Bayramxon (1500/05-1591)
G‘AZALLAR * * * Yetmasun osebi tab sarvi xiromonim sanga, Esmasun bodi xazon gulbargi xandonim sanga. Boshingga evrulsa joni notavonim ne ajab, Chun tilaydur sadqa bo‘lmoq notavon jonim sanga. Yo‘qturur, billah, maloling eshiturga toqatim, Yetmasun nogah malolangiz afg‘onim sanga. To seni betob eshittim bas parishon holmen, Vahki, zohir bo‘lmadi holi parishonim sanga. Har jafo bo‘lsa meni betobg‘a bo‘lsun nasib,' Yo‘qturur tobi jafo xurshidi tobonim sanga. Lablaring vasfida Bayram she’ridur obi hayot, Sihhati bersun ilohi obi hayvonim sanga. * * * Fig‘onki, yor manga yor bo‘lmadi hargiz, Anisi xotiri afgor bo‘lmadi hargiz. Kichik yoshida giriftorlar g‘amin ne bilur Ki, hech g‘amg‘a giriftor bo‘lmadi hargiz. Ne ayb forig‘ agar bo‘lsa zorlar g‘amidin, Birov firoqida chun zor bo‘lmadi hargiz. Manga muxolifat izhori qilmakim, mendin, Bajuz muvofiqat izhor bo‘lmadi hargiz. Ne umrdur buki Bayram jafo chekib umre, Inoyatingg‘a sazovor bo‘lmadi hargiz. * * * Ey ko‘ngul, mujdakim, ul sarvi xiromon keladur, Yangi boshdin tani afsurdam aro jon keladur. Yana ko‘zum uchadur shodlig‘ ashkini to‘kub, Magar ul mardumaki diydai giryon keladur... Yana tan shahrida oyini ajabdurki, bu kun, Ulki bor erdi ko‘ngul mulkida sulton keladur. Garchi ko‘p dard chekib o‘lgani yetdim g‘amidin, Shukrlillahki, bori dardima darmon keladur. Siyna xilvatgahini xoli eting, jonu ko‘ngul Ki, bu manzilg‘a bukun o‘zgacha mehmon keladur. Ko‘zlarim har nafase telmuradur yo‘lg‘a boqkb, To xabar keldikim, ul xusravi xubon keladur. Lek tole’ yo‘qidin har nechakim payki sabo Yugurub, mujda berib chin desa, yolg‘on keladur. Bayramo, solma ko‘ngul hajri parishonlig‘idnn, Bilki, jam’iyati dilhoyi parishon keladur. * * * Yoshil libos aro ul sarvi guluzorni ko‘r, Ko‘ngul ochilg‘udek ul dilkusho bahorni ko‘r. Libosin etti yoshil sarvi lolaruxsorim, Bahor mavsumida turfa lolazorii ko‘r. Gul uzra sunbuli serob ko‘rmagan bo‘lsang, Yuzida ter ichida zulfi mushkborni ko‘r. Gahi qaror topar beqaror ishq, vale . Qaror topmadi hargiz bu beqarorni ko‘r. Agarchi zoru giriftor ko‘pturur, Bayram, Ajab balog‘a giriftordur bu zorni ko‘r. * * * Sarveki, lutf bog‘ida nozuk niholi bor, Nozuk niholining ne balo e’tidoli bor. Qaddi bila belini taxayyul qilur ko‘ngul, Nozuk xayoli bor uni, nozuk xayoli bor. Gulningki, yuz tajammuli bor husn bog‘ida, Ul gulni ko‘rgali yuzidin infioli bor. Dedimki, «Bizga boqmog‘ining ehtimoli yo‘q», Boqib tabassum ayladikim: «Ehtimoli bor». Bayramki, xurdabinlig‘ aro mo‘shikof erur, Og‘zi bila beli so‘zida qiylu qoli bor. * * * Yorsiz jonimni olg‘on mehnati hijron emish, Mehnati hijron demanglarkim, baloyi jon emish. Xanjaring shavqi, yuzung mehriyu la’ling