Chustiy (1904-1983)-She’rlari
QADR Kimki o’z qadrini bilmas, bilmas odam qadrini, Odam ermas bilmasa har kim bu olam qadrini. Aylanib suv ustida oqqan somon yanglig’ kishi, Qolmagay girdobi g’amda bilsa bu dam qadrini. Ey bahor elchisi, bog’da tutma pandingni darig’, Yaxshi bilsin subhidam gul bargi shabnam qadrini. Vasf etib ming bir kecha aytolmagay mingdan birin, Maqtagan jon bulbuli ming yil bu ko’klam qadrini. Ey quyosh, davringning qadrini bilmagan iblislar, Ham behishtdan haydalur, bilmas jannat qadrini. Qadr bilganlarni qadrin saqla tan, jon birla teng, Qadr bilmaslarga o’rgat kunda kam-kam qadrini. Chustiy, bu olam muhabbat oftobin olami, Odam ermas bilmasa har kim bu olam qadrini. QIZ QO'SHIG'I Yigit bo'lsa olov bo'lsin dunyoda Ko'kga uchsa oy ko'rinsin piyoda Baland to'glar ko'rib ta'zim aylasin Shunda bo'lur muhabbatim ziyoda Yigit bo'lsa, yigit bo'lsin kiroyi Ko'ngillari nurli bo'lsin chiroyli Sadag'asi bo'lay shunday yig'itning Qalbim uning, mehrim yoqut saroyi Yigit bo'lsa unda nomus or bo'lsin O'z yoriga bir umrlik yor bo'lsin Oshiq bo'lsang arzir shunday yigitga Omon bo'lsin kamol topsin bor bo'lsin Yigit bo'lsa, bo'lsa ahdu vafosi El ichida yuksak bo'lar bahosi Chustiy so'zini jonu dildan eshitgay Yigitlarning aqlu xushu rasosi ONA Eng ulug’lardan ulug’ insonlar insoni ona! Oyu kundan ham munavvar husni nuroniy ona! Mehribonlar mehriboni yaxshilarning yaxshisi, Mehru shafqat olamining yuksak osmoni ona! Garchi nomidir ayolu qudratidir bemisol, Tarbiyat mulkin zabardast mardi maydoni ona! Qalbi daryo, oliyhimmat, har saxiydan ham saxiy, Ya’ni g’amxo’rlik diyorin toza vijdoni ona! Bag’ri bog’ sahniyu, farzand sunbulu rayhonu gul, Bu hayot dunyosining eng katta bog’boni ona! Arzimas bir jon uni ming jon fidosi bo’lsa ham, Sadqai farzandlarin har lahza qurboni ona! Onadek farzandin qadriga yetar olamda kim? Har qadrdondan qadrdonroq qadrdoni ona! Yaxshi farzand onasin aylar rizo, aylar rizo, Davlati ham baxti ham, darmoni ham joni ona! Onajon deb sayragay qushlar chamanda, Chustiyo, Sayragin bulbul dilimning she’ru dostoni ona! INDAMASLAR OLAMI Indamaslar olamin sayr ayladim, Sayr etib men beriyo xayr ayladim, Eng ajb olam ekan bu olami, Sayr qilsin bo’lsa har kimning g’ami. Unda beravzan ekan har bir bino, Ul binolarning ichinda yo’q havo, So’risi yo’q, sahni yo’q, ayvoni yo’q, Aqrabolar yo’q, aziz mehmoni yo’q. Beo’chog’u bepalosu betanur, Betaomu belibosu qayda nur, Tomi ham, devori ham tuprog’ erur, Eski g’ordan ham qorong’uroq erur, Qoru yomg’ir tomlarin qilmish xarob, Loyga aylanmish tani oliyjanob, Bu binolar yonma-yon, katta-kichik, Ba’zisi kimning uyi nomi bitik. Ba’zisin ustida naqshinkorlik, Sangi marmarga bitik yodgorlik. Ermi, xotinmi, qarimi, yoshmi, Yoki jodu ko’zmi, qiyg’och qoshmi, Kambag’almi, boymi yo olimidin, Yoki hokim, yo hakim ul kim edi. Yo gadomi, yo halim yoki chapan, Kim tanib olgay suyakning rangidan. Bir-biridan farqi yo’q hech kimsaning, Po’sti yo’q so’ngak erur jismi aning. Kim takabbur bo’lsa ham da’vosi yo’q, Nozaninlar nozu istig’nosi yo’q. Makr etishga holi yo’q makkorning, Holi yo’q toat uchun dindorning. Bir nafas ham og’zi badbo’y mast yo’q, So’kkuchi til, urguchi zo’r dast yo’q. Qo’ydi-chiqdi yo’q uning ro’zg’orida, Urdi-yiqti yo’q uning bozorida. Birni yuzga, yuzni