Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

Турецкие Стихи

Пятница, 22.11.2024

Safo Ochil (1942-2009)-She’rlari
KO‘KLAM QO‘SHIG‘I

Momaqaldiroq
Arava qo‘shib,
Tog‘lar ustidan
Kelmoqda tushib.
Olam yarqirar,
Yo‘qdir qiyosi.
Jaranglab ketdi
Yomg‘iming sasi.
Yomg‘ir yog‘moqda
Shitir-shitirlab.
Ko‘klam qo‘shig‘in
Aytar shivirlab.
Giyohlar bilan
Bo‘lmoqqa sirdosh.
Bulut ortidan
Entikar quyosh.
Shamol uyg‘onib,
Yela boshladi.
Maysalarni u
Silay boshladi.
Haydab ketmoqda
Bulutni shamol.
Maysa va quyosh
Ko‘rishar visol.


OQSHOM

Tun. Uxlar qishloq.
Ko‘z yummay uni
Allalar buloq.
Bizning yulduzlar,
Buloqlarda-yey
O‘zlarin izlar.
Buloq kuylaydi,
Ichida yulduz
Sakrab o‘ynaydi.
Kuylayman kuyin,
O‘rganaman men
Yulduzdan o‘yin.
Quvonib juda,
Otdim umbaloq
Buloq boshida.
Kuylayman to‘lib,
Tog‘lar ham kuylar
Menga qo‘shilib.
Tog‘lar sadoli
Bag‘ri naqadar
Kayf-u safoli!
Tun. Uxlar qishloq.
Ko‘z yummay uni
Allalar buloq.


QUSHLAR QO‘SHIG‘I

Daryo bo‘yidan
Qo‘shiq taralur.
Voham orzusin
Eshib taralur.
Kim kuylamoqda
Muncha umidvor?
Ko‘nglim ochilar,
Hoy, ayting, kim bor?
Hech kim yo‘q ekan,
Mundoq qarasam.
Daryo betida
Titroq, qarasam.
To‘lqin bu, to‘lqin,
Kuylarkan, ana.
Qushlar qilmoqda
Ko‘kda tantana.
Qo‘shiq aytmoqda
Sofdil qushlarim.
Turfa kuylarga
To‘lmoqda bag‘rim!


SOYAM BILAN O‘YNAYMAN

Soyam bilan
O‘ynardim quvnoq.
Men singari
U ham xushchaqchaq.
Yursam, yurar,
Qiziq qilmishi.
Tursam, turar,
Ermakdir ishi.
— Ey, soyajon!
Qilmagin ermak.
Shunday qilsang,
Do‘stmassan, demak.
O‘yin yo‘lin
Aytsam-da bir-bir.
Bilganidan
Qolmas baribir.
„Po‘m" desam-da,
Ergashib kelar.
Undan odam
Qanday qutular?!


KUNGABOQAR

Kungaboqar muloyimdir,
Uyati bor.
O‘ziga xos qiziq, ajib
Odati bor —
Tunda yerga, kunduz esa
Kunga boqar.
Shu boisdan yer-u kunga
Birday yoqar.
Qomi to‘ygach, „yig‘ib olar"
U esini.
Quyoshga ham ko‘rsatadi
Yelkasini.


QAYIQ

Bir bolakay qamish bargidan,
Chiroyli bir qayiq yasadi.
Orzu, uyi shunda mujassam,
Uni yelkan bilan bezadi.
Tezkor oqib turgan ariqqa,
Uni asta qo‘yib yubordi.
Toiqin olib qochdi qayigin,
Bola esa yigiab turardi...


OXIRGI SO‘ZLAR

Sarg‘aygan barglar
Yerga to‘kildi.
Go‘zal chiroyi
Zum o‘tmay soidi.
Kimdir yoqipti —
Barglar jizillar,
Yonib chiqmoqda
Oxirgi so‘zlar...


YARADOR QUSHCHA

1

— Oyi, oyi, oyijon,
Bugun qiziq tush ko‘rdim.
Birdan chiqazib qanot,
Osmonda uchib yurdim.
Xuddi shu hozirgidek,
Qo‘llarim ham bor emish.
Bir qushchani otdilar,
Shunda qo‘llar berdi ish.
Ushlab qolib qushchani,
Uyasiga yotqizdim.
Yaralarini bog‘lab,
Tongni birga otqizdim.
Chiyillardi bechora,
Yotar edi tovlanib.
Yig‘lab-yig‘lab oxiri
Mana, qoldim uyg‘onib.
Tushdagidek ne uchun,
Uchib yura olmayman?
Yarador qushchamni men
Nahot ko‘ra olmayman?

2

O‘yinqaroq bir bola,
Qoshi baroq bir bola.
Sopqonidan otib tosh,
Qush ko‘zidan to‘kdi yosh.
Qulab tushdi qushchajon,
Tipirchilar chalajon.
Armon qilar qushchajon,
Shavqat kutar qushchajon.
Olib qochdim mushukdan,
In tuzatdim yashikdan.
Yarasini boyladim,
Xavfsiz inga joyladim.
Don-dun berdim har kuni,
Holin so‘rdim har kuni.
Tuzalgach asta-asta,
Zerikdi u qafasda.
Qolgan kabi armonda,
Uchsam derdi osmonda.
Uni yaxshi ko‘rardim,
Darrov qo‘yib yubordim.


XAZONLARNI SUPURMANG

Yaproq daraxt shoxida,
Tabiatning bezagi.
Rangi somon, kelganda —
Fasllaming kuzagi.
Daraxt shoxida chog‘i,
Odamlar ko‘nglin xushlar.
Yerga qulasa, farrosh
Chetga supurib tashlar.
Xazonlami supurmang,
Farrosh xola, iltimos.
Xazonlar ham chiroyli,
Ko‘rsin uni keksa-yosh.


ILON VA TIPRATIKAN

Vishillardi Ilon:
— Yolg‘iz shu o‘zimga,
Ishoning so‘zimga,
Bo‘ysunar izmimga.
Qo‘rqishadi mendan
Hatto Sher, Arslon.
Qancha yostiqlarni
Bir-birdan quritdim.
Yodimga ne kelsa,
Amrimni yuritdim.
Boshin qaltiratib,
Vishillardi Ilon.
Shu tob quyrug‘idan
Sekin yeb boshladi
Oddiy tipratikan...


TUYA VA KUCHUK

Bir chekkada yolg‘iz,
Baxtliman deya,
Yantoq yeb turardi
Beozor tuya.
Kuchukcha hurardi,
Do‘q qilib unga.
Tuya dedi: — Nega
Hurasan menga?
Kuchuk javob qildi:
— Bu mening ishim.
— Baribir qo‘rqmayman.
— Bu sening ishing.
Категория: SMS SHERLAR, SEVGI HAQIDA SHERLAR (21.10.2013)
Просмотров: 1286 | Рейтинг: 0.0/0