Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

Турецкие Стихи

Пятница, 22.11.2024

Hamza Imonberdiyev (1954-1997)
KIRPITIKAN

Barglar chirt-chirt uzilib,
Sho‘ng‘ib ketar har yonga.
O‘xshar go‘yo mushukdan
Qochgan sariq sichqonga.
Barcha qush va jonzotlar
Qish g‘amida ushbu choq.
Olmaxon yong‘oq g‘amlar,
Pana joy izlar Maymoq.
Yashar faqat bir kirpi
Boshqa bir tashvish bilan.
Tinmay izg‘ir qaygadir,
Band qandaydir ish bilan.
Qiziqsinib bir kuni
Baqa to‘xtatdi uni.
Dedi: —Hoy, kirpitikan,
Javob bergil so‘roqqa,
Har kuni leykang bilan
Shoshilasan qayoqqa?
—E, qo‘shni, bu sayyohlar
Rosayam tegdi jonga.
Ermakka gulxan yoqib,
Xavf solishar o‘rmonga.
Shunga bo‘lib ko‘z-quloq,
Yuribman kun kechirib —
Ular yoqib ketishgan
Gulxanlarni o‘chirib...


CHANOQVOY

Chanoq besh barmogida
Paxtani ushlab turar.
Teruvchini baholab,
Ko‘nglini hushlab turar.
Bir tola ham qoldirmay
Toza tersang qancha sen,
Aio qo‘ydim deganday
Ko‘rsatar besh panjasin.


BIR SO‘Z

Men Loladan xafaman,
Boshqa o‘rtoq topaman.
— Shaddod, — degan so‘zimga,
Qarab turib ko‘zimga,
Dedi qasddan:
— Bilvol, san
Badbashara,
Xumboshsan!
Shunchalik aybim ko‘pmi?
O‘zida-chi, ayb yo‘qmi?
Bo‘ldi, undan xafaman,
Boshqa o‘rtoq topaman.
Neki bersa oyimiz
Boiib yerdik doim biz.
Ranjitsa uni birov,
O‘ch olar edim darrov.
Uni do‘stim degandim,
U deb kaltak yegandim.
U boisa bitta so‘zga,
Qaramay yuz-u ko‘zga
Shuncha gapni to‘qidi,
Bitta do‘stim yo‘q endi...
Men Loladan xafaman,
Boshqa o‘rtoq topaman.


URUSHQOQLAR

Qoida yog‘och-avtomat,
„Urush-urush" o‘ynaymiz.
Kalishlar — granata.
Bir-birimiz poylaymiz.
Goh ko‘krakka uramiz:
— Dushmanga yer yo‘q, — deb.
Goh yuztuban qulaymiz,
Naq yurakdan „o‘q" yeb.
Ba’zida chinqiramiz:
— Paq-puq, otdim, yiqil, — deb.
Dushman tan olmas: — O‘qing
Qiyshiq ketdi, — nuqul deb.
Hamma bola o‘yinda
„Jang" qiziydi tobora,
Faqat Nodir raketa
Yasash bilan ovora.
— Urushqoqlar ichida
Yashab netaman,— der u.
— Olis sayyoralarga
Uchib ketaman,— der u.
Buni eshitib bizlar
Darrov uni o‘raymiz.
— O‘zing bilan bizni ham
Ola ket, — deb so‘raymiz.
Rozi bo‘lar do‘stimiz:
— Chiqinglar, — deb imlaydi.
— Biz kashf etgan sayyora
Urush nima bilmaydi!


VAQTNING HAJMI QANCHA?

O‘ylab ko‘rsam, vaqt degan
Rezinali to‘rxalta,
Neki tiqsang ichiga
Sig‘averar, zo‘r xalta.
Masalan, bir soatda
Nimalar qilish mumkin?
Kitob, gazeta o‘qish,
Samokat minish mumkin.
Do‘sting bilan urishib,
Mumkin hatto yarashish.
Tort yeyayotgan ukangga
„Yordamlashish", „qarashish",
Alg‘ov-dalg‘ov qilib so‘ng
Mumkin yigish uy ichin.
Ko‘chirish mumkin hatto
Telefonda uy ishin.
Ha, shulaming bariga
Bir soatgina darkor.
Bir kunda bir soatdan
Yana, eh, qanchasi bor.
Harakat zo‘r bo‘lsa, vaqt
Rezinali to‘rxa!ta.
Neki tiqsang ichiga
Sig‘averar, zo‘r xalta!