mingga sotguchi, Ajralib sarmoyadan jim yotguchi. Elni behuda malomat aylagan, Og’zidan gul o’rniga chiqmish tikan. Kimsada yo’q madhu vasfu lofu qof, Yo’q g’araz ham dag’dag’a, jangu masof. Kim riyokoru munofiq, behayo, Qolmish elning la’natiga doimo. Beadab, bezoriyu xulqi yomon, Ulfati bo’lmish ul manzilda ilon. Bunda mansab yo’q, xushomadgo’y yo’q, Zebu ziynat birla rangu bo’y yo’q. Bunda yo’q hech kimga tahqiri nazar, Xor kimdir, bilmadim kim mo’tabar. Balki maygun labdan unmish lolalar, Lola yuzlar qayda, yo’qdir volalar. Jim yotur man-man degan boz-bozlar, Betida tuprog’ erur pardozlar. Tadbiru purkorlik qo’l kelmamish, Hiylayu ayyorlik qo’l kelmamish. Qo’l uzatmaydir tama’ birla gado, Yo’q saxiy ahlida ham lutfu saxo. Pora-pora poraxo’rlar jismi ham, El aro butkul yo’qolmish ismi ham. Noiloj zolim yotibdir bemajol, Notavon mazlumda ham yo’q qiylu-hol. Og’zida tuprog’ xasis, ochko’z, baxil, Hammasin yeb yebti qo’ymay yilma-yil. Aldayolmasdan yotur aldoqchilar, Komi qum to’lgan yotur ayg’oqchilar. Qo’ynida yo’qdir qalamkash daftari, Yo’q erur qonxo’r qo’lida xanjari. Yo’q ularda ixtiyoru iqtidor, Qishmi, kuzmi, bexabar, yozmi, bahor. Qancha ming yillar erurki kun botur, Qancha ming yillar erurki tong otur, Kecha kunduzdan xabarsizdir ular, Butkul ermas bu tasavvur muxtasar. Tek yotur, xomush yotur, jim-jim yotur, Tuprog’in ba’zan shamol bir qo’zg’otur. Ota-ona birla farzand bir-birin, Chehrasiga tashlay olmas ko’z qirin. Eru xotin, birla xeshu aqrabo, Bir-biridan bexabardur mutlaqo. Bu so’zim ermas xurofotdan darak, Bu haqiqat olami – ibrat demak. Soati bunda sayohat ayladim, Na sayohat, ming nadomat ayladim. Ko’zda yoshim bo’lgan erdi pardador, Yig’ladi dil parda ichra zor-zor. Vahmdan lekin tetik tutdim o’zim, Bir tomonga nogahon tushdi ko’zim. Bir makone bo’ldi menga jilvagar, Ustidan unmishu go’yo nayshakar. Qabr aro qo’shnay sadosin avji bor, Bu sado lol ayladi beixtiyor. Shu zamon ko’nglimga yetdi bir surur, Zam-zami qalbim aro baxsh etdi nur. Kel degandek bo’ldi menga shul zamon, Bu nidoni tingladi jismimda jon. Men dedim, ey mehtari qo’shnaynavoz, Nay ramuzidan xabar bergil, biroz, Ne sabab joyingda o’zga fayz bor, Bu makoning nega go’yo lolazor? Sen kim erding bunda kelmasdan burun, Mujda bergil menga holingdan bu kun? Deb ko’zim yumdim qilib boshimni xam, Keldi go’yo menga bir ovoz shu dal. Aydi: "Ey farzand, men aytay tinglagil, Ne desam, sen, zarra shak keltirmagil, Avvalo, men poku beozor edim, Elni shod etguvchi parhezkor edim, Umr o’tkazdim halol mehnat bilan, Elni xursand ayladim san’at bilan. Doimo qildim baxillikdan xazar, Yaxshilikni o’yladim shomu sahar. Ota-ona dillarin shod ayladim, Ruhlarin har lahzada yod ayladim. Yaxshi niyat erdi qalbimda chiroq, Men edim kina-kuduratdan yiroq. Hech bir insonga xiyonat qilmadim, Hech yomon ishlarga odat qilmadim. El uchun har ishda qildim mardlik, Qilmadim nokasligu nomardlik. To’g’ri yo’l birlan kechirdim men hayot, Yurtu xalqim menga qildi iltifot. Menda hargiz yo’q edi kibru havo, Shu sababdan bo’ldi el mendan rizo. Ushbu boisdan makonim fayzlik, Qil amal senda agar bo’lsa bilik”. Bu ramuzni nay tili birla dedi, Indamaslar olami xomush edi. Nogahon keldi bir ovozi hazin: "Bir nafas tutkil quloq, men ham deyin, bor edi sevgan qator farzandlarim, ko’zlarimning