Muxtor Xudoyqulov (1937-yili tug-She’rlari
Umid Har kishi etgay jahonda yaxshi imkondan umid, Dehqon dondan umid, ma’dan topar – kondan umid. Voajabkim, yetgusi ne istasa turfa ko‘ngil, Andalib istar chaman, chug‘z vayrondan umid. Baxtini izlar odamlar ishq-muhabbat komida, Bir umr dilda hamisha yoru jonondan umid. O‘tdi yillar, o‘chmadi dilda sho‘x istaklarim, Egma qosh, pista dahan, ko‘zi fattondan umid. She’r ahlin istagi bir go‘zal baytu g‘azal, Etgusi gohi-gohida yaxshi dostondan umid. Ishlagil, ter to‘k jahonda, elaro noming qolur, Qilmagil ortiqcha maqtov, shuhratu shondan umid. Muxtoro, cho‘ktirma dilni, chin umid birlan yasha, Elaro bordir maqol: – "Chiqmagan jondan umid”. Sensiz O‘tib bormoqda asta necha oyu yil sensiz, Egasi yo‘q hovliday huvillaydi dil sensiz. Ayriliq armonidan bukilmoqda yelkalar, Qandayin ko‘tarurman bu yuk og‘ir, zil sensiz? Qahqahavor davrani qayda ko‘rsam qochurman, Kulgi tugul yurakka sig‘armidi qil sensiz. Mehr ila muhabbatga intizorlik qaqratur, Qondirolmas tashnalik, hatto, obi Nil sensiz. Quloqqa tushar gohi sevgi, visol so‘zlari, Ammo, sira tushunmam, bu qandayin til sensiz? Boshim uzra yoyilmish musibatning chodiri, Ruhimdagi mahzunlik endi muttasil sensiz. Pok xotirang hamisha tirik yashar qalbimda, Baxtu saodat endi menga yarim, bil, sensiz. Yo‘q Kech tushdi, yo‘l qorong‘u, miltillagan chiroq yo‘q, Uchrasa xavfu xatar yaraydigan yaroq yo‘q. Keldi mavsumi kuzak, ayni xirmon chog‘idir. Donu dun yig‘moq uchun qo‘lda durust o‘roq yo‘q. Soch-soqol o‘smish biroz, mo‘yi lab ham qo‘shilib, Tartiba solmoq uchun hafsalayu taroq yo‘q. Necha kundir bir sohir kuy-qo‘shiqqa tashnaman, Ming quloq tutsamki, lek, Savti ajam, Iroq yo‘q. Ki, visol vodiysidin bo‘ldik badarg‘a vodarig‘, Emdi bizga toabad: dard yo‘q, firoq yo‘q. Yaxshi bilki, bu jahonda ishq o‘tig‘a kuysa kim, Tong-la, mahshar kelganida qiynog‘u so‘roq yo‘q.
| |
Просмотров: 1134 | |