Mahkamboy Umarov-She’rlari
TURNALAR Quvnatar turnalar parvozi, Bir xilda saflarin uzmasdan. Janubga yo‘l olar shu zayl, Sira ham qatorni buzmasdan. Nazdimda tumalar ko‘k toqin, G‘ubordan tozalab, artibdi. Bu qushga yarashgan fazilat, Juda ham odobli, tartibli. Jahonda qush zotin turi ko‘p, Barchasi qatorin to‘ldirmas. Turna-chi, hamjihat, shu bois, Qatordan hech birin qoldirmas... KAPALAKLAR Oq kapalak, sap-sariq, ko‘k kapalak, Ranglari turli-tuman, ko‘p kapalak. Atirgulning hididan rohatlanib, Uchib, qo‘nib o‘ynaydi to‘p kapalak. Chechaklarga bag‘ishlar hayotini, Gulga aytar qo‘shig‘i, bayotini. Aytganday, qaysi rassom bo‘yar ekan, Turfa xil kapalaklar qanotini?.. BIZNING ELDA Aytayin bir shukurchilik, Kun ham bugun rosa qiziq. Ko‘zlarimdan yosh oqizdi, Piyoz kessam suti chiqib. So‘zimni kim tinglar ekan: Toshkent degan — qut-barakam, Bizning elda sigir tugul Piyozda ham sut bor ekan. KIM BO‘LASAN? — Kuchuk, sen kim bo‘lasan o‘sib-unsang? — It bo‘laman haddidan oshmaydigan. — Qulluq, sen-chi? — Ot bo‘laman qing‘ir yo‘lni bosmaydigan. — Jo‘ja, sen-chi? — Xo‘roz bo‘lgum bemahal qichqirmaydigan, — Xo‘tik, sen-chi? — Eshak bo‘lgum o‘rinsiz hayqirmaydigan. — Uloq, sen-chi? — Serka bo‘lgum hech kimni suzmaydigan. — Qo‘zi, sen-chi? — Menmi, axir qo‘y bo‘laman O‘zidan ulug‘larni sizlaydigan...
| |
Просмотров: 913 | |