nuriyu dilbandlarim. Erkalatdim, mehribonlik ayladim, Sizladim, shirinzabonlik ayladim. Bir sovuq shabboda ham ko’rmay ravo, Xastalansa, tinmay istardim davo. O’stirardim ming mashaqqatlar bilan, Qo’llarim boshida shafqatlar bilan. Gohi ozg’in, gohi to’zg’in men o’zim, Yangi kiysin deb, jigarbandim, qo’zim. Gohi puldor, gohi bo’ldim qarzdor, Yuz berardi turli tashvishlar qator. Voyaga yetguncha ul ko’zi qoralar, Qomatim xam bo’ldi, bag’rim poralar. Qoldirarman deb ularga bog’u rog’, Men olib keldim dilimda qancha dog’. Qoldi unda zarnigor koshona ham, Qoldi yoru oshno, begona ham. Rizq uchun yolg’on-yashiq so’z ishlatib, Ba’zioda bir pul uchun boshim qotib, Do’ppayib turgan shu tuproq pastida, Men yotibdurman oyoqlar ostida. Kelmadi yillar ko’zimning ravshani, Ya’ni, ul farzandi dilbandlar qani? Bu makonim ustiga bir yo’l qara, Bormi, ayt, hatto yog’ochdan panjara?” – Deb, meni hayronu lol aylar edi, Bu tasavvur poymol aylar edi. O’zga yondan keldi shul dam bir nido, Aydi menga: "Tut qulog’ing mutlaqo! Bu sado jondan kelur, inson eshit! E tirik yurgan, tirik qadriga yet! Eslasin ruhimni avlodim desang, O’tgan ajdodingni sen ham hurmat et!” Men bu ma’noni eshitdim jon bilan, Ham qabul etdim uni vijdon bilan! Elga ham bu so’zni izhor ayladim, Bir emas, takror-takror ayladim. Indamaslar olamiga sol nazar, Sen o’zingdan qil ularni bahravar. Ota-ona ruhin esla, shod qil, Ya’ni, yotgan maskanin obod qil. Ko’z ochib bu o’y-y bu fikrat bilan, Tashqari qo’ydim qadam hayrat bilan. Men dedim kel, Chustiyo, hushyor bo’l, Yaxshi niyat birla beozor bo’l, To’g’ri bo’l, qilg’il yomonlikdan hazar, El mazoring lavhiga rahmat yozar. NAMANGAN GO'ZAL Tabiat Namanganga boqqan maxal O'zi xam sevibdi degan bor masal Ko'rishga quyosh chiqqay aylab jadal Qalamkashga berib biro lam g'azal Go'zaldur Namangan, Namangan go'zal Giyohi shifo dori to'gu qiri Yuzi gul eli hulchilikning piri Quyosh olmasa to'lgay oy anjiri Anori tilodek shirin xar biri Go'zaldur Namangan, Namangan go'zal Tarozosiga palla uyu quyosh Emas pahtasin vaznicha to'gu tosh Qilur atlasin ko'kda yulduz talosh Baland ximmatidan to'kin nonu osh Xush ovozi ko'p, sana'ti beadad Go'zaldur Namangan, Namangan go'zal Quyuq so'zli mashrablar beqiyos Bu fikrimga donstonlaridan asos Eli manidan kiydi rangin libos Olib suratin qo'lga, bagri'nga bos So'ginseng ko'rarsan uni xar mahal Go'zaldur Namangan, Namangan go'zal Qizi soching oshiqi sochi xam Yetishmas so'zim o'glini maqtasam Shifo so'zlarin misli Kavkazda ham Siyohdonga qo'ydim qonib ich qalam Topib yozmasang yaxshi so'zlar uyal Go'zaldur Namangan, Namangan go'zal Bahodirlari Chustu, Kosonsoy, Pop Zadaryoda mos qayda bor, bo'lsa top So'zing bormikan uychi madhida bop Kerak bo'ldi so'z gavhari qop-qop Go'zaldur Namangan, Namangan go'zal Etuk yangi qorg'onlik mardonlar Yigib katta mehnatla durdonalar Qo'shib hissa norinlik farzonalar Zamu-samo madh etar galma-gal Go'zaldur Namangan, Namangan go'zal Elining yuzida vafo barq urar Shirin xalqu, odob vafo narq urar Bilim, ilmu fan xam razo barq urar Bo'lib xusni olambano barq urar Qishi, yozu, kuzu fasli xoxi hamal Go'zaldur Namangan, Namangan go'zal Namangan degan so'z shirin dil navoz Bu so'z qalbim ichra tarannumli soz Butun xalqdan xam o'zim ishqiboz Kel, ey Chustiy, bir ofarinnoma