Erkin Vohidov (1936-yili tug-She’rlari (2)
Quzg`unning qanotiday Qaro edi o`sha tun. Na milt etgan yulduz bor, Na yilt etgan bir uchqun. Kech kuz edi, Tund kecha, Yer-ko`k mungli, borliq g`ash, Qor ezilib yog`ardi Yomg`ir bilan aralash. Sukunat. Jang tin olar, Faqat gohi gohida Mushak uchib so`nadi Dushman qarorgohida. Yarim tun zulmatida Tepalikni qoralab To`rt soya emaklardi Chakalakzor oralab. Har zamon to`xta-to`xtab Hordiq olishar edi, Jim qolib sukunatga Quloq solishar edi. Mana, ular o`rmonning Chekkasida o`tdilar Va nihoyat daryoning Sohiliga yetdilar. To`xtadilar, bir nafas Ko`z tikdilar yiroqqa. Atrof jim, Faqat daryo Urilardi qirg`oqqa. Sirli tun, butun borliq Sehrlangan singari. Shunday kecha to`rtovlon Yo`l olmishlar qay sari? Qay manzilga shoshishar Shu sovuqda, shu namda? Go`yo qor bor, Yomg`ir bor, Tun bor faqat olamda… Avtomatlar bosh uzra Ko`tarildi tug`simon. Birin-ketin daryodan Suzib ketdi to`rtovlon. Jim, sharpasiz suzishar, Yaqin qoldi qirg`oqqa, Yot, notanish tovushlar Eshitilar quloqqa. Mana sohil — tik qirg`oq, Atrof yalang, Narida Ikki dushman soqchisi Ko`rinar tun bag`rida. Bir-birovga tikildi Bir so`z demay to`rt juft ko`z. Shu qarashning o`zida Aytilgandi barcha so`z. Tek qotdilar. Komandir Imo qildi nohoyat, Tun bag`riga emaklab Kirib ketdi to`rt soya. Nogahon o`q otildi, O`t chaqnadi ketma-ket. Dushman sezdi, Razvedka Jangga kirdi betma-bet. Granata portladi, Tilga kirdi avtomat. Bir yonda butun bir polk, Bir yonda to`rtta soldat. Ikki yondan o`q yog`ar, Olov yog`ar beshafqat, Bir tomonda tahlika, Bir tomonda jasorat. O`rtada tekis kenglik, O`rtada quyuq zulmat. Bir tomonda yovuzlik, Bir tomonda adolat. Qancha davom etdi jang Bilar faqat qaro tun, Bilar faqat tepalik, Ammo bular lol va gung. Tongga yaqin qor tindi, Asta yorishdi osmon. Tepalikka ilk nurin Sochdi xurshidi jahon. Bunda yerni quchgancha Toshlarga qo`yib boshin, To`rt o`g`lon tinch uxlardi Ko`kragida qo`rg`oshin. Tungi og`ir jangdan so`ng Go`yo tin olar bari. Ona bag`rida yotgan Ma’sum go`dak singari. Shu tong sabo yig`ladi Boshin urib qirg`oqqa. Oq, momiq bulutlarning Bag`ri chok-chok so`kildi. Shu tong oftob nurlari Ko`z yosh bo`lib to`kildi. O`rmonlar shovillagan Olis yurtda hali ham Nomsiz tepalik uzra Uxlab yotibdi otam. *** Tengdoshim, Asrdosh birodar! Kel, bir on jim o`yga cho`maylik. Bu yerda yotibdi fidolar. Kel, uni gullarga ko`maylik. Bu yerda baxt bo`lsin, nur bo`lsin, Bo`lmasin qora tun zulmati. Bu yerda yuraklar hur bo`lsin. Qaytmasin, u kunlar dahshati. Tengdoshim, asrdosh birodar! Uyg`oq b`ol, hushyor boq olamga. Bu yerni quchmasin alanga, Qabrida tinch yotsin fidolar. Eshit, ingrayapti Ona-Yer Qo`ltiqtayoqlaring zahmidan, Bu tuproq yuragi poradir Atom zontlarining vahmidan. Eshit, chorlayapti Ona-Yer, Ko`ksida olovli oh-faryod. Asrdosh birodar, qo`lni ber, Kel, Yerga qilaylik qasamyod: Bo`lurmiz gal kelsa har birimizga Tinchlik janggohining fidosi. Bu senga bu menga, bu bizga Yigirmanchi asr nidosi. Yiroqlarda qoldi Uqubatli yillar, Yer ostida yotar topganlar zavol. Qolganlar umrning Sarhisobin qilar, Soch oqiga boqib surarlar xayol. Yillar o`tdi-ketdi Dovulini qoqib. Tuproqqa berildi ne-ne aziz