Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

Турецкие Стихи

Четверг, 26.06.2025

Shukur Sa-She’rlari
AYIQ

O‘rmonda bo‘lganmisiz?
Ayiqni ko‘rganmisiz?
Ustida po‘stini bor,
Pisand emas unga qor.
Men uning naslidanman,
Ayiqning aslidanman.
Otamdan qoldi po‘stin,
O‘sha po‘stin menga to‘n.
Farqim shu: men qo‘g‘irchoq,
Bolalarga o‘yinchoq!


BUZOQ

Men buzoqman, buzoqman,
Shoxim chiqqan — suzoqman.
Lekin yumdalab tortmang,
U yon-bu yonga otmang.
Iflos yerga yo‘latmang,
O‘yinchoqman, qulatmang.
Buksangiz qayrilaman,
Oyoqdan ayrilaman.
Sigir bolmayman unda,
Qaymoq bermayman kunda.
Mayli, o’ynang erta-kech,
Lekin ozor bermang hech!


TOYCHOQ

Toychog‘im bor — uchqur ot,
Quralay ko‘z —tulpor zot.
Egar-jabduq uraman,
Minib, olg‘a suraman.
O‘zi yog‘och, yoli qil,
Ovunchog‘im, olg‘a yel!


ULOQCHAM

Kichkina qora — uloq,
O‘ynar oshib umbaloq,
Men bilan inoq, o‘rtoq.
Ko‘kat bersam yamlaydi,
Orqamdan hech qolmaydi.
Kappalaydi o‘t bersam,
O‘ynaydi quloch kersam,
Suzadi musht o‘qtalsam.
Boshchasida shoxi bor,
Dumchasida oqi bor.


MITTI

Mitti degan mushugim,
O‘taketgan olg‘ir, shum.
Mitti poylab turadi.
Sichqonvoyni ko‘radi.
Sichqon mushukni ko‘rib,
Qochar teshikka urib.
Sichqon qochib qutular,
Mushuk esa tutilar.
Категория: SMS SHERLAR, SEVGI HAQIDA SHERLAR (21.10.2013)
Просмотров: 957 | Рейтинг: 0.0/0