yoz Borur senga mehru biro lam go'zal Go'zaldur Namangan, Namangan go'zal QASHQARCHA Qashqar qizi bog'ida, Kiyik bola tog'ida, Otma uni ovchilar, Yig'lar ona dog'ida. Bevafoga qayrilma, Vafolikdan ayrilma, Bevafoning o'tida, Kuyib ko'kka sovrilma. Yo'lovchilar yurganda, Gul ochilar kulganda, Jon tolasi qo'shildi, Yor sochini o'rganda. Muntazirman yuziga, Shirin shakkar so'ziga, Chustiy, qachon tikilgay, Ko'zim qaro ko'ziga. AQLI RASO BO'LSIN Sevishgan har yigit-qiz, avvalo, aqli raso bo'lsin, Kuyov birlan kelinchakda vafo bo'lsin, hayo bo'lsin. Sevishmoq yaxshi, sevsin, o'ynasin, kulsin murodicha, Va lekin bu sevishda ota ham ona rizo bo'lsin. Quyosh bo'lsa muhabbat osmonida yigit husni, Sadoqat osmonida kelinchak mahliqo bo'lsin. Yigitning qalbi qizning qalbiga dorilshifo bo'lsa, Yigitning qalbiga qiz qalbida doim davo bo'lsin. Ikkov ham til uchida oshnolikdan hazar aylab, Haqiqiy bo'lsin ishqi-yu samimiy oshno bo'lsin. Alisherlar, Ulug'beklar tug'ilsin, ibni Sinolar, Tug'ilsin, Nodira, Zuhro, biri Zebuniso bo'lsin. Bo'lib iqbolu omad, baxtu tole yoru xizmatkor, Yuzi yorug', so'zi o'tkir hamisha dilrabo bo'lsin. Bu istaklar uchun mehnat, matonat bo'lg'usi rahbar, Amal qilgan yigit qizlarga el joni fido bo'lsin. Bo'lib piri badavlat aylasin to'y ustiga to'ylar, Kelib tabriklamoqqa Chustiydek shoir og'o bo'lsin. KERMA MANMANLIK BILAN Kerma manmanlik bilan o'rnida turgan qoshni, El sevar odamda bo'lgan sabr ila bardoshni, Yo'lda joningdin aziz tut senga chin yo'ldoshni. Yo'lga sol kelsa qo'lingdin aqli past beboshni. Odam o'g'li bo'lmag'aysan bo'lmasa senda vafo, El aro sharmandadursan bo'lmasa sharmu hayo, Tozadillar kiryuraklar birla bo'lmas oshno, Na qilay bunday ko'ngulni bo'lmasa unda vafo, Saqlamas sandiqda hech kim qimmati yo'q toshni, Kerma manmanlik bilan o'rnida turgan boshni. Nokerak bo'lma jahonda doimo darkor bo'l, Bag'rida yayratgan eldan shod-minnatdor bo'l, Gul kabi chehrang ochib yur, xalq uchun gulzor bo'l, Qo'lga sanchilma tikandek, balki beozor bo'l, Keksa ham hurmatlagay odobli bo'lgan yoshni, Kerma manmanlik bilan o'rnida turgan boshni. Har kishi ko'ngli uchun ahmoqqa himmat aylasin, Har kishi yaxshi kishilar birla suhbat aylasin, Har kishi mayli halol mehnatda rohat aylasin, To'kmasin, Chustiy, sevinch-la ko'zga to'lgan yoshni. Kerma manmanlik bilan o'rnida turgan qoshni, El sevar odamda bo'lgan sabr ila bardoshni, Yo'lda joningdin aziz tut senga chin yo'ldoshni. Yo'lga sol kelsa qo'lingdin aqli past beboshni. El uchun qilsang ziyon toshlarga urgin boshni. BO’LMASIN DERMAN Shirin suhbat aro so’zlarda ig’vo bo’lmasin derman, Kishining sha’niga g’iybatlar also bo’lmasin deyman. Asal garchi shirin, yaxshi davolar jumlasidandir, Oshib Haddan shirinlik, aksi paydo bo’lmasin derman. Kishi insof ila vijdon libosidan bo’lib mahrum, Yomon fe’li bilan el ichra rasvo bo’lmasin derman. Kishida ba’zi qilmish elni boshlar mojarolarga, G’arazli kirdikor el boshiga g’acg’a bo’lmasin derman. O’zidan boshqani inkor etar ba’zi kishilar bor, Hayotda bu kabi xom, fikri bejo bo’lmasin derman. Tug’ilgan bo’lsa inson naslidan poymol etib aslin, Firibgar tulkiyu, shaytonga oshno bo’lmasin derman. O’zing kimsan, so’zingni ko’pchilik ma’qullasin, Chustiy, Xatoni tan olib qalbingda da’vo bo’lmasin derman.
| |
Просмотров: 2003 | |