Hamid G-She’rlari
OH, SENING YOSHLIGING MENDA BO’LSAYDI... Ko‘ngil yoshligani har dam qo‘msaydi, Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi! Takror etmas edim bag‘ri toshliging, Oh, menda bo‘lsaydi sening yoshliging! Namuncha yengilsan, namuncha daydi! Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi! Bo‘lmasdi beg‘amlik, bebardoshliging, Oh, menda bo‘lsaydi sening yoshliging! Tong yulduzi kabi bir on kulsaydi! Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi, O’tda yondirardim ko‘ngil g‘ashliging, Oh, menda bo‘lsaydi sening yoshliging! Yurak ilk sevgaga yana to‘lsaydi! Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi, Shodlik, ko‘klamliging, serquyoshliging Jahon yoritardi xuddi Yoshliging! VISOL Ko‘ksimga yarqirab quyosh chiqadi, Boshimga mehribon baxt qushi qo‘nar. Ayriliq tog‘ini visol yiqadi, Ko‘ngil gulzorida chechaklar unar. Chunki... sen kelasan quyoshday kulib, Chunki... sen kelasan tole qushiday, Chunki sen kelasan chiroyga to‘lib, Shoirning tong chog‘i ko‘rgan tushiday. Uzoqdan tovshingni eshitganim on, Unutilar ko‘yingda chekkan kulfatim. Dil quvnab misralar keladi ravon, Ilhomim bo‘ladi aziz ulfatim. Sen bilan o‘tgan kun men uchun - davron, Qaynaydi istaklar, yashnaydi o‘yim. Misralar qog‘ozga tizilar ravon, Sen bilan o‘tgan kun - eng shirin to‘yim. Ruhimda uyg‘onar hayot shovqini, Vaslingga to‘yadi intizor ilhom. Umrimning sen bilan o‘tgan har kuni – Men uchun eng totli, nash’ali ayyom. Shodliksan, sevgisan, qo‘shiqsan, kuysan, Vafosan, hayotsan, toza husnsan. Yoshliksan, orzusan, mast qilgan o‘ysan, Tong chog‘i bitilgan she’rim o‘zingsan!.. KO’KLAMLARING O’n sakkiz yosh - o‘n sakkiz ko‘klamlaring, Gul hayotingda g‘animat damlaring. O’n sakkiz yil - o‘n sakkiz chaqmoq misol, Do‘stlaring, sirdoshlaring, hamdamlaring. Ilk muhabbat nozli mehmoning bo‘lur, Mahv etur ishqing gumonu g‘amlaring. Kunduzi oftob yo‘lingda mash’aling, Ko‘qda yulduzlar tuningda shamlaring. Bir nafas tark etmagay tun-kechalar Tushlaring, orzularing - o‘ktamlaring. Dushmaning hijron bo‘lib qolgay mudom, Do‘stlaring vasl - dardingga malhamlaring. Sevgi ummoniga yuksaqdan otil! Ishq - hayotingda g‘animat damlaring.
| |
Просмотров: 1423 | |