hajridin, Ko‘krakim choku yurak yuz pora, bag‘rim qon emish. Kom la’lingdin visol ayyomida dushvor edi, Yo‘qsa jon bermak firoqing shomida oson emish. Ne balodurkim, xalosim yo‘q zamone hajridin, Qismatim go‘yo azaldin mehnati hijron emish. Besaru somon debon Bayramni, ey nosih anga, Pand berma, kimga parvoyi saru somon emish. * * * Qilmag‘il, ey sho‘xi sarkash muncha beparvoylig‘, Bir mening ra’yim bila bul tobakay xudroylig‘. G‘am tuni qon yig‘larimning mehnatin ko‘nglum bilur, Garchi ko‘zumga ko‘runmas muncha xunpoloylig‘. Yetmag‘ay hargiz takallumda labi jonbaxshig‘a, Har necha qilsa Masih alfozi ruhafzoylig‘. Yuz bila zulfi havosidek farahbaxsh o‘lmag‘ay, Nechakim qilg‘ay nasimi subh anbarsoylig‘. Toki tug‘di axtari davlat saodat burjidin, Qilmadi bir kavkab ul oydek jahonoroylig‘. Chun topilmas bir guli bexor olam bog‘ida, Bog‘bonlar tokay etgaylar chamanpiroylig‘. Demagil Bayramki, beparvodur ul sultoni husn, Podshahdur, ne ajab gar qilsa beparvoylig‘. * * * Qoshingg‘a tushgali, ey sarvi guluzor, soching, Meni yel esganidek qildi beqaror soching. Firoqi yor tuni bo‘ldi subhi ravshani vasl, Turarda tushgali yuzungga tor-tor soching. Ochilsa nofa yuki mushk isi tog‘ilg‘ondek, Muattar ayladi olamni mushkbor soching, May ichra obi hayot ayladi nihon og‘zing, Gul uzra sunbuli tar qildi oshkor soching. Asirn ishqing emas o‘zluki bila Bayram, Solibtur oni bu savdog‘a, ey nigor, soching. * * * To libosing g‘ayr qoni birla gulgun aylading‘, Qon to‘kardin ko‘zlarymni g‘arqai xun aylading. Qiygali siymin taning uzra qizil to‘n, ey quyosh, Ko‘z bayozin qon yoshim birla shafaqgun aylading. Otashin gulgunalik to‘n birla gulgunung minib, O‘t yolindek bildurub sho‘rumni afzun aylading. Ko‘rsatib yuz, jon bila ko‘nglumga qo‘yding dog‘i ishq, O‘rtading ko‘nglumniyu jonimni mamnun aylading. Bayramo, zulfi yilonig‘a fusundin ne osig‘, Chunki muhlikrog‘ bo‘lur har necha afsun aylading. * * * Hargiz meni tarahhum ila yod qilmading, Mahzun ko‘ngulni qayg‘udin ozod qilmading. Dard ahlidek mulohazai xotirim qilib, Qo‘nglimni bir inoyat ila shod qilmading. Ochilmadi yuzung gulidin g‘unchadek ko‘ngul Kim, hajr sarsari bila barbod qilmading Olamda lafzi besanade hech qolmadi Kim, ishq elig‘a ani isnod qilmading. Har lahza yuz imorati xotir qilib xarob, Hargiz binoyi marhamat obod qilmading. Bas qil, yo‘q ersa tonglaki insof vaqtidur, Faryod aylagaymenki, ne bedod qilmading? Bayram, ne so‘zdururki seni yod qilmag‘ay, Gar yod aylading ani faryod qilmading. * * * Aylab shior shevai bedod ko‘zlaring, Olamni qatl ayladi jallod ko‘zlaring. Islom kishvarida baraftod ayladi, Oyini adlu qoidai dod ko‘zlaring. Yetmas edi burung‘i balosiki, g‘amzadin Kasb ayladi tariqai bedod ko‘zlaring. Ahli