Yoqub Xo-She’rlari
MARATNING SAYOHATI Bugun oynakdan qarab, O‘ylanib qoldi Marat. Ko‘rinmas bog‘, ko‘chalar, Hatto itlar, jo‘jalar. Chorrahalar, moshinlar, Saroy, peshtoq, koshinlar, Qayoqda mirshab, daraxt, Atrof sokin va karaxt. Shamdayin qotib qolgan, Oppoq nur chulg‘ab olgan. Siz qayoqdan qaramang, Ko‘p qavatli xonadon. Ulkan kema misoli, Qalqib-qalqib boradi. Marat go‘yo kapitan, Quvnab, balqib boradi. Qutbchilar kutar shod, Mezbonlarga Toshkentdan — Yuz aiochi tarvuzni, Jo‘natgandi Boshkentdan. Sovg‘alarga jo bo‘lgan Katta Yeming quyoshi, Tilimi til yoradi, Yo‘qdir uning qiyosi. Bu falakning gardishi, Sizga aytsam ajoyib. Kema qalqib, Aysberglar, Qaygadir bo‘ldi g‘oyib. Nelar boimas hayotda, Maratga bersin to‘zim. To‘satdan katta Yerda, Shu mahal ko‘rdi o‘zin. Ko‘kka boqib ohista, Nafasin rostlab Marat. Eh, attangga, juda tez Ketdi-da tuman tarqab... TOPISHMOQ Dastlab u Egatda o‘sdi, So‘ng shumg‘uyaning Yoiini to‘sdi. Rosa yetilgach, Pichoqni tigiatdi. Oshxonaga borgach, Oshpazni yigiatdi. Ovqatga solmasa, Boimaydi. Shakarobning ko‘ngli Toimaydi. „AZIZ - KEYIN" Do‘stim so‘rar maslahat, Men nima deyin? Azimjonning bahonasi: — Xo‘p, mayli, keyin. Yoidan urar dangasalik: — Shoshmagin, Azim, Darsingni qo‘y, stadionga Borishing lozim. Qoiga olsam kitobni, Nedir shitirlab, Xitob qilar bir so‘zni, Asta pichirlab. — Mazza qilib, gap sotib, O‘tirsang bo‘lar. Vazifani d?stlaringdan, Ko‘chirsang bo‘lar. Tashvish chekar men uchun Hattoki xolam. Ko‘ylagingga tugma qadab, Olsang-chi, bolam. Ishlarim ko‘p, xolajon, Tugmadan boiak. Hozir men-chi, multfilm Ko‘rishim kerak. ...Attang yana bir kunim, Behuda o‘tdi. Daqiqalar soatning, Etagin tutdi. — Boidi, va’da beraman, O‘zim-o‘zimga. Bozungarga o‘xshaydi, Futbol ko‘zimga. Ha, do‘stlarim, to‘g‘risi, Nima ham deyin?.. Sinfdoshlar nom qo‘ydi, „Azimjon — keyin". Oltinga teng vaqtimni, Yelga oldirmay Vazifani bajardim, Darsni qoldirmay. Yalqovlikning cho‘chimay Ta’qib, qahridan. „Keyin" degan laqabning O‘tdim bahridan...
| |
Просмотров: 916 | |