Mushkin (1903-1976)-She’rlari
TOSHKENTDADIR Ey birodarlar, kelinglar, oshno Toshkentdadir, Har kishining istagi, har muddao Toshkentdadir. Shahdu shakkardan shirin lazzatda har xil mevasi, Katta-katta bog‘u rog‘ xushhavo Toshkentdadir. Olimu fozil, zakovatli kishilar beadad, Bir-biridan nuktadon aqli raso Toshkentdadir. Ishlamoqda erta-kech hoziq tabiblar, ofarin, Bo‘lsa dardi bedavolarga davo Toshkentdadir. Tanga darmon baxsh etarda nozaninlarni ko‘ring, Keksalarga sarvqomatlik aso Toshkentdadir. Barcha atrofu shahardan jalb etib tortmoq uchun Bag‘ri keng, mehmonnavoz, mehri giyo Toshkentdadir. O‘zbekiston ahliga oliy muborak poytaxt, Muhtasham zo‘r shonu shavkatli bino Toshkentdadir. Ma’rifatga bir makon bo‘ldi ajoyib yurtimiz Desa bo‘lgay emdi Mushkin kimyo Toshkentdadir. OTA HURMATI Ey, aziz farzand, nechog‘liq qadrdoningdur otang, Shafqatu ham marhamatli mehriboningdur otang. Loyiqi hurmat, itoat ham azizu mo‘‘tabar, Qiblagohing, xayrixohing, tanda joningdur otang, Kecha-kunduz tarbiyat aylab kamolingni tilab, Beg‘araz, xolis duogo‘y posboningdur otang. Ko‘zda nuring, belda quvvat ham suyanchiq tog‘ o‘lub, Mavj urib yurgan tomirlar ichra qoningdur otang. Qil tafakkur, yaxshi o‘ylab ko‘kdagi yulduz esang, Bag‘riga yulgan sharafli osmoningdur otang. Yaxshi niyat birla tun-kun fikr-zikringda bo‘lib, Qalbida mehring turarga bir makoningdur otang. Sol nazar Mushkin chuqur har bir muammolarga ham, Maslahat bergay hamisha nuktadoningdir otang. INTIZOR O‘LDIM Nachuk bir kelmading, ey laylivash yor, intizor o‘ldim, Firoqing ichra qolgach bir ajab Majnun shoir o‘ldim. Qiyo bir boqmading holimg‘a naylay marhamat aylab, Qolib hajringda doim telbayu devonavor o‘ldim. Xato aylab vafosizlarga berdim ixtiyorimni, Ketib aqlu hushim qo‘ldan bukun beixtiyor o‘ldim. Vasli yor istab tinmayin ishqida zor yig‘lab, Qarorim qolmadi bir lahza ham, ko‘p beqaror o‘ldim. Yugurdim har taraflarga ko‘ray deb oy jamolingni, Xijolatman ko‘rolmay, goh yo‘qman, goh bor o‘ldim. Jahonga keldimu ko‘zni ochib avval seni ko‘rdim, Ayog‘inga suray deb yuzni Mushkining g‘ubor o‘ldim.
| |
Просмотров: 900 | |