Obid Rasul (1922-2001)-She’rlari
KITOB Darslik kitob qoiingda, Berilgandir u senga. Yirtmay ko‘zday asrasang, Kerak ukang Erkinga. Erkin ham but yuritsa, Muallim xursand bo‘lar. Kitobga mehri ko‘pni Sinfdoshlar xush ko‘rar. Kitobing qoidan qoiga, O‘tib borsa top-toza. Undan ko‘plar shodlanib, Olishadi andoza. Kitob bilim manbayi, Bu barchaga ayon — haq. Kitob o‘qib yashasang, Umring o‘tar xushchaqchaq. XAYRIXON VA MAYLIXON Bir tup shotut Va olmurut Ushlab qoida, Borar yo‘lda Maylixon, Xayrixon. O‘zbek, qirgiz, Go‘yo egiz. Yon qishloqdan, Jon qishloqdan Xayrixon, Maylixon. Maktab bog‘in, Chor atrofin Etishar bog‘, Jon-jon o‘rtoq Xayrixon, Maylixon. PILLA – TILLA Qaddi raso tut ko‘chatim, Novda bargi shapaloq. So‘kichakda ipakqurtim, O‘rmalab yasar qo‘noq. Dahasida tutam-tutam, Barg solaman to‘ysin deb, Ardoqlayman erta kunda, Ipagini qo‘ysin deb. Yig‘dik, ana, sof mehnatim — Natijasi to‘q pilla. Shoyi-atlas kiyar yurtim, Bebaho ipak-tilla. TOSHKENT Hur shahrimsan, Nur shahrimsan. Odamlar daryo — toshqin. U ko‘chadan, Bu ko‘chadan. Chiqishar ishga — shoshqin. Shahri azim, Senga ta’zim. Sen onaday — muqaddas. Ko‘rgan odam, Butun olam Mehri senga — chambarchas. SIZ MEHRIBONIM Siz mening quyoshim, Mehribon onam. Siz bilan munavvar Hovli-yu xonam. Munisim, mo‘tabar, G‘amxo‘rim onam. Manglayim to‘rida, Boshda parvonam. Bahordan bahorlar Yaratgan aziz. Hikmatli murabbiy, So‘zlari laziz. TOP, OlRTOQ! Ikki joyda ikki boisa Juft bo‘larmi yoki toq? Top o‘rtoq! Shu tik turgan joyingda, Shimol-u sharq, g‘arb qayoq? Top, o‘rtoq!? Oymi, quyosh yo yulduz, Qaysi biri yarqiroq? Top, o‘rtoq! Kaklikmi yoki bulbul, Qaysi biri sho‘x sayroq? Top, o‘rtoq! SINFDOSH Chiroyli xat yozmoqqa Juda havasmand edim. Aiochi qiz — Qumriga: „Biroz yordam ber", — dedim. Shod boqib sinfdoshim, Cho‘zdi yordam qo’lini. Endi men ham bilaman, „5" olishning yo’lini. HUNARMAND Qo’lida cho‘tka, moyi, Doim ochiq chiroyi, Bo‘yoqchi Turg‘un tog‘am Yetmish hunarda bekam. U bo‘yagan rom, eshik, Tunukali tom, eshik, Devorga chizgan naqshi, Qanday charaqlar yaxshi. O‘zlari xo‘p o‘qigan, Ertak, she’rlar to‘qigan. Yana usta pazanda, Qo‘shiqchi ham sozanda. Uning yopgan shirmoyi, Toiin oyday chiroyi. Bo‘yoqchi Turg‘un tog‘am Yetmish hunarda bekam. Tog‘am kabi serhunar, Boisang, hunardan unar. TINCHLIK YASHAR Vatanim — quyosh, Boshimni silar, U menga ko‘z-qosh, Iqbolim tilar. Quvnab erkin, shod, Boiaman katta. Baxt bor umrbod, Tinch mamlakatda.
| |
Просмотров: 1601 | |