Sulton Jabbor-She’rlari
RAHMAT MENGA TEKKANI Mirzaterak novdasidan Ko‘p qalamcha tayyorlab, Yoi bo‘yiga mehr bilan Qadagandim qatorlab. E1 koriga yarab qoldi, Yaxshi bo‘ldi ekkanim. Odamlar uy qurib oldi, „Rahmat" menga tekkani. SHAMOL MENGA YOQADI Uchirsa ham do‘ppini, Shamol menga yoqadi. Koyimanglar ko‘p uni, Shamol jonning rohati. Hush ko‘raman xo‘p uni, Shamol meni „boqadi": Shox silkitib har kuni To‘p-to‘p yong‘oq qoqadi! TOG‘ RAYHONI Bir do‘st rayhon tutqazib Oliy himmat ko‘rsatdi. Bu — oddiymas, shifobaxsh Tog‘ rayhonin ko‘chati. Bog‘ to‘riga o‘tqazay, Dimogiami chogiasin. Do‘st himmatin eslatib, Yuraklami bog‘lasin. SHIRIN TUSH Xursand uyg‘onaman, Ko‘rsam shirin tush. Yaxshi tush ko‘rganda Ko‘nglim bo‘lar xush. Sinadim: O‘ngimda Shod yurgan kunim, Shirin tushlar ko‘rib, O‘tadi tunim. PALAGI TOZA Nega ba’zi kishini Palagi toza, derlar. Maqtab xulqi, ishini, Oling andoza, derlar. Qovun palagi toza, Demak, tushmagan kasal. Hosili ham mo‘l rosa, Mazasi ham naq asal. POLIZDA Kunim o‘tar polizda Parvarishlab — ovunib: Band beradi hademay, To‘rlab qoldi qovunim. Polizingiz bo‘lmasa, Kelavering mehmonga. Bitta qovun ne bo‘pti, Qo‘li ochiq dehqonga! ANOR Namanganda bir bog‘ga kirsam, Anorlari handalakcha bor. So‘yib ko‘rsam, yoqut donlari Xuddi qoida terganday qator. Qani, anor donalariday Terolsaydim so‘zlar gavharin, Bog‘bon kabi xalqimga men ham Tutar edim she’riy daftarim. BOG‘IMDAY Yomgir yog‘ar shovullab, Yuvar changni-g‘uborni. Cho‘miltirib, bogimning Husnin ochib yubordi. Soiimlashdi barglari, Mevalari yoqimtoy. Jannatsimon bog‘ bormi Dunyoda hech bogimday! KO‘CHATIM Urugini undirib, Payvandladim — uladim. Parvarishni do‘ndirib, Yalqovlikni quvladim. Nihol bo‘lib, yetilib Xayrlashar ko‘chatim: Daraxtlikka intilib Yangi joyga ko‘chadim. HOY, AYYOR! „Yana ahvolimdan Birov kulmasin, Oldin bodom bilan O‘rik gullasin! Sovuqqa chalinib, Tashvishga qolmay: Hali qor yog‘ishi Mumkin", — der olma. Bodom bilan o‘rik Gullab bo‘lishdi, Gulbargin shamolga Pullab bo‘lishdi. Endi, g‘o‘rasini Bag‘riga bosib, Tebratar, osmonga Belanchak osib. Olma qarab turar Tomosha qilib, Havasmi, hasaddan Og‘zi ochilib. Gullashda kechikding Hoy, ayyor olma. Vaqtida meva tug, Aldanib qolma!
| |
Просмотров: 1469 | |