Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

Турецкие Стихи

Пятница, 22.11.2024

Ernazar Ro-She’rlari
FASLLAR ULUG‘I

Yoz, kuz, qish, bahor — to‘rt fasl
Aslo tartib buzmaydi.
Izzat ila hurmatda,
Bir-biridan o‘zmaydi.
— Biz, — der, — aka-ukamiz,
Yilni tashkil etamiz.
Odob bo‘lsa ish bo‘lar,
Shunday bo‘lib o‘tamiz.
Fasllarning ulugi
„Qish" desak ham boiadi.
Qish boimasa, to‘xtalar
Ish, desak ham boiadi.
Suv serob boisa agar,
Bo‘ron ham ta’sir qilmas.
Kuch ko‘p boisa ildizda,
Garmsel ham asar qilmas.
Qor yog‘masa suv boimas,
Chanqab qolar qir, dala.
Bahor ham qurg‘oq kelar,
Ochilmaydi gul, lola.
Yerni bahor qitiqlar,
Qani, der, tez turaqol.
Qorlar erib, suv oqar,
So‘zlarimga quloq sol.
Dala-qirlar bezansin,
Ochilib dasta gullar.
Qo‘y-qo‘zilar yayrasin,
Chaq-chaqlashsin bulbullar.
Hosil boisa moi-u koi,
To‘y, ma’raka ko‘payar,
Ba’zi bir manman odam,
Xo‘roz kabi kekkayar.
Bahor o‘tib kelsa yoz,
Kunlar isib, bo‘lar soz.
Mevalarga rang berar,
Naqdidan ham kechib voz.
Sharbat kirsa hosilga,
Uzib olma sen uni.
Peshonadan ter to‘kkan,
Bordir axir bog‘boni.
So‘rab olsang hurmatlab,
Yesang qoming to‘yadi.
Lek so‘rmasang, sharbati
Tomog‘ingni o‘yadi.
Qizaradi yuzing ham,
Tulki misol qochasan.
O‘zingga-chi, bolajon,
Botqoq yo‘lin ochasan,
Har bir ishda to‘g‘ri so‘z,
Kuch beradi tanaga.
Hatto chumchuq o‘ch bo‘lar,
Qonxo‘r bo‘lgan kanaga.
Hademayin kelar kuz,
Hosilni, der, terib ol.
Beg‘amboydek bir kuni,
Sovuq tushsa bo‘lma lol.
Kim qish g‘amin yoz yesa,
Har ishda g‘olib chiqar.
O‘ynasa hamki garov,
Yutug‘in olib chiqar.
Kuz oladi imtihon,
Qishdan ogoh qiladi.
Qolsang agar yo‘q-yupun,
Ko‘zni guvoh qiladi.
Qish sovug‘i keladi,
Qor ayozin yetaklab.
Bolalar chopib o‘ynar,
Chanalarin shataklab.
Bir-biriga otishar,
Qordan lo‘mboz qilishib.
Yo yuzlarin ishqalab,
Hazillashib, qulashib.
Birin yuzi lolarang,
Burni buloq oqadi.
Birovlarga qor esa,
Shakar kabi yoqadi.
Ba’zi biri yo‘l ochar,
Olib qo‘lga belkurak.
Chol-kampirlar yurmoqqa,
Der: — albatta yo‘l kerak.
Do‘stlik boisa hamisha,
Mushkul oson yechilar.
Hatto katta bichiqchi,
Maslahatda to‘n bichar.


VATAN MADADKOR BO‘LGAY

Men bir, ikki, uch dedim,
Bilakda bor kuch dedim.
Bellashishni kim xohlar,
Kel maydonga tush dedim.
Kim abjir-u kim chaqqon,
Bilib qo‘ysin har bir jon.
Changalimga kim tushsa,
Chiqarmayman men omon.
Maydonga tez qani chiq,
Kuching yetsa meni yiq.
Ishonmasang o‘zingga,
Boima yoiimga to‘siq.
Oqlab Vatan osh-tuzin,
Qaratmay yerga yuzin.
O‘zbekiston bayrogin
Ko‘taray ko‘kka o‘zim.
Pirlar menga yor bo‘lgay,
Vatan madadkor bo‘lgay.
O‘g‘il-qizin shuhrati
Категория: SMS SHERLAR, SEVGI HAQIDA SHERLAR (21.10.2013)
Просмотров: 889 | Рейтинг: 0.0/0