Odil Abdurahmon-She’rlari
TAROQ Ishlariga yaradim, Sochlarini taradim. Bilib qilsam ishimni, Sindirdilar tishimni. JO‘XORI Jo‘xoriman, Jo‘xoriman. Sizdan bo‘ydor Yuqoriman. Qo’ltiqlagan Bolalarim, Yeb qo‘yishdi Xolalarim. LOLA Odamlardan Qochdim men. Tog‘da ko‘zim Ochdim men. Topib olib Kulishdi, Chiroyli deb Yulishdi. JAG‘-JAG‘ Men jag‘-jag‘man. Jag‘-jag‘man. Bahor bilan Chog‘-chog‘man. Odamlar Suyib turib, Boshimdan Tuyib turib, Barg-badanim Chopdilar. Somsa qilib Yopdilar. QUYOSHNI YUMALATIB Don orqalab qumursqa, Majol qolmay yurmakka — To‘xtab qoldi duch kelib, Ko‘z yoshiday ko‘lmakka. Qumursqa der: — Qanday koi, Bu yoilarda yo‘q tartib. Quritmoqqa kelsammi, Quyoshni yumalatib. NON Bug‘doy nonman, Oppoq ko‘pgan. Peshanamdan Dehqon o‘pgan. Terib yegin, Tushsa ushoq. Men GERBda, Oltin boshoq. O‘ZBEK ELIM O‘zbek elim, Bek elim. Senga nasib Erk elim. Peshanangga Nur tegib, Kamol topgin Baxt emib. O‘zingning o‘z Tug‘ing bor, Mustaqillik Cho‘g‘ing bor. Bobom Temur Suygan xalq, Dunyo uzra Yayrab balq. O‘zbek elim, Bek elim, Senga nasib Erk elim.
| |
Просмотров: 993 | |