Hamidulla Yoqubov (1921-2001)-She’rlari
SHO‘RTAN GAZCHISI Sho‘rtan azim, Bitmas gazim, Iqboli Gazli qiyos. Yer qa’ri o‘t, Keng bag‘ri o‘t, Misoli ko‘mma quyosh. Jon-jahdimga, Dov shahdimga Do‘zax otashi taslim. Men devkorman, Olovkorman, Har ishga qodir naslim. Gazdan yayrab, Dashtda yashnab, Bahra olar choiquvar. Quvur bo‘ylab, Yelib o‘ynab Otash uzoq yoi yurar. Lov-lov yonsin, Kuchga qonsin Sirdaryo nurxonamiz. Mayli kun-kech O‘choqmi, pech Yoqsin sex, gulxonamiz. Sho‘rtan azim, Qondir gazim, Tugamaydi alanga. Qarshi dashtim, Oltin dashtim — G‘azinamiz Vatanga. HOVLIM Hovlim gulshan, Chah-chah kulsam, Haqqim bor, Ho, Haqqim bor. Uyim-joyim — Gul chiroyim, Faxrim bor Ho, Faxrim bor. O‘yinchoq ko‘p, Chin o‘rtoq ko‘p Hovlimda, Ho, Hovlimda. Quvnoq, sho‘xman, To‘kis-to‘qman Davrimda, Ho, Davrimda. Tok tagi soz, Suv labi soz, Saranjom, Ho, Saranjom. Mehmon bo‘lib Kelgin kulib. O‘rtoqjon, Ho, O‘rtoqjon. OQ CHASHMA Oq chashma, Oq chashma, Oq chashma, qandoq chashma? Qir, adir qaynoq chashma! Balki o‘rkach tog‘lardan, Yashil o‘tloq bog‘lardan Silqillab chiqqan chashma, Bilqillab chiqqan chashma. Oq chashma qanday chashma? Chashmaday qaynar chashma. Rangi paxtadan oqdir, Nurdek beg‘ubor, pokdir. Sog‘sa sira sop boimas, Qatracha isrof boimas. Oq chashma, oppoq chashma, Fermada har yoq chashma: Sogin har xil sigirlar, Ola, targil sigirlar, Yozin-qishin boqilar, Mashinada sogilar. Oq chashma, kumush chashma, Farovon turmush chashma. Sigimi oshna qilgan, Sutini chashma qilgan. Mehribon molboqaming, Azamat sutsog‘arning Mehnati asl chashma, Himmati asl chashma. BIR, IKKI, UCH DEYMAN Bir, ikki, uch deyman, Uchdan qolgan puch deyman. Valijon a’lo o‘qir, Besh bahosi g‘uj deyman. Darsga yalqov Teshaga Nuqul ikki, uch deyman. Yumush qilgan dastyorni Mehnatkash, serkuch deyman. So‘kong‘ichning tiliga Garmdori, murch deyman. Salom bergan bolani Rahmat aytib, quch deyman.
| |
Просмотров: 1049 | |