Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

Турецкие Стихи

Пятница, 22.11.2024

To‘ra Mirzo (1956-yili tug‘ilgan)
Gullar kelar iliklik izlab, 
Poyqadamin qutlang, odamlar. 
Oyoq-boshin behis bo‘g‘izlab, 
Sovg‘a deya tutmang, odamlar.

Tabassumdir gulning ko‘ylagi, 
Yo‘qdir uning boshqa libosi. 
O’chayozgan kiyimning rangi,
Yupun gul jilmayar qish-yozin.

Gulning so‘zin uqsak qaniydi, 
Orzulardan yiqilsak, qo‘llar. 
Gullar kulib turib qariydi, 
Onamizga o‘xshaydi gullar.

* * *

Quriyotgan daraxt, ko‘z yoshimni ich, 
Pishgan mevalaring olib ketdilar, 
Mechkay qoplariga solib ketdilar, 
Quriyotgan daraxt, ko‘z yoshimni ich.

O’zangta yetguncha quriydi tinkam, 
Suvni boshqa yo‘lga bog‘lab qo‘yishgan. 
Tuproqdagi qonni qoqpab qo‘yishgan, 
O’shanga yetguncha quriydi tinkam.

Quriyotgan daraxt, ko‘z yoshimni ich, 
Mevangni yesa-da faqat o‘zgalar, 
Mening yuragimda shafqat qo‘zg‘alar, 
Quriyotgan daraxt, ko‘z yoshimni ich.

* * *

Yovuz yovdan yaralansa yurt tinchi, 
Jamoat ko‘ksidan jonin sug‘urib. 
Jallodning qo‘lidan uchar qilichi, 
Beshik quchoqlagan onani ko‘rib.

Go‘zallar ohidan oqar azob - qon, 
Tajovuz to‘shagi yutib iqbolni. 
Hayvoniy hirs zo‘rlay olmas hech qachon, 
Erga do‘ppi tikayotgan ayolni.

O’t-suv yoqasida yiqilsa askar, 
Hech bir mubolag‘a berolmas darmon. 
Tug‘ilgan uyiga keltirgan mahal 
Onasin so‘zidan sog‘ayar o‘g‘lon.

Ostin-ustun bo‘lib yer-osmon agar, 
Tog‘-toshga ko‘milsa inson Vatani.
Qaytadan qomatin tiklaydi tog‘lar, 
Ko‘rib duoga qo‘l ochgan onani.

ONA ALLASI

Yaproqlar tebranar bir orzuga mast, 
Ne uchun ochadi daraxt qulochin? 
Oir chayqalgancha tebranib bir pas, 
Xayolchan daraxtni bosadi ajin?

Mo‘ysafid cho‘qqilar saqlaydi sukut, 
Dengizning mavjida bir intiq ohang. 
Hayol surib qo‘yar bir parcha bulut, 
Tutib tomchi yoshni kiftida arang.

Borliqqa taralar Ona allasi, 
Allaga bosh qo‘yib uxlaydi olam. 
Nurlarga urilar Ona nafasi, 
Zulumat vahmadan qaltirar biram.

Bir quchoq nur bo‘lib, dunyo nur bo‘lib, 
Suvday singib ketar bulok suviga. 
Ona nafasining sehriga to‘lib, 
Yulduzlar mudrashib ketar uyquga.

BUVIM TO’XTABU XOTIRASIGA

Qirq uchinchi yil... fasli kuzak, 
Uqubatdan yetishgan hosil. 
Ang‘izlarda boshoqlar siyrak, 
Shamol, ayol kezar muttasil. 

Bilagida «qorni» och xalta, 
To‘rt tomonga otilar ko‘zi. 
Shamol tinar, o‘lar holatda 
Bug‘doyzorni uyg‘otar o‘zi. 

Boshoqlarga muhtojdir o‘roq, 
Ang‘iz bo‘ylab cho‘zilgan osmon. 
Za’far zamon, za’faron to‘rt yoq, 
Ayolning ham rangi za’faron.

Yetti farzand uxlaydi bu choq, 
Uxlamaydi boshoqsiz poxol. 
Chopib borar bug‘doyzor yaydoq, 
Qular somon, qulaydi ayol. 

Kiprigidan uzilgan ko‘z yosh. 
Uyg‘otadi tirnab tuproqni. 
Qomatini tiklaydi bardosh, -
Qidiradi ayol o‘roqni. 

Uning qo‘li poxolday ozgin, 
Ozg‘in yuzga to‘kildi chiroy. 
Ayol boqtsi osmonga shu zum, 
Bulutlarni kesdi o‘roq - oy.

* * *

Devor oshib qochar hovlisi tomon 
Bolakay ishkomdan o‘girlab uzum. 
Biroq oyog‘idan sirg‘alar darmon, 
Uning qo‘l-oyog‘in bog‘laydi ko‘zim.

Dalda bergan bulib kuzim shu nafas, 
Bolaga quchogin ochar beozor. 
Bolakay uzumni olib ketolmas, 
Shu bir bosh uzumda tog‘ning vazni bor...
Категория: SMS SHERLAR, SEVGI HAQIDA SHERLAR (27.12.2013)
Просмотров: 948 | Рейтинг: 0.0/0