Ergash Shermat Buloqboshi (1910-1995)
MEN –JARCHI Sen – go’zal yurt sevgisila, Oh-fig’on chekdim hamon, O’zgalarga bosh egish- Nomus-la o’lmakdan yomon. Kelsin endi senga ham Erkli davr surmak zamon, Tunda aylanish bukun- Serquyoshli kunlarim. Gulbahor kelguncha tarqar, Erk chaqirg’on unlarim! Kuylamak erkni, hayotni- Xizmatim, burchim erur. Haq yo’lin so’zlash uchun Zo’r kuchni o’z xaqim berur. Har zamon o’smak yo’linda, Birlashib ishlash zarur. Na’ra tortib atayin men: Yashasin milliy g’urur! Tunda aylanmish bukun- Serquyoshli kunlarim. Gulbahor kelguncha tarqar Erk chaqirg’on unlarim! BU ZAMON Ahtarmagan joy qolmadi, Topmadim hech bir vafo. Bu dunyoning har eridan Topg’anim bo’ldi jafo. Qayg’a borsam unda ko’rdim, Ho’rlik yoki sohtalik. Bilmadim bo’lurmikan Dunyo yuzi bir kun yorug’. Qorni och-la ishi yoqdir, Kimning qorni bo’lsa to’q. Garchi yillar dodlasang-da, Sen bir tinglovchi yoq. Tinchlanishni istasang, Kuchga ega bo’lmoq kerak. Shu zamon sendan ketar, Jabru jafolar bedarak. Kuchsizlik g’oyat yomondir, Kuch demak nadur o’zi? Kuch demak ulki, iymondir. Unga yoq hech bir muvozi. HAYOT UYG’ONAJAK Kundan kunga isib borardi havo, Umid-navbahordan bergancha darak. Ildiz, kurtak otib chiqardi go’yo, Ayoz- qish qismatin tan olmay yurak. Hayot- o’lim tortishardi g’oyat zo’r, Bu dunyoning aziz ishi zotan bo’l. So’lgan hayot albat qayta uyg’onur, Ulug’ tangrim yaratgan qonuni shul. VATAN TUG’I Men Turkistonli, mag’rur bir turkman, G’ururim cheksiz, yo’lim istiqlol. Kurashda doim do’stlar-la sherikman, Tug’imiz nishoni – yulduz-la hilol. Tug’imiz bamisoli ko’k bilan taqlid, Ko’kning nishoni bizga-da simvol. Bu tug’ ostinda minglab mujohid, Kurashar, olmoq-chun miliy istiqlol. Turkiston o’lkam, jonajon yurtim, Noming jaranglar burro tillarda. Senda quvonib, ochisin bahrim, Mehring joylashgan toza dillarda. SOG’INCH YO’LIDA Nihoyat keldi so’zasjga ho’p choq, Borlig’in qaynar, go’yo yosh buloq. Kel, yonimga kel, yuzimga bir boq, Bergin go’zalim, so’zimga quloq. Bo’laylik ikkimiz ajralmas bir yor, Yoq dema so’zimga go’zalim zinhor. Qiz jamoling xo’p to’lishgan bahor, Qilay senga men dardimni izhor. Azob osonmas, tushungil, bilgil Ammo azob-la so’nmas sog’ ko’ngil. Ko’nglimiz dilimiz go’yo Hulkardek, Tun bag’rin yorsin, chaqnasin bir –yak. O’zing bilsanki, azaldan beri, Umidimiz ham yolimiz birdir. Ikkimizni ham tortuvcha vatan- Go’zal yurtimiz ulug’ Turkiston. BO’G’MANGIZ Nima… jinoyatmi, o’z yurtni sevmak? Vatan yo’linda ishlab, xalqiga sevilmak? Yashamoqdan na ma’no, bo’lmas-kan unda sevgi? Hayot – sevgi vodiysi… Sevgisiz hayot- bu bir kulgi… Qo’ying… Sevgi tarannum etsin, Hayot qonun budir. Har jon niyatga etsin, . . . . . . . . . . . Nega bo’g’asiz uni? CHO’LPON Bo’lsa yurting go’zal bog’- xalqing unda bog’bon, Bog’dagi bulbul bo’lib- sayrar eding sen,Cho’lpon Seni o’stirgan makon- Bobur shahri Andijon, O’zxaqining farzandi- Abdulhamid Sulaymon. Topting tarbiya, o’sding- xush havo bir muhitda, Shoir bo’lding: kuylading- bo’lsin deb, hurik yurtda. Senga jo’r bo’lib hamon- tinmay kuyladi Mag’jon, Tushunganing har zamon- edi yurting Turkiston. Sen chaqnagan chiroqding- o’chirmak istadilar, Begonalar-chi maddoh- bo’lmoqqa qistadiar. Bo’mading maddoh o’zga- kiymading niqob yuzga, Qaynar ilhoming buloq- har so’zingda shamchiroq. Yoving o’chirdi seni- avji chaqnar chog’ingda, Yo’l bermay sayrash uchun- o’z yurtingda, bog’ingda. JUDOLIK OXIRI KELGAY Bu kunar ko’p azob kunlar, Vatansiz oh-fig’on ichra. Kechar boshdan na mushkullar, Yurib begonalar ichra. Judolik o’ti yondirsa, Qilib ko’ksimni yuz pora, Boshim og’mas, umid so’nmas, Toparman bunga bir chora. Bu kunlar ohiri kelgay, Ulug’ yurtimni ko’rgayman, Zimistonlikka nur tushgay, Farog’at kunni ko’rgayman. Judoik zulmidan ozod, Aziza yorimni ko’rgayman. Qanotimni yozib hur-shod, Jannati dunyoni ko’rgayman. Ochib yurt qo’yniga oq yo’l, Borarman qayta yoningga. Mehr-shafqatga to’lgan ul, Haroratli quchog’inga. Etarman qayta mehrim-la, Xizmatimni sevgi bog’inga, Boqarman suqlanib shul dam, Azizam, nur jamoninga. O’pib nur ko’zli o’g’limni, Go’zal donocha Dilbarni, Bosib bag’rimga mehri-la, Sug’orib tashna dillarni. Bitar qayg’u-alam shunda, Husnlar yashnagay kunda. Topar qalblar bog’ich birga, To’lar dillar yorug’ nurga.
| |
Просмотров: 1115 | |