Habib Rahmat -She’rlari
DIL SO‘ZLARI Oq kaptarim chiroyli, Ko‘k kaptarim chiroyli. Tinchlik qushi deydigan Dil gaplarim chiroyli. Ko‘k toqida charx ursa, Bir dasta gulga o‘xshar. Quyosh boshida kulsa, Bir hovuch nurga o‘xshar. Parvoz aylang elma-el, Qanotingiz tolmasin. Yer yuziga „tinchlik" deng, Eshitmagan qolmasin. HAR DALANING... Har dalaning o‘z fayzi, Tarovati boshqadir. Mehnat qilgan qo‘llarga Saxovati boshqadir. Oyning ipak nurlari Dalalarga quyulgay. Quyosh bergan harorat Yerga darmon tuyulgay. Qattiq yerni qazilab Yurgan dehqon bobomdir. Kuzda to‘kin hosili Dala tutgan in’omdir. Dalam, Bobom bag‘ri keng, Dilda zo‘r niyat banddir. Begona o‘t o‘smasin Ishtiyoqi balanddir. Harakatda — baraka, Bobom naqli yodimda. Shunday ishlar qilayin Bari hali oldinda. MEN HAM... Mening oyim ish qilarlar Pishiq-puxta, sarishta. Maqtashadi tengqurlari: „Bu ayol bir farishta". Ishtiyoqda tinglar odam, Gap-so‘zlari bir mayin. Kattani ham, kichikni ham Sizlaydilar birdayin. Kulsalar-chi, yuzlaridan Nurmi, gulmi yog‘ilar. Men ulaming qizlariman, Biram o‘xshagim kelar. BULOQ Tuma ko‘zli buloqcha Qaynab yotar biqirlab. Qaynar-u toshib ketmas, Kulgan bo‘lar qiqirlab. Tamovchadan yo‘l ochib, Oqib-chopib ketadi. Bog‘ni qo‘msar, u tomon Yoilar topib ketadi. KURASH Mard lochinga hujum qildi Bir to‘p quzg‘un — bosqinchi. Yakka lochin olishardi Ketmasin deb tog‘ tinchi. Dedilarki: „Ular ko‘pdir, Chekil yoki bo‘l taslim". Sado keldi: — Taslim bo‘lish Mening uchun bu o‘lim. Or qilaman kesak kabi Sekin-asta nurashdan. Men lochinman, yengilsam ham Kurash bo‘lsin kurashday. AFRIKALIK YO‘LBARS Yo‘lbars yurar qafasda, Ko‘rdik dadam, Men, G‘ayni. Hazil qildilar dadam: — Ishlar qalay, og‘ayni? Yo‘lbars parvo qilmaydi, Ukam sekin jilmaydi: — Afrikadan kelgan u, Tilimizni bilmaydi.
| |
Просмотров: 1350 | |