Habib Sa’dulla-She’rlari
AGAR SEN... Agar sen noraso bo‘lsang, Bu olam noraso senga, Hayotga noravo bo‘lsang, Hayot ham noravo senga. Bu dunyo kori shundoqkim, Topursan har ne izlarsan, Agar sen oshino bo‘lsang Bo‘lurlar oshino senga. Mehr, lutfu sadoqat - do‘stu Yorlikning buyuk sharti, Agar sen bevafo bo‘lsang, Ular ham bevafo senga. Qidirma o‘zgalardan sahv kim, Sahv ichra botgaysan, Agar sen sahv etib otsang, Oturlar bexato senga. Hayoli, pok odam hargiz Birovlar ustidan kulmas, Agar sen behayosan, el Ko‘ringay behayo senga. Seni bu nurli olamga Nur ulashmokkd keturmishlar, Agar qalbing basir bo‘lsa, Yorug‘ kun ham siyoh senga. Yorug‘ kunlar umidida, Habib, Umring o‘tib borgay, Shukurkim, yaxshilar mehri Ravo senga, davo senga. SIZDAN SADO Kuldi bahorim Siz tomondan Sho‘x sabo kelgan kuni, Ul sho‘x sabo qanotida Dildor navo kelgan kuni. Dildor navo bilan bahor Og‘ushiga olmish meni - Dildor navo ohangida Sizdan sado kelgan kuni. Shu bir shirin sado bilan Lutf etdingiz Hotam sifat, Poyiga tillo to‘kdingiz, Go‘yo gado kelgan kuni. Go‘yo gado kutgan edim Shirin sadongiz xasta dil, Olam munavvardir, mana, Unga davo kelgan kuni. Unga davo baxsh etdingiz Holin so‘rab, donoginam. Yuz yil uzaydi umri ham Ahdga vafo kelgan kuni. Axdga vafosiz hurmati, Mehri ziyosi hurmati, Boshimga toj aylay, Habib, Nozik ado kelgan kuni. KO’CHAMDAN JONON O’TGANDA Taralgay mushk ila anbar, Ko‘chamdan jonon o‘tganda, Izida tuproq o‘lgay zar, Ko‘chamdan jonon o‘tganda. Boshiga soyabon bo‘lmoq Umidida oshib devor, Butoqlar ta’zim aylarlar, Ko‘chamdan jonon o‘tganda. Devorga jon ato etgay, Vale toshlar erib ketgay, Agar bir bor nigoh aylar Ko‘chamdan jonon o‘tganda. Jamolini tamosho qilg‘ali Chiqqach, devor o‘lsam, Kular holimga majnunlar, Ko‘chamdan jonon o‘tganda. Boshimga yog‘sa ham g‘avgo, Ishim yo‘l poylamoq, ammo Nigoh solmay etar battar Ko‘chamdan jonon o‘tganda. Tikibsan yo‘lida jonni, Habib, bas, noumid bo‘lma, Tun ortidan kelur kunlar, Ko‘chamdan jonon o‘tganda. O’RTAMIZDA Qolsa derdim o‘rtamizda zora gap, Bo‘ldi-ku el ichra, yor, oshkora gap. Bilmayin bir kun dahandan chikdi-yu, Har qulokda yangradi nog‘ora - gap. Bitta nozik gap edi ul aslida, Har ogizda shishdi-ku, bechora gap. Sizni oppoq ayladi yurt ichrakim, Bizni qilmish, voajab, qop-qora gap. Ne ajab, bo‘lmish g‘animlarga qurol, Etgali oshiq dilim sadpora gap. Dilda turganda muqaddas ganj edi, Tilga chiqqach, etdi ko‘p ovora gap. «Gap»ni yozdim gapchidai bezor bo‘lib, Qolsa endi o‘rtamizda zora gap.
| |
Просмотров: 1724 | |