Ergash Abdulla -She’rlari
YUPANCH Hayotdan ketmaydi katta odamlar, Ular hayotniki, dunyo farzandi. Davrga arzanda bo‘lmagan ular, Ular uchun Davr bo‘lgan arzanda. Jolalarda qolsa guldek sinmagan, Ulg‘aygan barhaqlik sari talpinib, Sevishni o‘rgangan Vatanni faqat, Sevishni o‘rgangan faqat xalqini. Bizlar abadiymiz, Bizlar o‘lmaymiz! Valilarimiz bor taqdirdan ato, Ko‘kragini ochib tik bordi shular, Nodirani chopgan qilichga, hatto! Ne qilarding kamand bo‘lsa tilingda, Ovozlaring o‘lsa urilib toshga? Nima qilar, axir, haq yo o‘lim deb O‘zni alangaga otishdan boshqa! Ho‘qondi latifim, «siz» degan lafzing «Senga» aylanmagan edi ne zamon, Noshud bir kimyogar ishxonasidek Nega portlab ketdi bu dorulomon! Yolg‘iz bir yupanch bor onalardakim, Bolasiga o‘tar imoni kuchi. Tug‘ilganda yig‘lar bola shunchaki, Lekin ketganda-chi? Bilar — ne uchun! Bo‘zlamagin endi yurakni ezib, Chekkan azalaring ko‘p qutlug‘ g‘amdir. Navniholing buyuk daraxtdek edi, Onajonim, o‘g‘ling katta odamdir! Muqannaginamas o‘tda yonganlar, To‘marislar hamdir, Ra’nolar hamdirg Navniholing xuddi kavsardek edi, Onajonim, qizing katta odamdir! O‘zingni bardam tut, botir onasi. Sabotga suyanur dardda odamlar, Ketganlarning bari mangulikniki, Hayotdan ketmaydi katta odamlar!... * * * Bir vaqting bo‘pti-da, uy qizi, bugun, Kun bo‘yi zorligim bekor ketmabdi. Hali qancha yorug‘. Bizning sohilga Oqshomning etagi yetmabdi. Xohla, oyogingni solgin Ko‘ksuvga, Suv o‘tlari titrab o‘psin, yayrasin. Bori tashvishlarni unut bir nafas, Ko‘nglingga ko‘chsin bu qushlar sayrashi, Nafasimday o‘tlig‘ bo‘lmasin shamol, Xushbo‘y bo‘lsin soching erkalagan choq, Balki bu suvlarda o‘smas nilufar, Lekin u ko‘ksingda ochilsin oppoq. Men ham vasfing aytmay, his etay faqat Husning orom olgan ozoda onni. Keyin, Hofizdek bir tantilik qilib, Hadya qilay senga Shohimardonni...
| |
Просмотров: 915 | |