huzur xotirini sayd qildilar, Sayyodlig‘ tariqida ustod ko‘zlaring. Bo‘ldi yaqin zuhuri qiyomatki, bo‘ldilar,*- Iki g‘izol ekach iki sayyod ko‘zlaring. Xush ul zamonki, bir nazari marhamat bila, Qilg‘on ko‘ngulni qayg‘udin ozod ko‘zlaring. Chun tark ayladi nazari lutf odatin, Bayramni qildi g‘am bila mu’tod ko‘zlaring, * * * Ey jafojo‘ g‘ayr birla oshnoliq qilmag‘il, Oshno bo‘lg‘an yoronlardin judoliq qilmag‘il. Oshnolig‘ yaxshidur, lekin yamondur el tili, Tilg‘a tushgan xalq birla oshnolig‘ qilmag‘il. Bevafolig‘ garchi husn ahlig‘a rasmedur qadim, Sen ularg‘a o‘xshamassen, bevafolig‘ qilmag‘il. Beadoliqdur vafo tark aylamak husn ahlig‘a, Bevafoliq tarkin ayla, beadoliq qilmag‘il. Bayramo, chun e’tiboring yo‘qturur yor olida, Ko‘rsatib anga o‘zungni xudnamoliq qilmag‘il. * * * Ey sarv, sham’i majlysi ag‘yor bo‘lmag‘il, V-ey gul, rafiqi har xasu har xor bo‘lmag‘il. Ag‘yor birla hamdam o‘lub jonim o‘rtading, Tengri uchunki, hamdami ag‘yor bo‘lmag‘il. Men xud g‘amingda zor bo‘lubmen xudoy uchun, Sen bir sari bu nav’ dilozor bo‘lmag‘il. Yo‘qtur pariruxeki, aning zori bo‘lmag‘ay, Sen ham manga nazar qilu bezor bo‘lmag‘il. Bayram, chu bilding emdi giriftorliq g‘amin, Mundin nori kishig‘a giriftor bo‘lmag‘il. * * * Yo‘qturur olam aro ishq ahlidek badnom el, Kom topmay do‘stdin, xalq ichra dushmankom el. Goh bazmi ayshi davron ofatidin qo‘zg‘olib, Goh subhi vasli hijron zulmatidin shom el. Goh quyundek g‘am biyobonida sargardon bo‘lub, Topmag‘on bir dam qaroru ko‘rmagan orom el. Goh Majnundek junun ifrotidin bexud bo‘lub, Xotirig‘a yetmagan og‘oz ila anjom el. Goh kasrat vahshati ifrotidin devonavor, Xalq aro zohir qilib ham kufru ham islom el. Goh vahdat bodasin tortib irodat jomidin, Yuz tuman Jamshidg‘a jom aylagan in’om el. Ishq elidin mastu bexudluq ajab yo‘qturki, boz Shavq bazmida sipehr aqdohin etgan jom el. Necha bul Bayram kishiga ishq o‘ti so‘zin dema, Kim bu o‘tg‘a kuyganingni bovar etmas xom el. * * * Libosin etgali ul sarvi xush xirom qizil, Ko‘zumni ayladi qon yosh bila tamom qizil. Pariruxum yana qonlig‘ ko‘zumda qildi maqom Ki, husn ahlig‘a zebodurur maqom qizil. Mudom orazi ranginlig‘i chog‘irdin emas Ki, hech yuzni bu rang aylamas mudom qizil. Agarchi husn elidur jomdin qizil yuzluk, Erur hamisha yuzung aksi birla jom qizil. Bilib sipehr g‘amim qon yoshin to‘kar, Bayram, Shafaq emaski, erur har namozshom qizil. * * * Har necha, ey bevafo, vaslingg‘a loyiq bo‘lmasam, Ishq ahli bo‘lmayin ishqingda sodiq bo‘lmasam. Topmayin sendin murode e’tiqodim bo‘lmasa, Sen manga bo‘lg‘il muxolif gar muvofiq bo‘lmasam. Ishq olam qaydidin bo‘ldi xalosimg‘a sabab, Netkay erdim muncha mehnat birla oshiq bo‘lmasam. Qo‘yki, Bayramdek yiroqdin jilvai husnung