Oybek (1905-1968)-She’rlari
NA' MATAK Nafis chayqladi bir tup na'matak Yuksakda, shamolning belanchagida, Quyoshga ko'tarib bir savat oq gul, Viqor-la o'shshaygan qoya labida, Nafis chayqaladi bir tup na'matak... Mayin raqsiga hech qoniqmas ko'ngil, Vahshiy toshlarga ham u berar fusun. So'nmaydi yuzida yorqin tabassum, Yanoqlarni tutib oltin bo'sa-chun Quyoshga tutadi bir savat oq gul! Poyida yig'laydi kumush qor yum-yum... Nafis chayqaladi bir tup na'matak... Shamol injularini separ chashmadak, Boshida bir savat oq yulduz-chechak, Nozik salomlari naqadar ma'sum. Tog'lar havosining feruzasidan Mayin tovlanadi butun niholi, Vahshiy qoyalarning ajib ijodi: Yuksakda raqs etar bir tup na'matak, Quyoshga bir savat gul tutib xursand! SOZIM Uyg‘ongach umrning ilk bahori, Soz bo‘ldi ko‘nglim samimiy yori. Hamshira kabi yaqin va dilbar, Tong yulduzidek umidga undar. Soz bilmadi hech mahal arazni, Nurlatdi yurakni jonli bazmi. Ul qo‘rqmadi duch kelsa tikanzor, Ofatli bo‘ron, qutursa sel, qor... Gar egsa qaddimni cho‘ng mashaqqat, Bir onda uchirdi - misli ul pat. Qishlarni bahor aylagan ul, Udir bog‘imda xilma-xil gul. Gullarning tusi bag‘ir qonimdan, Mast nozi sevgining tongidan. Men u bilan ayladim tarannum, Har so‘zda quyosh qilur tabassum. Dillarda chaman ochar bu so‘zlar, Sof his bilan yashnamasmi ko‘zlar? Nur, haqqa chaqirdi xalqni sozim, Xalqimnikidir so‘zim - ovozim! * * * Oy nurining mavjlari yoyilar mayin, Jimjitgina soyalar qochar panaga. Ko‘qda yulduz gullari ochilgan qalin, Yozning yelpug‘ichini tindirmas kecha. Uyqusi yo‘q barglarning chuchuk yallasi Qalblarimizga tegib, hislarni yoqar. Yonar ko‘zlarimizda yoshlik nash’asi, Yaltirar boshimizda kumush olmalar... Atlasday tovlanadi ranglar chamanda, Oltin yomg‘ir yuvadi gullar tojini. Jaranglab tin havoda nozli bir xanda, Qalbga bog‘laydi tunning ipak sochini. * * * Tun. Shamollar kezar betinim Goh ishkomda, goh derazada. Cho‘miladi bir to‘p yulduz jim Jildiragan bir ariqchada... Suqtoy kuchuk izg‘iydi tanho – Suyak tishlab sakrar paxsadan. Nurlanadi bir chetda samo: Oy - o‘rtada singan zar lagan. O’tiradi shoir ayvonda, Xayollari tushlarda sarson. Qayg‘uradi o‘tgan har onga, Oqar daryo - oqadi zamon!.. DENGIZDA OQSHOM Suvlarda sekin o‘ynar, Oltin qayiqchalardek, Quyosh alangalari... G’urub yong‘ini qoplar, Samo yuzi anordek, Bulutlar atlas kabi... Ufqlar quchog‘iga Sig‘magan buyuk dengiz Chayqalar sekingina. Suvlar quyosh sochiga O’ralishib tinimsiz, O’par qirg‘oqni asta... * * * Shamol, bir ertak o‘qi! O’zganda tog‘ ustidan. Ichib buloq boshidan, Shamol, bir ertak o‘qi! Archalar shoxidan tush! Ko‘k ipakda qil jilva, Sochlarimda g‘ivilla, Kel, qalbimga shivilla! Tog‘lar ro‘yosini ayt, Yulduz salomini ayt, Shivilla hayot kuyin, Sevgi maqomini ayt! * * * Yor ketdi, ko‘zim bulog‘i qoldi, Siynamda tirik firoqi qoldi. Ishq xotirasi kabi sochimning Yoshlikda ko‘paygan oqi qoldi... Har lahza dilu xayol parishon, Bir xo‘rsinishimda dardlar ummon. Yulduz kabi tunda yarqirar jon. Tundek sochi ishtiyoqi qoldi... XASTAMEN Xastamen...Fikrga,tuyg'uga to'lib, Oy menga hamqadam - sokin yuramen. Sog'aysam bir kuni yozamen to'yib, Hislarga qalbimni qo'shib yozamen. Kechalar yururmen telbaday horib, Boshimda oy borur,menga hamqadam. Xayollar uchadi mash'alday yonib, To'yib yozajakmen bir kun sog'aysam... OLTIN QUYOSH Oltin quyosh nuridan, Yaproqlar sururidan To'qilgan xotiralar Ketmas mangu men bilan. Yoshliging mash'allari Ko'zlaringda yonardi, Bahor gunafshalari Yosh ko'ksingni o'pardi. Moviy uzoqlik bilan O'pishgan to'g'ri yo'lda Kezardik: kapalakdan, Guldan o'yinchoq qo'lda. Ipak qanotli bahor Sochlaringni yozardi, Siynaga qo'lin solar Tuyg'ungni qo'zg'atardi. Har ko'klamda men seni Seni yo'qlayman faqat. Ay,nozkb yor! Ko'nglimga Hijroning soldi hasrat. Oltin quyosh nuridan, Yaproqlar sururidan To'qilgan xotiralar Ketmas mangu men bilan. YURAMEN Yuraman,toshadi sevinchim, Bu sevinch qaerdan,bilmayman. Kechaning og'ushi latif, jim, Yulduzlar chamani gullagan. Toshlar ham,qushlar ham uxlaydi, Shamollar uchganda ep-engil, Oy nuri mavjlanib titraydi, Barglarga kiradi shirin til. Koinot sevgisi gul kabi Qalbimda ochilar, xayol - hur. To'ladir sevinchning qadahi, Yulduzlar tomchilar oltin nur... QORAXAT Bexosdan uzilgan shoda dur kabi, To'kildi umidning rangli barglari. Osildi bir onda qo'llar madorsiz, Yer qochdi,qoraydi quyosh zarlari... YIG'I KELMAYDI SIRA Yig'i kelmaydi sira, G'azabdan qaqragan ko'z. Bu yo'llarning yaxidan Labimda qotipti so'z. Qoshlar, kipriklar qirov, Yuraman hushsiz, hayron. Qornim och, esga kelmas Xaltamdagi g'ishtdek non. Kuygan uylarda uvlar Qish quyuni betinim. Tanho kezaman.Yig'lar Yuragimda Vatanim. TOSH EKAN BOSHIM Tosh ekan boshim, Hech yorilmadi - Yog'ildi ming tosh. Qalam hamdardim, Bir sirqimadi Ko'zdan qatra yosh. Gar qoldim nonsiz Va bosh panohsiz - Darz ketmadi qalb. Ko'nglimda haqiqat Bir on so'nmadi, Go'yo zo'r quyosh!
| |
Просмотров: 4405 | |