Rustam Nazar-She’rlari
O‘RIMDAN SO‘NG Quyosh botdi, shom cho‘kib Bug‘doyzorni yashirdi. — Uyga qayting! — deb otam Bizni qistab, shoshirdi. Eshakda kim jo‘naydi? — Boisa hamki u yuvvosh — Nimagadir xo‘mrayib, Akam keskin tortdi bosh. Darrov mindim eshakka, Yo‘q uyatli bir joyi. Ovul tomon yo‘rttirdim Qilganimcha xirgoyi. Akam qoldi orqada, Qadamlari edi sust. Yayov yurgandan ko‘ra, Eshak mingan ham durust! VATAN TUYG‘USI Nedir Vatan tuyg‘usi? — Emas mavhum tushuncha. Ma’nosini anglaymiz, No‘noqmasmiz biz uncha! Muallimning qoiida Gazeta-yu kitoblar. — Yurtni sevmoq iymondan! — Deb qiladi xitoblar. Misollarni keltirgay Goh hadis, goh Qur’ondan. So‘zlar buyuk zotlaming Dilidagi surondan! Har ibora — hikmatli, Har ibora — murakkab. Ba’zan mag‘zin chaqolmay G‘ulu tushar yurakka. Kimdir aytgan mashhur gap Darsda kelmas xotirga — O‘xshamaymiz yurtparvar Va fidoyi botirga! Muallimga qaraymiz Javdiragan ko‘z bilan. Qoniqmaydi gapirsak O‘zimizning so‘z bilan! Nedir Vatan tuyg‘usi? — Xayollarga tolarmiz. O‘zgalarning fikrini Aytib maqtov olarmiz!... YERDAGI QUYOSH Jingalak soch qizaloq, Dilda ortib jur’ati — Asfalt yo‘lka yuziga Chizdi quyosh suratin! Mamnun edi ishidan, Ko‘zlarida zavq, surur, Qanday yaxshi, yerda ham Tursa quyosh sochib nur! Shoshiladi qaygadir Ola-bula xaloyiq. Boqmas oyoq ostiga: Yuki og‘ir, vaqti ziq! Yomon ekan loqaydlik, Sodir bo‘ldi ayanch hol — Uning jajji quyoshin Toptashmoqda bemalol! Xafa edi qizaloq, Jim turardi bir yonda. Yaxshi hamki odamlar Yurishmaydi osmonda! Yo‘qsa, shoshib beparvo, To‘rxalta-yu qop tashib — O‘tishardi haqiqiy Quyoshni ham toptashib!... GULLAGAN OLCHA Olcha sevar gullashni, Yashnab erta bahorda — Ziynatini olamga Ko‘z-ko‘zladi nahorda! Shamol esa qasdlashib, Bilgani yo‘q haddini — To‘kdi uning gullarin, Egib zaif qaddini! Zabun edi ahvoli, Ko‘rgan afsus etardi. Axir, asray olmasa, Olcha gullab netardi?! QALTIS O‘YIN Bu dunyoda eng ashaddiy Ikki rang bor — qora va oq. Ular raqib azaldan ham, Orasida yo‘q ittifoq. Jang qilishar bemurosa Ta’qib aylab, rahna solib — Bir-birini ayashmaydi Chiqish uchun mutlaq g‘oIib. Boshqa ranglar — tomoshabin, Qaltis o‘yin ishqibozi. Gij-gijlashar ikkovini Durangga hech bo‘lmay rozi!
| |
Просмотров: 1016 | |