ko‘ray, Har necha, ey bevafo, vaslingg‘a loyiq bo‘lmasam. * * * Yana ko‘zi g‘amidin notavondurur ko‘nglum, Rafiqu hamdami ohu fig‘ondurur ko‘nglum. Agarchi jazm emas va’dag‘a vafo qiluri, Vafog‘a va’da qilurdin xushondurur ko‘nglum. Navo chu topti ushshoq ichra Majnung‘a, Junun maqomida ham dostondurur ko‘nglum... Tarahhum aylaki, Bayramdek elsifat ko‘pdin, Seni tilab necha bexonumondurur ko‘nglum. * * * Ey chamani jon aro sarvi xiromong‘inam, Umr gulistonida g‘unchai xandong‘inam. Ko‘zga mani ilmag‘an, bir nazare qilmag‘an, Ko‘nglum olib bilmag‘an dilbari nodong‘inam. Ham o‘zi yaxshig‘ina, ham ko‘zi yaxshig‘ina, Ham so‘zi yaxshig‘ina yori suxandong‘inam. Ey yuzi gul-gulg‘ina, v-ey sochi sunbulg‘ina, Qilma tag‘ofulg‘ina, bo‘lma pushaymong‘inam. Ey qadi chobukg‘ina, v-ey labi nozukg‘ina, V-ey so‘zi o‘trukg‘ina, va’dasi yolg‘ong‘inam,- Vositai davlati vasling agar bo‘lmaea, Mehnati hijron aro chiqqusidur jong‘inam. * * * Muntaziri visol edim, bedilu beqaror ham, Rahmki, emdi qolmadi toqati intizor ham. Bir emasu ikki emas mehnati hajru bori dil, Mehnatima hisob yo‘q, dardima yo‘q shumor ham. Har ko‘nguleki, bor edi mehnatu g‘amg‘a yor edi, Yuz alam ixtiyor edi, qolmadi ixtiyor ham. Ruhni bulbulung qilur, jonni dag‘i qulung qilur, Chehrani gulgunung qilur, turrai totor ham. Har kishi ishqibozdurur, xoki rahi niyozdurur, Ishq ila sarfarozdurur Bayrami xoksor ham. * * * Ne deb, ey nozanin, mendnn maloling bor, bilmasmen, Nedin, yorab, yetibtur ko‘nglunga ozor, bilmasmen. Maloling zohiru bilmay sabab jon yetti og‘zima, Nechuk jon zltayin gar qilmasang izhor, bilmasmen. Kirib dushman so‘ziga do‘st bilmaysen meni, lekin, Xudo hozirdurur men sendin o‘zga yor bilmasmen. Ne qildim, ne xato voqe’ bo‘lubtur, vah, ne so‘z debmen, Ki, so‘z qotmas manga ul la’li shakkarbor, bilmasmen. Havas qildim ani tush ko‘rmak, ammo tushda ko‘rgaymen, Chu hargiz tushda ham baxtim ko‘zin bedor bilmasmen. Ne tong gar g‘ayr birla hamdam o‘lsa ul guli ra’no, Jahon bog‘i aro chun bir guli bexor bilmasmen. Bu qatla bir parining ishqidin ko‘p zorsen, Bayram, Seni hargiz birov ishqida mundoq zor bilmasmen. * * * Fig‘onimdin quloq og‘ribmudur oromi jonimg‘a, Yo‘q ersa ne uchun, yorab, quloq solmas fig‘onimg‘a. Qulog‘i og‘rig‘on tashvishidin ozurdadur jonim, Berib sihhat, ilohi, rahm qil ozurda jonimg‘a. Birovkim oshkoro nolalar qilsam qulog‘ solmas, Ne turluk, yorab, o‘lg‘ay mustame’ dardi nihonimg‘a. Yaqin bilganda g‘ofil bo‘lmasini zori nolamdin, Qulog‘i og‘rig‘i kelmas edi hargiz gumonimg‘a. Eshitmasdin burun, vah, ne uchun kar bo‘lmadim, yorab, Eshitguncha qulog‘ og‘rig‘ini sarvi ravonimg‘a. Ko‘nguldinkim, ko‘ngulga yo‘ldurur, derlar, g‘alat ermish Ki, mehrim hech ta’sir etmadi