jon. Bizlar xayollarning To`lqinida oqib, U kunlar haqida to`qiymiz doston. Ammo o`lganlarga She’r, doston ne naf, Ne foyda yig`lashdan qalb dardin aytib. Ming yil shon o`qisak, Ming yil aytsak sharaf, Ketganlar dunyoga kelmaydi qaytib. Nega egilmasin Odam ketsa odam, Ustunga zo`r kelar qulasa ustun. Bu tashvishli dunyo, Sermashaqqat olam Bizning yelkamizda qoldi-ku, do`stim! Uni bo`ronlardan, Quyoshli yo`llardan Nurli istiqbolga olib o`tamiz. Biz uni olganmiz Tabarruk qo`llardan, Tabarruk qo`llarga eltib tutamiz. Avlodlar uchun ham Qutlug` bo`lar albat Yer uzra to`kilgan ko`z yosh, qon va ter.Bepoyon kenglikda Charx uradi abad Ulkan yurak shaklidagi Yer… 1964 TUSHLIK TANAFFUS Sokingina yashar edi u, Na shodligi ayon, na dardi, Tongda to'gri ishga borar u, Oqshom to'gri uyga qaytardi. Ulfati yo'q, ko'cha kezmagan, Maishat ne bilmagan odam. Birov sezib, birov sezmagan, Borligi-yu, yo'qligini ham. Bir mo'minga doir bir qotil, Esh bo'lganday yorug' dunyoda, Manglayiga bitgandi hotin, Azozildan ming bor ziyoda. Cho'ntagiga erning to'r halta, Qulog'iga solib olam gap, Ro'yhat qog'oz bilan albatta, Kuzatardi har kun ertalab. Sodda, noshud, oriq, kichkina; Har kun uyda o'tirib oqshom, Gazetdan ko'z olmay tinchgina, Eshitardi hotindan dashnom. Tiriklikning tashvishi, g'ami, Hammani ham qilgandek ado, Uchdi bir kun umrining shami, Bu olamdan ketdi benavo. Hotin ko`zni ochib g'aflatdan. Bildi: tayanch tog'i yo'qoldi. Shaddod xotin shunda da'fatan, Mushtiparga aylandi, qoldi. Ko'rgilikning bari da'fatan, Qazo boqmas nola-yu, zorga, Mana u ham bir kun odatan, Sham ko'tarib keldi u ayol. Qudrat tilang uning sabriga, Uni kutar bunda turfa hol: Qotib qoldi: eri qabriga Sham yoqardi o'zga bir ayol. Qotib qoldi. To'plab nihoyat, Bor makri-yu irodasini, Yashiroldi ko'zdagi hayrat, Va hayojan ifodasini. Ayol sari yurdi beparvo. Salom berdi, so'rab kechirim, Dedi ko'ngil olgandek go'yo: "Kim bo'ladi bu odam?"- "Erim" "Erim"- bu so'z hotin qalbiga, Olovli o'q bo'lib sanchildi, Endi bildi, er uni nega, Hush ko'rmasdi, ha endi bildi. Nahot shunday beozor odam, Nahot bo'lsa boshqa xotini, Qani endi shundan keyin ham, Oqlab ko'ring erkak zotini. Qani endi go'rni ochsa-yu, Bevafoni tutsa so'roqqa, So'ng eriga qo'shib mana bu, Megajinni ko'msa tuproqqa. E, voh, ayol g'azabidan ham, Makridan ham asra xudoyim, Yondirsa-da ichini alam, Savol so'rar yana muloyim. "Bolalarchi?"- "Qolmadi yodgor. Menga uning yodi kifoya, G'ayriodat ishq bu betakror, Eshitsangiz qilay hikoya. Men u bilan tushlik chog'ida, Oshhonada dastlab ko'rishdim, Men stolning narigi yog'ida, U bu yoqda o'tirgancha jim, Ovqatlandik ertasiga ham, Indininiga shu bo'ldi takror, Yettinchi kun deganda ilk bor, "Yaxshimisiz"-, dedi bu odam. Tanishuv kun bo'ldi bu bizga, Salomlashib yurdik necha kun. Kechirasiz, ne bo'ldi sizga? Titrayapsiz, singiljon, nechun?" "Hechqisi yo'q, sovqotdim bir oz. Davom eting "- "Xullasi kalom, Bir-birovga o'rgandik oz-oz, Bir-birovga bog'landik tamom. Shunday ekan qismat xohishi, Men ham edim dunyoda tanho, U, kamina beozor kishi, Dardlarimga bo'ldi oshino. Men-ku yolg'iz edim: na otam, Na onam bor, na oilam bor. Yolg'iz ekan dunyoda u ham: Farzandlar g'o'r, xotin dilozor. Sodda noshud, ko'rimsiz: ammo, Qalbi uning bir olam edi, Teran fikrat, hislar musaffo, Fidoiylik jamuljam edi, E, voh, qadrin bilmadi dunyo, Loyda yotgan dur edi bu zot, Mening zulmat hayotim aro, "Yarq" etgan bir nur edi, bu zot. Dardlashardik bechora bilan, Ikkimizda nadomat afsus, G'am-anduhlar izhori bilan, O'tar edi tushlik tanaffus. U so'zlardi, men tinglar edim, Men so'zlardim, kuyardi u ham. Gohi uzoq o'tirardik jim... Ko'zimizga cho'kib tubsiz g'am. Mening ko'zim derdi: "Ey, aziz, Qayda eding o'ttiz yil avval?" Uning ko'zi derdi: "Foydasiz. Bu dunyoda baxt yo'q mukammal" Mening ko'zim derdi: "Men muhtoj. Qidirgandim seni bir umr" Uning ko'zi derdi: "Na iloj. Kech bo'lsa ham ko'rishdik. Shukr" So'rsalarki :"Qay vaqt saodat, Bo'lgan sening umringga oshno?" Derdim:"Besh yil, har kun bir soat, Faqat tushlik tanaffus aro". O'zga makon, o'zga zamonda. Paydo bo'lgan olis yulduzlar, El ko'zidan pinhon osmonda. Ko'rishgandik faqat kunduzlar. Bu ham turmush... Mana nihoyat, Judo bo'ldik, bor gap shu singil Tamom bo'ldi dardli hikoyat..." Oqshom cho'kar, tushar qorong'u, Hazonlarni supurar shamol, Yarimta oy surgancha hayol, Sokingina taratar yog'du. Qabristonda qolmagan odam, Huvillagan sukunat aro, Bir qabr uzra yonar ikki sham... Ikki ayol yig'lar besado... TUSH Bir oy bo’ldi, Takror-takror Men bir xil tush ko’raman, Tushlarimda mudrab yurgan El ichida yuraman. Ular bilan Men ham mudrab, Asta qadam sudrayman. «Bu – tush», - deyman, «Uyg’on!», - deyman, Uyg'onolmay mudrayman. Har tun shu hol, Falak bergan Bu ne balo, qiynoqdir?! Ey, Xudoyim, Ey, Xudoyim, Kecha buncha uzoqdir! QALB SHUNDAY UMMONKI Qalb shunday ummonki, uning bag'rida, Dahshatli dolg'alar silsilasi bor. Qalb shunday zaminki, otash qa'rida, Vulqonlar otguvchi zilzilasi bor. U bir sayyoradir. yerdek shafaqgun, U bir olamdirki, bilmas nihoya. Uni mehvaridan chiqarmoq uchun, Atom jangi emas, bir so'z kifoya. DONISHMAND TABIB Alqissa juda qadim, Jaholatli zamonda, Bir donishmand, ulug' hakim, O'tgan ekan jahonda. U kun bo'yi giyoh terib, Kezib bog'u biyobon, Odamlarga shifo berib, Yashar ekan shodumon. Unga ming bir mushkul dardning, Ayon bo'lib shifosi, Odamlarning bora-bora Ortaverdi ixlosi. Tabobatga qalban, ruhan, Fido qilib o'zini, Oxir bir kun nashtar bilan Ochdi ko'rning ko'zini. Rivoj topmish sohib xislat, Donishmandga madadkor, Lekin qayda bo'lsa shuhrat, Yonboshida hasad bor. Davoxonlar, parixonlar, O'quvchilar chilyosin, Xullas yurtda bor nodonlar, Boshladilar ig'vosin. "Bandasiga bermoq doru, Yaratganga isyondir Demak tabib ishi makr-u, O'zi esa shaytondir". Bu so'zlarni chin deb bildi Nodon, johil olomon, Donishmandni sazo qildi, Kaltakladi beomon. Cho'g‘ temirda ko'ksin dog'lab, Dorga osmoq bo'ldilar, So'ng bo'yniga xarsang bog'lab, Suvga bosmoq bo'ldilar. So'ng suvni ham, xarsangni ham Xayf bilib "shayton" ga, "Yoqing" - dedi eng bosh hakam, -"Olib chiqib maydonga" Keng maydonga ustun ko'mib, Bog'ladilar hakimni. So'ng temirni o'tga qo'yib, Dog'ladilar hakimni. Buyurdilar: "Yoqing shitob, Azroilning oshnasin" Dedi : "kimga kerak savob, Cho'p keltirib tashlasin" "Savob" uchun kimdir o'tin, Kimdir