Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

Турецкие Стихи

Пятница, 22.11.2024

Umida Abduazimova
KENGURU

Hayvonot bog‘ida bir
G‘alati do‘stimiz bor.
Egnida qora, qo‘ng‘ir,
Savlatli po‘stini bor.
Uning qoilari kalta.
Oyoqlari uzundir.
Qomida esa xalta,
Dumi tizim-tizimdir.
Xaltaga bolasini
Solib yurar Kenguru.
Bolangizni seving, deb
O‘rnak bo‘lib turar u!


O‘RGATARLAR

Qushlarga eng birinchi
Uchishni o‘rgatarlar.
Sichqonlarga mushukdan
Qochishni o‘rgatarlar.
Xo‘rozlarga qichqirish,
Cho‘qishni o‘rgatarlar.
Bolalarga birinchi —
O‘qishni o‘rgatarlar.
Katta bo‘lgach, albatta,
Qushlar uchishi kerak.
Mushuk yeb qo‘ymasin, deb
Sichqon qochishi kerak.
Hamla qilgan dushmanni
Xo‘roz cho‘qishi kerak.
Bolalar-chi, albatta
Aio o‘qishi kerak.
A’lochi o‘quvchilar
Bilimdondir, bilimdon!
A’lochi o‘quvchidan
Talabimizni bilib ol!
Hamma fandan „besh" olib,
Xulqini „besh" qilmasa,
G‘ayratni ishga solib,
Yurakdan ish qilmasa.
Mensimasa do‘stlarin,
„A’lochiman", deb agar,
Bunday „a’lochi"lardan
Kechmoqlik shart muqarrar!
Yolg‘izlangan „a’lochi",
Ayting, kimga qo‘shilar?
Garchand kundaligiga
Har kuni „besh" qo‘shilar.
Qo‘shilmaydi bolalar
Unday a’lochilarga.
Faqat o‘zini o‘ylab,
O‘ziga „besh" tilarga!


BIR BOLA BOR...

Bir bola bor,
Bir so‘zli.
Oyoq-qo‘lli,
Qosh-ko‘zli.
Bir ish qilsa,
Tolarmish,
Chunki u „yosh
Bolamish..."
Ish buyursang,
Chap berar.
Ammo o‘zi
Gap bilar:
Olib qo‘ying,
Timog‘imni.
Yuvib qo‘ying,
Oyog‘imni.
Kiygizing,
Paypog‘imni.
Kiygizing,
Qalpog‘imni...
Tugmachamni
Taqib bering...
Yong‘og‘imni
Chaqib bering.
Tufligimni
Artib bering...
Bu bola kim?
Aytib bering...


QULOQ

Hojiakbar cho‘zilib,
Qizargan qulog‘ini.
Ushlagancha o‘y surib,
Takrorlar so‘rog‘ini:
Nega odam qulog‘i
Tekis emas, burishqoq?
Dazmollasam, dars chog‘i
Eshitarmi yaxshiroq?..


BARNONING QO‘G‘IRCHOG‘I

Baraoning qo‘g‘irchog‘i
Doim kulib turadi.
Bamo bo‘lsa arazchi,
Qovoq solib turadi.
Barnoning qo‘g‘irchog‘i
Yig‘lash nima, bilmaydi.
Bamo qiz bir yigiasa
Hech ovutib boimaydi.
Bamoning qo‘g‘irchog‘i
Kiyim talash qilmaydi.
O‘yinchog‘-u argimchoq —
O‘yin talash qilmaydi.
Barno boisa qizg‘anchiq,
Hech narsasin bermaydi.
Yoki o‘zi ham o‘ynab
Bunday kulib yurmaydi.
Bamoning qo‘g‘irchog‘i
Baribir kulaverar.
Arazchi va qizg‘anchiq
Qizning adabin berar.


MUHABBAT

Muhabbat oilaning
Kenja qizi — shirini.
Nega bunday ekanin
Aytib beray sirini.
Akasi-yu opasi
Ketishgach o‘qishiga,
Yordamlashar yo‘q demay
Buvijonin ishiga.
Chelakchada suv sepib,
Hovlini supuradi.
Tuproqning nondek isi
Dimoqqa ufuradi...
Dastro‘molini yuvib
Quritadi so‘rida.
Buvisi esa maqtar
O‘tirib uy to‘rida.
Zeriktirmasdan hatto
Qo‘shiq aytib beradi.
Buvijoniga yoshlik
Paytin qaytib beradi.
Ulgurar qo‘g‘irchog‘in
Allalab uxlatishga.
Hatto gazga choy qo‘yar
Oyijoni qaytishga!
Hammani qarshi olar
Bir-bir „salom", „salom"lab.
Erka qiz bo‘lib qolar
Dadasini achomlab...
Категория: SMS SHERLAR, SEVGI HAQIDA SHERLAR (21.10.2013)
Просмотров: 1308 | Рейтинг: 0.0/0