nomehribonimg‘a. Otimni yor bilmay, g‘ayrdin istar nishon Bayram, Ne nomu ne nishon, rahmat mening nomu nishonimg‘a. * * * Ko‘runur gulgun par ul sarvi xiromon boshida, Yonma-yondurur shafaq xurshidi tobon boshida. Yo tulu’ etgan quyoshedur Masiho ushnida, Yo qanot yoyg‘on tazarvedur Sulaymon boshida. Qomati sham’i shabistonimduru, gulgun pari — Shu’laedur go‘yiyo sham’i shabiston boshida. Sanchibon par jilva ber raxshingg‘a maydon sorikim, Sen kelursen deb, ko‘zum to‘rt o‘ldi maydon boshida. Qaddu raftoringg‘a ko‘nglum oncha moyil borkim, Yo‘q havoyi jilvai sarvi xiromon boshida. Kam emas bir dam xayoli she’r Bayram boshidin, Ko‘rgali she’rini ul shohi suxandon boshida. * * * Ko‘zum uchadur to ko‘ra olg‘ay asar andin, Ko‘nglum o‘sadurkim, ola olg‘ay xabar andin. Vahkim, nazarim o‘trusida jilvagar ermas. Ulkim, ko‘tara olmas edim bir nazar andin. La’li o‘ti gulguna sirishkimni qilur tez, Zohir bo‘ladur qatrae xuni jigar andin. Bunyodi balo qilmadi to‘foni sirishkim, Kim yer ila ko‘k bo‘lmadi zeru zabar andin. Bayramki, so‘rog‘ aylar edi og‘zi nishoni, La’lini so‘rub bo‘ldi so‘zi muxtasar andin. * * * Ey bexabarim, xoh inon, xoh inonma, Kuydi jigarim, xoh inon, xoh inonma. Garchi guzaring yo‘q manga, billahki, sendin Yo‘qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma. Yuz fitna ko‘zu zulfung aro chin topilibtur, Ey fitnagarim, xoh inon, xoh inonma. Sen bo‘lg‘ali manzur mahu mehrg‘a hargiz —* Tushmas nazarim, xoh inon, xoh inonma. Sendin xabarim bo‘lg‘ali, haqqoki, o‘zimdin Yo‘qdur xabarim, xoh inon, xoh inonma. Yo‘q sencha kishi sevguluk el ichraki, yo‘qtur Sendek sevarim, xoh inon, xoh inonma. Bayram kibi yakson kechadur zulfu yuzungdin Shomu saharim, xoh inon, xoh inonma. * * * Har so‘zki g‘arazgo‘ desa, ey yor, inonma, Arbobi g‘araz so‘ziga zinhor inonma. Gar yetsa zohir qiladur ishqini elga, Billah, kishiga qilmadim izhor, inonma. Har dam sanga yuz so‘z meni mahrumdin aytib, Har so‘zda aning yuz g‘arazi bor, inonma. Billahki, ag‘yor so‘zi barcha g‘arazdur, Mendin sanga bir so‘z desa ag‘yor, inonma. Har necha jafo ko‘rsa vafo tarki qilurmu, Bayramki bilur o‘zni vafodor, inonma. * * * Azbaski mehring ozlig‘idin beqarormen, Har lahza ohu nolada beixtiyormen. Men zori beqarorg‘a rahm etki, muttasil, Ishqingda beqaroru firoqingda zormen. Miskinu, xoksoru g‘aribiga rahmi yo‘q, Miskin menu g‘aribe menu xoksormen. Borimda bar xotir emas g‘ayr ta’nasi, Chun har ne aytadur meni, yuz oncha bormen. Doim jununu xalq aro Majnuncha shuhratim, Rasvolig‘im ne aybki, devonavormen. Qulluqqa garchi ma’siyatim barkamoldur, Ammo kamol avjidin umidvormen. Bayram jahonda hech kishiga qo‘ymon e’tibor, Topsam habib hazratida e’tibor men. * * * Pariruxo, yana qayga havo qilib