Botu (1904-1938)-She’rlari
YOZ KUNI Qish kuni o‘tib, yoz kuni keldi, Yer yuzin olgan qorlar tugaldi. Har kim egnidan paxtalik tushgan, Yupqa kiyimlar, boqing, kiyilgan. Chechak ochildi bog‘larda bu kun, Bulbul chiqarar yoqimli bir un. Butun ogochlar chiqardi yaproq, Ulug‘ Tangrining qudratiga boq. Qushlar sayrashur og‘ochga qo‘nib, Har kimni ko‘rsang yurar shodlanib. G’ir-g‘ir shamollar yuzga urarlar, Ko‘ngilga qanday shodlik berarlar. Qish o‘tdi emdi, ey turonliklar, Bitsin yalqovlik, turkistonliklar! SO’RMA! So‘rma, o‘rtoq, ko‘zlarimda o‘tli yosh qaynashganin, So‘rma hech bir yuzlarimda qayg‘ular o‘rnashganin, So‘rma bu majnun ko‘ngilning dard ichida yonganin, So‘rma bu mahzun xayolning qay ochunda yurganin. Bu so‘roqlarga javob qo‘ngil sirin ochmoq, demak, Dardli qalb vulqonlaridan lavalar sochmoq, demak, Lavalar sochmoq butun borliqni yo‘q etmoq, demak, Marhamat yo‘q, to‘g‘rilik yo‘q dunyodan kechmoq kerak. Dardlilar dard anglatolmas dardsiza so‘zlov bilan, Ko‘rsatib bo‘lmas quyoshni ko‘zsiza maqtov bilan. HIJRON TO’LQINI Butun kechada xayolga cho‘mib, Yoniq ruhimni qayg‘uga ko‘mib, Hijron o‘tida o‘rtanib, kuyib, Go‘zal malakni eslamaqdaman. Biz yashayturgan bu tubanlarga, Nur sochib turgan oy, yulduzlarga, Yurak dardlarin so‘zlamakdaman, Go‘zal quyoshni eslamakdaman. Ko‘kragim o‘tli, yuragim dardli, Ruhim qayg‘uli, ko‘zlarim yoshli, Boyaqish ko‘nglim chin muhabbatli, Go‘zal chechakni eslamakdaman. Menim parishtam bunday tunlarda Eslarmikan hech men yo‘qsilni-da? UMID SO’ZLARI Yurakda umidlar, amallar... To‘zimsiz qirg‘oqni bosarkan, Nega men chaqmokday yugurmay?! Eskigan, chirigan tamallar, Yo‘qlikka efi yo‘l yasarkan, Nega men undan yuz o‘girmay?! Ko‘nglim yosh, ruhim yosh, kuchim yosh, Yosh yo‘llar, yosh gullar izlayman. Orqaga tortganga hadyam - tosh, Har choq men ilgari undayman...
| |
Просмотров: 965 | |