar dardig'a darmon erur. Ey Husayniy, hajr aro bexudlug'um ayb etmagay, Har kishikim bir pari ishqida sargardon erur. * * * Ey ko'ngul, ul dilraboning o'zga yori bor emish, Vah, sanga dushman bo'lub, ul o'zgalarga yor emish. Har zamon yuz bor dil ozoridin ko'nglumdadur, Bahkim,ozori buzuq ko'nglumda muncha bor emish. Dardi ishqing sharhini ko'zumga degach to'kti yosh, Vahki, oni yor sog'indim, ul vale ag'yor emish. Zor o'lub ishqida ozori kelurni bilmadim, Zorlarg'a ishqdin kelgan nasib ozor emish. Yuz ochib o'rtar meni, vah, ishq o'tidin ne gila - Kim, manga o't solg'uchi ul otashin ruxsor emish. Hajrida bechoralig'din oh-vovaylo ne sud - Kim, balolig' ishq ila bechoralig' nochor emish. Ey Husayniy,der eding ul dilraboni bevafo, Men ham ani mubham etibmenkim,oncha bor emish. * * * G'unchani og'zing desam, naylay aning guftori yo'q, Sarvni qadding desam, netay aning raftori yo'q. Oyni ne yanglig' sanga nisbat qilurkim,husn aro Sarvdek ham qaddi yo'q,ham gul kibi ruxsori yo'q. Zulfunga sunbulni ne nav' aylagay tashbihkim, Ham diloso atri yo'q,ham jon rishtasidek tori yo'q. Ayta olmon la'lingga yoqut o'xsharkim, oning Ham chuchuk ta'mi-yu ham jonbaxshliq osori yo'q. Gar raqibingdin meni o'ksuk ko'rarsen tong emas, Kimki oshiq bo'ldi itdin kam ham oning ori yo'q. Istasang ko'nglumga osoyish qadah tut, soqiyo, Kim dame yo'qkim ulusdin yuz tuman ozori yo'q. Ko'yida itti Husayniy ko'ngli, tong yo'q, istasa - Kim, bo'lubtur onda bir devonai afgori yo'q. * * * Chun junun zanjiriga bo'ldum giriftor, ey ko'ngul, Bo'lg'asen men telba holidin xabardor, ey ko'ngul. Qochsam ul zanjir ila ovoralig' sahrosiga, Qilma holimni xirad ahlig'a izhor, ey ko'ngul. Qo'yki davronning jafo oyin eli bedodidin, Bo'lmasin hargiz alar ichra padidor, ey ko'ngul. Anda ham qo'ymay topib, 'devonadur', deb bog'labon, Sudrab eltur bo'lsalar xalqi sitamkor, ey ko'ngul. Keldi ul mahvash mening jonimg'a bedod etgali, Emdi mendin lahzae ayrilma zinhor, ey ko'ngul. Shoyad ul yanglig' tomosho sori mahvshlar bila Kelgay ul shamshod qaddu mohruxsor, ey ko'ngul. Ko'rgach oni gar Husayniy yanglig' etsang tarki hush, Hasratida qilg'asen jonimni iysor, ey ko'ngul. * * * Necha kuygay hajr ila farsuda jonim dam-badam, Hajridin ko'nglumga yuz g'am,g'am uza dardu alam. Yor bordi ko'zdinu ko'nglimda furqat shiddati, Hajri bedod ayladi,jonimg'a davron javr ham. Kecha-kunduz jonima,vahki,balolar yuz qo'yub, Shom to subh uyqu yo'qdin ko'ngluma yuz ming sitam. Hajr aro sabrim yo'qi anduh aro ko'p muztarib, Ashkdin seli balo,oh o'tidin har dam alam. Barcha bir soriyu yo'qtur yor vaslidin umed, Topkasen vasl,ey ko'ngul, ul damki bo'lg'aysen adam. Ey Husayniy,motamim sharhini dedimkim yozay, So'zidin ham safhag'a o't tushti, ham kuydi qalam. * * * Ey sabo bergil xabar,sarvi ravonim keldimu, Jon isi sendin kelur, ruhi ravonim keldimu? Hajr dashtida mungrab qolmish erdi xasta jon, Vah dengizkim, ul g'aribi notavonim keldimu? Kelgan ermish xo'blar ishq ahli qonin to'kkali, Ey ko'ngul, ko'rkim mening qatlimga jonim keldimu? Zulfida sen bandu men ko'yida bemor, ey ko'ngul, Za'fdin dekim, sanga munglug' zabonim keldimu? Yor mehmon bo'lsa jism uyiga,jon aylay nisor, Aytingiz, ey do'stlarkim, mehmonim keldimu? Rahm etib bir kun Husayniyni itingdin so'rg'asen, Ul malomat ko'yida itgan yamonim keldimu? * * * Bir quyosh hajrida chektim o'tlug' afg'on bu kecha, Kuymakim dudidin o'ldi charx giryon bu kecha. Ul quyosh hijronida har bir qarosi shaklidin Qo'ydilar har bir ko'zum bir dog'i xirmon bu kecha. Shomi hijronimni bilmonki, bu yanglig' tuyradur, Yo qilibtur dudi ohim oyni pinhon bu kecha. To'kti kavkab furqating shomida ko'zum onchakim, Qoldi gardun yuz tuman ko'z birla hayron bu kecha. Ey ajal, dodimg'a yetgil bu qatig' holatdakim, Yo'qturur paydo mening shomimg'a poyon bu kecha. Parchaming tong yelidin oshufta bo'lmush bu kecha - Kim, qilibdur ro'zg'orimni parishon bu kecha. Ey Husayniy, yorning ko'ksimga yetgan novakin, Jon berib