borasen Ki, telbalarni ajab benavo qilib borasen, Fig‘onki, o‘q kibi tashlab yiroq visolingdin, Firoq ilkida qadimni yo qilib borasen. Ko‘ngul sinuqturu, yo‘q toqati jafo lekin, Shikasta ko‘ngluma, jono, jafo qilib borasen. Visol davlatidin ayirib meni, vahkim^ Firoq mehnatig‘a mubtalo qilyb borasen. Vafolig‘ el aro men zorni sog‘insa bo‘lur, Chu itlaringg‘a meni oshno qilib borasen. Safoyi majlisi ishrat senng huzuring edi, Huzur majlisini besafo qilib borasen. Meni bu mehnat aro norizo qo‘yub bording, Vale raqibni o‘zdin rizo qilib borasen. Bu tavr qilmag‘il, ey g‘ul, vafo tariqi emas Ki, bulbulungni asiri balo qilib borasen. Borib nigoringu yuz so‘z ila qolib Bayram, Firoq hirqatidin o‘tg‘a yoqilib borasen. * * * Eykim, hamisha dardu g‘amingdin halokmen, Darding eshitgali ne balo dardnokmen. Gah xanjari firoqing ila dilafgor o‘lub, Gah tig‘i ishtiyoqing ila siynachokmen. Gohi qilib havoyi visoling, topib hayot, Gohi chekib jafoyi firoqing, halokmen. Gah qahr ila gudoxtai poki ishqmen, Gah lutf ila navoxtai ishqi pok men. Bayram ne til bila anga jonim fido demay, Yuz til bila chu qoyili ruhi fidok men. * * * Bodaikim ichtim ul sho‘xi sitamkor ilkidin, To hayotim bordurur kayfiyatim bor ilkidin. Ilkima olib ayog‘ bordim ilikdin bir yo‘li, Botrog‘ ich deb, chun ishorat qildi izhor ilkidin. Shisha yanglig‘ qon to‘kub, sog‘ar kibi qondur ichim, To o‘libtur shishau sog‘ar namudor ilkidin. Ko‘rmayin ilkiga har dam el ko‘zi tushmakni deb, Bordurur qonlig‘ ko‘zum payvasta xunbor ilkidin, Masti loyaqil bo‘lur ermish tamomi umrida, Bsdilikim, jur’ae no‘ga etsa dildor ilkidin. Na, nechuk men umrlar mast o‘lmayin, ey do‘stlar, Kim, ichibmen maylar ul sho‘xi jafokor ilkidin. Bayram, ul davr o‘ttiyu o‘lturdi bu hasrat meni Kim, yana bir jur’ae no‘sh etmadim yor ilkidin. * * * Xush ulkim, sarvi nozim rahm qilg‘ay benavolarg‘a, Nechukkim, podshohlar marhamat aylar gadolarg‘a. Agar ul shohi xo‘bon lutf ila bo‘lsa xaridorim, Gadoyimenki, istig‘no sotarmen podshohlarg‘a... Damekim, noz ila ikki labi vasfin ado qilg‘ay, Masiho bo‘lsa ham jon bergay ul nozik adolarg‘a. Balolardur manga ul ko‘z bila zulfu qadu kokil, Balolig‘ ko‘z edikim, uchradim mundog‘ balolarg‘a. Yuzin ko‘rsattiyu ko‘nglum olib yoshurdi ruxsorin Qi, mundin so‘ng ko‘ngulni bermagaymen dilrabolarg‘a, Gadoyi benavodur Bayramu yo‘lingda xok o‘lg‘on, Tariqi mehr ila gomi guzar qil benavolarg‘a. * * * Nigoro, bir yo‘li men zordin bezorliq qilma,. Meni mahrum etib ag‘yor birla yorliq qilma. Ko‘ngul berdim sanga dildor deb tengri uchun, ey gul, Mening ko‘nglum olib ag‘yorg‘a dildorliq qilma. Qadimiy qullaring berahlig‘idin nechakim bo‘lmish Muborak xotiring ozorliq, bezorliq qilma. Men ul gul ishqidin qonlar