OLAMOSHIM

Tokchadagi qaymoqdan
Ko‘tarmay sira boshin,
Ichayapti qarasam,
Uyalmay Olamoshim.
Avvaliga „pisht" deb bir
Quvmoq bo‘ldim-u, biroq
Rahmim kelib negadir
Tikilib qoldim uzoq.
Quloqlarin chimirib
Ichar edi bir mayin.
Beparvoligim sabab
Qomi ochgani tayin.
Oyoq uchida asta
Chiqib ketdim hovliga—
Bir gal qaymoq yemasam
Yemabman-da, mayliga.


QO‘POLLIK

Afsus, qo‘pollik qildim,
Akam urdi do‘q,
— Bor, ko‘zimga ko‘rinma,
Hech keraging yo‘q!
— Bilmay qoldim, ishoning,
Aka, so‘zimga.
— Bas, dedim, bas, ko‘rinma
Endi ko‘zimga.
O‘tib ketdi bunday so‘z
Jon-u tanimdan.
Ko‘zlarimga to‘lib yosh
Ketdim yonidan.
Ko‘rinmayman ko‘ziga,
Bo‘pti, ketaman.
Yolg‘iz akam toshmehr,
Bunda netaman?!
Ha, ketaman bir o‘zim,
Bosh oqsa qayga.
Balki sharga osilib
Uchaman oyga.
Balki minib G‘irko‘kni
Jangga kiraman.
Yog‘och qilichim sermab,
Yovni qiraman.
Dushman bilan solishib,
O‘larman oxir.
Nima qila olardim
Akamsiz axir.
Kelib qabrim boshiga
Akam bosh egar.
Kechir meni, uka, deb
Balki yosh to‘kar.
Hech kim nobud bo‘lmagan
Mening yoshimda...
— Uka!
Boqsam turardi
Akam boshimda.
Xayollarim har yoqqa
Sochilib ketdi.
Xufton dilim charaqlab
Ochilib ketdi.
Akam bo‘lsa yonimda
Quvnab ketaman.
Shunday akam turganda
Oiib netaman?!


TURNALAR

Dovul turib dengizda
Havo tamom buzildi,
Kechga borib turnalar
Safl bexos uzildi.
Qolib ketdi bir turna
Dosh berolmay jalaga.
Qirrovlari yetmadi
Bee’tibor galaga.
Xavotirda onasi
Safdan chiqar qayrilib.
Qayoqqa ham borardi
Dilbandidan ayrilib.
Qushlar charchab-horigan,
Tugab borar kuch-sabot.
Tortmoqchiday domiga
Toiqinlar sapchir bot-bot.
Azoblardan qushchaning
Ko‘zlarida yosh qotdi.
—Chidolmayman, onajon,
Qanotlarim tosh qotdi.
Netardi onayizor
Yuragin o’rtar bu sas:
—Yana biroz sabr qil,
Sabr qil, bolam, birpas.
Ko‘p o‘tmay ufq bo‘zarib
Jala ham tindi asta,
Alg‘ov-dalg‘ovli borliq
Tinchib qoldi birpasda.
Yotar dengiz yastanib,
Na boshi, na cheki bor.
Dengiz uzra tumalar
Uchib borar bemador.
Shu choq olisda yolg‘iz
Kema ko‘zga chalindi.
Shod qirrovlab turnacha
Onasiga yalindi:
— Uchaylik o‘sha yoqqa,
Tog‘-qoyaga o‘xshaydi.
— Yo‘q! yo‘q! Bu — suzar orol,
Qanotsizlar yashaydi.
Ular haqda avlodlar
Biror xush so‘z aytmagan.
Ularga yaqinlashgan
Hech vaqt omon qaytmagan.
Yo‘q, quloqsiz turnacha
Ilmayin ona so‘zin,
Uchib ketdi suzuvchi' —
Oroldan uzmay ko‘zi».
Ona tuma qirrovi
Ko‘kni tutar bu damlar:
— Ojizlarmiz,
sizlarga
Insof bersin,
odamlar!
Категория: SMS SHERLAR, SEVGI HAQIDA SHERLAR (27.12.2013)
Просмотров: 1052 | Рейтинг: 2.5/2