Tolib Yo-She’rlari
NON TANLAMA Nega biz non tanlamaymiz, Sen tanlaysan? Non tanlama, — desa yana Qiltanglaysan. Dehqon bo‘lib, qo‘riq ochib Ekkanmiding? Og‘ir yillar zaxmin mendek Chekkanmiding... Chunki o‘zing mehnat qilib Topmagansan. Yuz-ko‘zlaring o‘tda kuyib Yopmagansan. Oqmi, qora bo‘lsa hamki, Shu — non boisin. Non bu hayot, sarg‘aytirgan Ochlik oisin! Sag‘al suvi qochgan boisa, Qattiq deysan. Tokay endi bugi chiqib— Tursa yeysan? Ba’zilar bor nonni xo‘rlab, Otib o‘ynar. Bir kun kelib bu qilmishin O‘zi o‘ylar. Ushogi ham non-ku uni, To‘kib, sochma! Aziz tutgin, uvolga hech Sen yoi ochma. GAPNING JONI Qiziq, gapning joni bormi, Gap ham tirik jonivormi? Ko‘rmaganman nega men hech, So‘zlashsak-da erta-yu kech. —'To‘g‘ri, uni ko‘rish qiyin, Ko‘rasan ham bir kun keyin. Omon uzoq o‘ylab qolar, Xayol bilan o‘ynab qolar. Ota o‘g‘lin anglab shunda: —Hech qanday sir yo‘qdir bunda. Zar qadrini bil avvalam, O‘ylab gapir so‘ngra, bolam. Sayrayverma apil-tapil, Yon-veringga qarab gapir. Gapning yaxshi, yomoni bor, Kamida ming tomoni bor. Tishi ham bor, ishi ham bor, Yozi ham bor, qishi ham bor. Guli ham bor, tikani ham, Uning jonli ekani ham— Ana shunda, — der otasi, To‘g‘ri so‘zning yo‘q xatosi. UZUMLAR OILASI Uzumlar ham bir oila— Siz va bizday yashar ekan. Urug‘-aymoq degandayin Turi yuzdan oshar ekan. Samarqandning „Yakdona"si, Derlar uzumlar onasi. Otalari — „Katta qo‘rg‘on" Bobomizday ko‘pni ko‘rgan. „Hasayni-yu Husayni"lar Emish o‘g‘illari bular. Oq-u qizil „Shivirg‘oni" Onalarin dil-u joni. Suyuk qizlar ekan qarang— Anor dona, yoquti rang. „Shakar guli" — kennoyisi Boshdan oyoq atir isi... Buvalari — „Biivaki"mish, Liqqo uzum — „Bibi kumush". „Tog‘ uzumi" — ammalari, Bir urug‘dan hammalari. Bari ishkom, so‘ridalar, Katta bog‘ning to‘ridalar. YERNING TILI Bobomlarcha yeming ham Tili bor — so‘zlar emish. Yer so‘zlasa el-yurtning Baxtini ko‘zlar emish. Men hech ko‘rgan emasman, Ishonmadim sira ham. Bobom derlar uqtirib: — Yer tili bor chinakam. Hali yer-la so‘zlashish, Yoshsan, kelmas qoiingdan. Yer tilini o‘rgansang, Chechak unar yoiingdan. Uni ko‘r, derlar bobom! Havas bilan boqaman. Poyoni yo‘q bog‘-chaman Mehrin dilda yoqaman. Tap-taqir cho‘l boisin, sen Parvarish et, gullaydi. „Yemi boqsang, boqadi", U kuningga yaraydi. Yeming gapirgani shu, Gapirtirgan biz, bolam. Mehnat qilsa el barcha, Gapirar butun olam. —To‘g‘ri, bobojon,—deyman Bellaridan quchoqlab, Bobomlardek bo’lishga Men ham o‘zimni chog’lab.
| |
| Просмотров: 1498 | |