yutub rozimni fosh etmon, Sen, ey ko‘z, dam-badam ifsho uchun xunborliq qilma. Raqibo, xotirim ozurdadur hijron xaroshidin, Durusht aytib meni og‘ritma, nohamvorliq qilma. Tilab dildorni zori qilursen mendek, ey Bayram, Buzug‘dur xotirim, tengri uchun bu zorliq qilma. * * * Jon topti e’tidol kadingdek niholdin, Yorab, tajovuz aylamasun e’tidoldin. Ul bel taxayyulida xayoli bo‘lub ko‘ngul, Aning xayoli chiqmadi hargiz xayoldin. Har kimki, baidu qurb hijobini qnldi raf’, G‘amginu shod bo‘lmadi hajru visoldin. Qilsang jamoli shohidi g‘aybi ko‘rarga jahd, Jahd ila munqate’ bo‘lako‘r johu moldin. Bayram, habib kilmadi holingga nltifot, Bo‘lg‘aymu hech hol yamonrog‘ bu holdin. * * * Necha, ey gul, visoling bazmidin mahrum bo‘lg‘aymen, Tnlarmen tengridinkim, bir yo‘li ma’dum bo‘lg‘aymen. Gulistoni jamoling birla el masrur, vah, tokay Meni mahzun malomat kunjida mag‘mum bo‘lg‘aymen? Men erdim mahramu ag‘yor mahrum erdilar, jono, Bo‘lub ag‘yor mahram, men ne deb mahrum bo‘lg‘aymen? Vafog‘a ot chiqardim ko‘p jafo tortib, zihi, davlat Ki, ahli ishq aro bu ismg‘a mavsum bo‘lg‘aymen. Base g‘amlar ko‘rub, jonlar chekib majhulmen, Bayram, Magar jon topshurub yor olida ma’lum bo‘lg‘aymen. * * * Dardoki, yor so‘rmadi men xasta holini, Hargiz eshitmadim farahafzo savolini. Ko‘nglum maraz haroratidin muztarib durur, Yoxud tilaydur ul labi maygun zulolini. Armonda o‘ldum, oh, ne bo‘lg‘ay edi agar, Bir qatla ko‘rsam erdi muborak jamolini. Vasl ehtimoli bo‘lmag‘anidin topar edim, Har lahza xotirimda o‘lum ehtimolini. Gar bir balo marazdin edi zor jismima, Jonimg‘a yuz balo edi, topmay visolini. Bas, mushkil erdi bu maraz ichra tirilmagim, Gar so‘rg‘ali yubormasa erdi xayolini. Bayram, firoqing ichra marizu maluldur, Xush ulki, daf’ qilsa visoling malolini. * * * Ul sho‘x dardi boisi qilding gazandni, Kuydurdung, ey sipehr, meni dardmandni. Tan mijmarida xasta ko‘ngul pora-pora, bas, Daf’i gazand uchun netay o‘zga sipandni. Ul qadki, husn gulshanida bo‘ldi sarfaroz, Lutf ichra past ayladi sarvi balandni... Bayram kamoli mashrab erur, tarki tavba qil, Topsang harif bir necha yori lavandni. * * * Joni shirinim u la’li nuktadoning sadqasi, Vah, ne bir jon, balki yuz jon bo‘lsa oning sadqasi Sen dag‘i bir no‘shlab ishqida mendek zorsen, Zor ko‘nglumga tarahhum ayla joning yeadqasi. Deding, evrulma boshimg‘akim, ravon men telbaga, Sen ravon bo‘l, men bo‘lay sarvi ravoning sadtsasi. Ham Xizr suyi labi jonbaxshingga bo‘lsun fido, Ham Masih anfosi jonbaxsh bayoning sadqasi. Bayram, o‘lma talxkom ar joni shirin bo‘lmasa, Joni shirining, buti shirin zaboning sadqasi. * * * Necha hijron g‘amidin nolayu faryod qilay? Hosili umrni faryod ila barbod qilay? Necha ko‘z lavhida tasvir etibon