qildim buzug' ko'nglumg'a mehmon bu kecha. * * * Voy, yuz ming voykim, sarvi ravonim bordilo, Sabru hushim mulkidin oromi jonim bordilo. Rishtai jonim bila vasli aning payvand edi, Jovidon furqat kelib payvandi jonim bordilo. Kim bila angizi mehr etkaymen emdi,ey ko'ngul, Chunki Mehrangiz otlig' mehribonim bordilo. So'rma jonim holidin,dog'i jahon iqbolidin, Ey rafiqi mehribon, jonu jahonim bordilo. Notavon bo'lsam g'arib ermas aning hijronidin, Ne uchunkim ul g'aribi notavonim bordilo. Garchi istab topmadim,lekin ko'zumdin borg'ali, Oni istab yuz sori ashki ravonim bordilo. Ey Husayniy, hajrida topsam haloki jovidon, Qilmag'il hayrat, hayoti jovidonim bordilo. * * * Vahki, g'am dashtida itgan notavon ko'nglum qani, Tarki jonim aylagan bexonumon ko'nglum qani? Ne nishonidin xabar toptim, ne otidin asar, Hajr vodisinda benomu nishon ko'nglum qani? Demakim, joningg'a orom istasang topshur ko'ngul, Sen burun ko'rgandek, ey oromijon, ko'nglum qani? Lutflar qilmish jahon rasvosi ushshoqig'a yor, Vah, muningdek chog'da rasvoi jahon ko'nglum qani? Sel sochar gulbargi bo'ston ichra ul oy boshig'a, Bu mahalda tomg'udek har qatra qon ko'nglum qani? Sen xud aytursenki, ishq ichra kerak ko'nglumg'a sabr, Sabr etarg'a, ey rafiqi mehribon, ko'nglum qani? Eyki, dersenkim Husayniy o'zgaga bermish ko'ngul, O'zgaga bermak uchun, ey badgumon, ko'nglum qani? * * * Hech musulmong'a, nigoro,dog'i hijron bo'lmasun - Kim,visolingdin judo bo'lsa,anga jon bo'lmasun. Ko'z uchidin novaki javrung bila o'ltur mani, Domani poking,begim,nogah yana qon bo'lmasun. Xasta ko'nglum bandi zulfungdin parishondur base, Jam' qilg'il sunbulingnikim, parishon bo'lmasun. Jong'a yettim dilbari nodon elindin, oh,oh! Hech kishining dunyoda mahbubi nodon bo'lmasun. Jon berurda kelib o'ltur,bir dame ko'ray seni - Kim,Husayniy ko'nglida, ey do'st, armon bo'lmasun. ALISHER NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS La'li jonbaxshindin ayru obi hayvonni netay? Hardam ar yuz jon berur, jononasiz jonni netay? Gar emas manzur yuzing, huru g'ilmonni netay? Gulshani ko'yungdin ayru bog'i rizvonni netay? Boshima gar gul sochar, sensiz gul afshonni netay? Hajri anduhida to gulshan aro qildim guzar, Sarv bo'yi qomatingning naxlidin berdi xabar, Lekin oning vaslidin ne bahra topdim, ne samar, Naxli qadding chun emas giryon ko'zumda jilvagar, Juibor atrofida sarvi xiromonni netay? Jismu jonni istamon,billahki,jonondan judo, Ko'rsang ul mahvashni,holim arz etib ayt, ey sabo, Lek zinhor ollida bu nav' qilg'aysen ado, Ul itingga bo'lmasa to''ma navolingda fido, Za'flik paykarni naylay, notavon jonni netay? Birdam, ey ahbob, har sori qoshimdan ketmangiz, Harnakim derman muvajjah bo'lmasa,eshitmangiz, Buki derman chehradin qonlig' yoshim oritmangiz, La'lgun ashkim labi hijronida ayb etmangiz, Ko'z yo'lidin to'kmayin bag'rimdagi qonni netay? Bu ajabdurkim,sanga ma'lum bo'lmaydur bu sir - Kim, erurmen la'li shavqidin o'lumga muntazir, Gar suyungdin har nafas yuz jom bersang,bor muzir, Zulmati hajrida chashmang vasfin etma, ey Xizr, Menki umrumdan to'yibmen, obi hayvonni netay? So'z ilojimdan dema,ey bahri ishq ichra g'ariq, Kim bo'lubtur deb g'amingdin dog' ila jisming hariq, Gar manga borsen muhibbu mushfiqu yoru shafiq, Dog'ima marhamni ko'p taklif qilma, ey rafiq, Tuttum ul dog'im o'ngaldi, dog'i hijronni netay? To ayirdi mendin ul mahvashni charxi kajnihod, Ey Husayniy, telba ko'nglum bo'lmadi bir lahza shod, Oqibat chun topmadim ul sho'x vaslidin murod, Yordin ayru buzug' ko'nglumga qildim xayrbod, Ey Navoiy, o'yla ganj o'lmay chu vayronni netay? TO'RTLIKLAR Ko'rsatma chamanda sarvi yo'ldosh manga - Kim,ko'rganidan ko'zdin oqar yosh manga. Indursa ne bo'ldi har nafas bosh manga, Ul sarvi ravonki, bo'ldi bo'ydosh manga. * * * Ul sho'xki birdam manga hamdam bo'lmas, Zaxm ursa firoqi,vasli marham bo'lmas. Ishqida ko'ngul nasibi juz g'am bo'lmas, Ko'ngul ko'taray desam, ko'ngul ham bo'lmas.
| |
Просмотров: 1031 | |