So'fi Olloyor (1644-1724)
Dil - g'amin, xotir - xazin, tole' - qaro, peshona - sho'r, Qo'l - qurug', matlab - uzoq, dushman - yaqin, jonona - dur*. Yor - tolib, ishqi - g'olib, xasb - mone', sabr - oz, Dahr - purkulfat, jafo - ko'b, lutf - kam, rahmat - vo'fur. Zod - aqal, sensiz - kasal, hajmi havo - tavli amal, Yuz - taaluq, ming - ilal, g'am - benihoyat, g'ussa - zo'r. Ich - tugun, holat - zabun, hosil - havas, savdo - jabun, Yo'l uzun, a'do - fuzun, etmak - gumon, ketmak - zarur. Umr - gustu pesha sust,xavf - Hotam, g'am - no'xust, El - kuchuk, yuk - nodurust, vodiy - xatar, az man futur. Fe'l - chab, g'aflat - ajab, g'ussa - maishat, g'am - tarab, Til - suchuk, sar - munqalib, zohir - vara', botin - fujur. Chashm - tar, ruxsora - zar, xuni jigar - ohi sahar, Kosh, bul fan birla, Olloyor muztar bo'lsa ko'r. * * * Jon agar hamsuhbati tandur, jahonda g'am yema, Bul aziz mehmon borinda g'ussai olam yema. Bir qarishlik yo'lga kirsang, qo'yma beyo'ldosh qadam, Bir maviz ollingda hozir bo'lsa, behamdam yema, Ikki kunlik lazzati dunyoyi bepoyon uchun Fikr etib g'am tu'masini, ey bani Odam, yema, Tangdast o'ldum deb, Olloyor, ko'b fikr etmag'il, Yuz nadomat birla olamdin ketarsan, g'am yema. * * * Ey, xush ul umreki, o'tsa bir necha shaydo bilan, Tanlari xalq ichra bo'lsa, dillari mavlo bilan. Bag'ri biyron, ko'zlari giryon yoronlarni qo'yub, Hayf o'shal umreki, o'tsa biznidek rasvo bilan. Jon fidoyi ul birodarkim, bu dunyo mulkidin Ko'rmasa bir pul yuzini, o'tsa istig'no bilan. Ajdaho birlan to'qush qilg'on kishini er demang, Er o'shal erdurki, tursa bandalik tamg'o bilan. Toki, Olloyor, istarsan tiriklik izzatin, Qoch o'shal tandinki, fikri bo'lmasa tanglo bilan. * * * Hojatim uldur, xudoyo, po ishim bosh aylasang, Munda tavfiq, onda imonimni yo'ldosh aylasang. Ilkima bersang asoyi himmat, og'zima sano, Ko'ngluma ishq otashin solsang, ko'zum yosh aylasang. Bor umidim: gardi isyonimni yuvg'ay obi afv, Varna yo'qdur chorasi qora tosh aylasang. Chehrai jurmimni yopg'il pardai ismat bilan, Onda mushkuldur gunohim xalq aro fosh aylasang. Garchi Olloyor erur noqobilu nomustaqim, Lutf etib bir murshidi komilg'a yo'ldosh aylasang. * * * Teshti ko'ksum, ezdi bag'rim dog'i hijronim mani, Bu olamda muncha g'amda chiqmagan jonim mani. Dilda sabrim, yuzda sharmim, boshda hushim qolmadi, Ko'zda yoshim, rangda qonim, tanda darmonim mani. Dardga to'lsam, g'amda so'lsam, telba bo'lsam ishqida, Hasratida mundog' o'lsam, yo'qdur armonim mani. Holatim bad, hasratim behad, fig'onim be'adad, Qil madad mandek yiqilg'on qulga sultonim mani. G'ussai dil, qissai mushkulg'a qoldim oyu yil, Obu gil ichra xijil qolg'on tanu jonim mani. Aytur Olloyor yig'lab zori haf laylu nahor, Tiyri ishqi yor to'ksa koshki qonim mani. MUNOJOT Xoliqo! Qoyilman o'z nuqsonima, Ko'b jafo qildim o'zumni jonima. Zoti pokingdan inoyat bo'lmasa, Hech ishonchim yo'q amal qilg'onima. Xoliqo! Qildim faoli kundani, Qilmog'il rasvo mani - sharmandani. Sen agar rahmat niqobin yopmasang Aybi ko'b,nuqsoni ko'bdur bandani. Xoliqo! To'ktum ibodat tosini, San tuzarsan bandani kam-ko'sini. Qo'llaring bulg'onsa isyon loyig'a Oqizursan mag'firat daryosini. Xoliqo! Qildim gunohi beadad, Jon berar holatda san bergil madad. Nafsi shayton ilkidin qutqormasang, Bo'ldi mushkul holimizg'a,yo ahad! Xoliqo! Yo avvalo,yo oxiro, Nafsi shayton jonima bo'ldi balo. Garchi Olloyor O'tarchidur yomon, Qo'ymog'il dushman qo'lida mubtalo. Xoliqo! Tutdim farog'at xobini, Istadim doyim jahon asbobini. Garchi Olloyor erur g'arqi gunoh, Och ango o'lganda rahmat bobini. Xoliqo! Umr ayladim foniy bilan, Endi bandang zor yilor joni bilan. Garchi Olloyor erur zoru zabun, Jonin ol niri imoni bilan. Xoliqo! Poishlarim bosh aylasang, Xirmani rahmat mango chosh aylasang. Munda tavfiqim,chirog'im qo'lga ber, Onda imonimni yo'ldosh aylasang. Xoliqo! Afv ayla o'tgan yoshima, Yaxshi qullarni ato qil qoshima. Go'r ichinda kelsa ikki so'rg'uvchi Onda sen rahm ayla yolg'uz boshima. Xoliqo! Diydamg'a ashki zori ber, Ko'ngluma doim muhabbat yori ber, Obi kavsardin mani serob etib, Ham mang'a ko'pruk o'tarda yori* ber. Xoliqo! Lutf et gadoyi zoring'a, Bandadurman,zorman har bir koring'a. Mag'firat daryosig'a g'arqob etib, Ko'zlarim shoyasta qil diydoring'a. Xoliqo! Tuz aylagaysan rohimiz, Mustajob etgil duoi ohimiz. Tongla hayron bo'lsa xalq o'z holig'a, Mustafoni qil shifoatxohimiz. TO'RTLIK Odamiyning qadri yo'q bir yerda yurganda omon, Qadr o'tar ammo judolig' bo'lsa sandin begumon. Garchi Olloyor O'tarchidur, erur ul ham yamon, Oning ham qadri o'tar bir nechag'a o'lgan zamon.
| |
Просмотров: 1190 | |