suratini, Dam-badam xotir aning ko‘rmokidin shod qilay? Necha vaslini tilab hajrida xursand bo‘lay, Necha ummidi bila jonima bedod qilay? Necha g‘urbat aro bekaslik o‘ti birla kuyub, Motamiylar kibi o‘z holima faryod qilay? Necha jonimg‘a sog‘inmaslig‘idin o‘t tushubon, Oni besabrlig‘imdin kuyunub yod qilay? Necha ishqida buzub sabru salomat vatanin, Necha anduhu malomat uyin obod qilay? Necha zulfig‘a giriftor bo‘lub zor bo‘lay? Kelki, o‘zni bu balo qaydidin ozod qilay? Bayramo, yor vafo rasmig‘a mu’tod emas, Emdi jonimni jafosi bila mu’tod qilay? * * * Yer dardi joni bemorimda bo‘lg‘ay qoshki, Jismi ozori tani zorimda bo‘lg‘ay koshki. Gul yuzin ko‘rguncha ranj osebidin betobi rang, Yuz tikan bu chashmi xunborimda bo‘lg‘ay koshki. Zahmatikim undadur, kosh ul manga bo‘lg‘ay nasib, Sihhatikim mendadur, yorimda bo‘lg‘ay koshki. La’li jon baxshini bir tabhola majruh etkucha, Yuz jarohat joni afgorimda bo‘lg‘ay koshki. Anda bo‘lg‘on dard bo‘lg‘ay menda, lekin dardi ishq — Andake yori jafokorimda bo‘lg‘ay koshki. Bayram ul oyning har ozori hayotedur manga, To tirikmen bandi ozorimda bo‘lg‘ay koshki. RUBOIYLAR * * * Bayramg‘a base g‘ariblik kor etti, G‘urbat ani xoru zoru bemor etti. Yorabki, balolarg‘a giriftor o‘lsun, Har kimki ani g‘amga giriftor etti. * * * Ko‘z ravshani, yori dilsitonim boradur, Jon gulshanidin sarvi ravonim boradur, Bu xasta agar qoldi aning qullug‘idin, Sen qolmag‘il, ey ko‘ngulki, jonim boradur. * * * Bazmingki, nigorxonai Chin o‘lg‘ay, Anda tarabu nishot oyin o‘lg‘ay. Majlis begiu g‘ayrg‘a yuz bastu nishot, Ne vajh ila Mir basti g‘amgin o‘lg‘ay. * * * Jo‘yandai ayshu inbisotingdurmen, Xohoni farog‘atu nishotingdurmen. Sen muxtalit o‘lmading, yo‘q ersa men zor, Billahki, xarobi ixtilotingdurmen. * * * Ne din g‘amidin dame parishondurmen, Ne kufr hujumidin harosondurmen. Butxonau masjid manga yakson ko‘runur, Go‘yoki, ne kofir, ne musulmondurmen. * * * Sen borg‘ali kam emasdur, ey toza nihol, Ko‘zda namu, xotirda g‘amu, jonda malol. Bu hol bila bo‘lmasa ummidi visol, Yorabki, ne bo‘lg‘ay edi men xastag‘a hol?! * * * Avval meni xidmatingg‘a mahram qilding, Bazming aro hamzabonu hamdam qilding, Oxir yana iltifotni kam qilding, Rasvoyi tamomi ahli olam qilding. * * * To chand g‘amingda iztirob etgaymen, Hajr o‘tida bag‘rimni kabob etgaymen. Xatingni ko‘rub chu qolmadi hush manga, Ma’lumki, ne nav’ javob etgaymen. * * * Ham xutba zaboningga muayyan bo‘lsun, Ham sekka oting bila muzayyan bo‘lsun. To zulmatu nur bo‘lg‘usi, jumla jahon — Xurshedi jamoling bila ravshan bo‘lsun. * * * Hajringni xayol qilmoq mushkil, Sendin talabi visol qilmoq mushkil. Holimni sanga arz qilsam deydurmen, Ammo sanga arzi hol qilmoq mushkil.
| |
Просмотров: 1197 | |