tashlar dona xas. Hakim boshin mag'rur tutib, Johil elga qaramas. Shu payt tabib sari bir chol, Asta kela boshladi, Quchog'ida bir bog' poxol, G'aram uzra tashladi. Dedi: "Asl tug'ilganda, Basir edim men o'zi, Sen duoning kuchi birla Ochib qo'yding ko'r ko'zim. Tangri bilib yaratgan ko'r, Davo qilding ne uchun? So'roqda men manglayi sho'r, Nima deyman Mahshar kun. Haq yo'lidan ozgan odam, Davo qilib ne berding, Meni bir yo'la u dunyo ham, Bu dunyomdan ayirding. Ko'rligimda bu dunyoni Tasavvurda ko'rardim. Dunyodagi bor odamni Mushfiq bilib yurardim. Shafqat ila kim nonu, kim Chaqa tashlab ketardi, Men ham shunga to'ygan edim, Shu ham menga yetardi. Qornim to'ysa saodatim, Yo'q tuman xil tilaklar, Ham ulfatim, hamsuhbatim, Jajji shirin go'daklar. O'ylar edim dunyoda bor Musaffolik, soddalik, Ko'zim ochib ilk bor ko'rdim, Berahmlik, soxtalik. O'g'irligu, fahshni ko`rib, Jim yurarkan odamlar. O'z do'stiga kulib turib, Tig' urarkan odamlar. Bir yonga boq: Ayshu-ishrat. Bir yonga boq: Ohu-voh, Bu kun mening ko'nglimda g'ash, Imonimda ishtiboh. Derdim, yurtni bir bor ko'rsam, Ko'rdim: ko'nglim to'q endi, Yo'lda yotgan ko'rchalik ham, E'tiborim yo'q endi. Ado bo'ldim, to'yib ketdim, Ado bo'lsam mayliga, Yo qaytadan o`sha g'arib, Gado bo'lsam mayliga. Ko'r bo'lsam ham mayliga... Bu so'zlarni eshitdi-yu, Faryod urdi donishmand, "Yoqing"- deya so'radi u, "Olov bo'lsin sarbaland. To'yib ketdim bu dunyodan, Hech toqatim qolmadi, Mendan shifo oldi olam, Odam shifo olmadi. Jaholatning zahri tekkan Nodon, johil, gumrohlar, Davosiga ojiz ekan, Men kashf etgan giyohlar. Ko'r ko'zlarga nur bahsh etdi, Men kashf etgan giyohlar, Qalb ko`zini ochmoqqa lek Kamlik qildi hunarim. Odamlarga men yaxshilik, Qilmoq bo'ldim, netayin? Manglayda shu ekan bitik, Yoqing kuyib ketayin." O't yoqdilar yondi gulxan, Qaro bo'ldi samovot, Jaholatning hukmi bilan Ado bo'ldi buyuk zot. Gulhan yondi ko'kka o'ralib, Cho'gi har yon sochildi, Shu olovdan elning, ajab, Aql ko'zi ochildi. Yigladilar aza tutib, O'kindilar, kuydilar, Yillar o'tib donishmandga Oltin haykal qo'ydilar. E, voh, hakim ko'zi bilan Ko'rsaydi bu hurmatni, Lekin olim o'zi bilan Olib ketdi hikmatni... Qo'y, ey, ko'nglim, sen bu qadar Dahshatni kam o'ylagin, Senga nasib bo'lgan davron, Sozin chalib kuylagin. Shukronalik, mayni ichib, Yayrab qolgin har nafas, Bu dunyodan bir kun kechib, Ketguvchi bir biz emas. Qo'y, ey, ko'nglim, Haq muhabbat, She'r zavqiga qo'naylik. O'tda yonish bo'lsa mayli, She'r o'tida yonaylik. Faqat bizga g'am u qadar, Qayg'u hasrat yot bo'lsin, To biz uchun jon berganlar, Ruhi doim shod bo'lsin! Kimda iqtidor yo‘qdir... Kimda iqtidor yo‘qdir, Ilm ila hunar zoe, Iqtidor berurman deb, Chekma ranj, ketar zoe. Kimda asli tole yo‘q, Naqdi ham ketar qo‘ldan, Berganing bilan bo‘lmas Oltinu guhar, zoe. Kimki behamiyatdir, Chetdadir nazardan ham, Chunki behamiyatga Solganing nazar zoe. Kimki muz yurak bo‘lsa O‘ylama eritmakni, Ming quyosh yoqib qo‘ysang Qilmagay, asar zoe. Gar quyon yurakli er Jazm etar bahodirlik, Unga arg‘umoq esiz, Tilla naqsh kamar zoe. Bu «nasihat»ni Erkin Yozdi bir sabab bilan, Ko‘nglida sezar ammo, She’ri besamar, zoe.
| |
Просмотров: 1946 | |