Husniddin Sharipov (1933-yili tug-She’rlari
POKIZA NOM Vatan ko‘p asrlar, kurashlar hamda Noma’lum dehqonlar ijodi erur. Uni yuksaltirmish yorug‘ olamda Hazrat Navoiylar baxsh etgan g‘urur. Alanga tiliday beqaror hislar She’rga aylangandek nogoh ilhomdan, Vatan boshlanadi siz bilan bizlar Avaylab asragan pokiza nomdan. DAHOLAR KELGAY Hayot ishqi yonar jonimda, Bosib hovrim, sabolar kelgay. Umr mag‘zin chaqar onimda Ulug‘lardan nidolar kelgay: «Iymoningni avaylab, Inson, Etar bo‘lsang muhabbat ehson, Nasibangdir halol, totli non Va haqqingga duolar kelgay!» Bu so‘z oltin barobar, do‘stlar, Ko‘ngil qushday havolar, do‘stlar, Alam-dardim davolar do‘stlar, Nigohimga ziyolar kelgay. Shukrlarkim, balanddir boshim, Olisdan ham yaraqlar tojim, Butun olam bo‘lib qardoshim, Qatorimga daholar kelgay. Kulab toglar, g‘animlar g‘oyib, Bu yo‘ldan ham o‘tarmiz g‘olib, Agar yursang hayotdan nolib, Samovatdan sadolar kelgay: «Iymoningni avaylab, Inson, Etar bo‘lsang muhabbat ehson, Nasibangdir halol, totli non Va haqqingga duolar kelgay!» BARDOSH Uyat yo ayb emas egilsa kishi, Ota farzand uchun qulluq qilar goh. Peshonang tuproqqa tekkani yaxshi Onani zaminga qo‘yayotgan chog‘. Sabab bag‘oyat ko‘p bosh egmoq uchun, Hech gapmas o‘tmog‘i umring bukilib. Taajjub qilishmas, Bir kunmas-bir kun Umurtqa pog‘onang tushsa to‘kilib. O’zing-chi? Bo‘lsang gar sifat noziri, Umringga bosarding ne degan tamg‘a? Esla o‘tmishingni, O’yla hozirni: Nimaga bosh egding? Qanday odamga? Bitta qullug‘ingga arzirmidi u? Bitta armoningta bo‘ldimi sherik? Inson yolg‘iz ekan, ichadi og‘u, Inson hamdardlarning tafti-la tirik. Sen, axir, ichingga yutsang-da yoshing, Baribir, dardingdan etgali ogoh, Qop-qora soch ila egilgan boshing – Qayta tiklanguncha bo‘ladi oppoq. BEG’UBORLIK HAQIDA Ko‘ksingdan joy bersang zarra riyoga, Kirishing mushkuldir yangi dunyoga. Shuning-chun, ehtimol, Zaminni oftob Aylantirib ko‘rar, tutib ziyoga. KAMTARONA... Hayot dehqonga yer etibdi ato, Temirchiga - bosqon, chumoliga - xas. Men yurmog‘im uchun yayrab el aro Qalam ko‘targudek quvvat bersa bas.
| |
Просмотров: 1085 | |