Kavsar Turdiyeva
VATAN IQBOL KUTAR I G‘ayrat bo‘lib, shiddat bo‘lib, Asov hayot toshar. Daryo bo‘lib, ziyo bo‘lib, Shoshil togiar osha. Jumboqlarga javob bo‘lib, Moziy hikmat aytar. Hikmat bo‘lib, qudrat bo‘lib, Uni sen ham qaytar. Naqarot: Menda, senda, bizda, Har bir o‘g‘il-qizda. Yagonadir Vatan, Asra uni har dam. Mendan, sizdan, bizdan, Barcha o‘g‘il-qizdan Vatan iqbol kutar, Bizga imkon tutar. II G‘uncha bo‘lib, kuchga toiib, O‘ynab, kulib yashna. Bilim sari, ilm sari, Intil bo‘lib tashna. Yurtning shonin, porloq nomin, Tug‘dek baland ilgin. Jahon bilsin, havas qilsin, Sen ham shuni bilgin. (N a q a r o t) III Yillar ichra, yoilar ichra, G‘animatdir hayot. Ozod yurtni, obod yurtni, Bizdan olsin avlod. Ajdodlaming porloq ruhi Najot so‘zin aytar, Nidolarin, sadolarin Yo‘riq qilib aytar. (Naqarot) USTOZLAR Sizgadir yo‘ldoshlar, Ezgulik, bardoshlar. Izingiz olqishlar e’zozlar, Daftarlar qatida, Mehrlar yodida, Nur bo‘lib yashaysiz, ustozlar. Siz bergan odobdan, Go‘yoki oftobdan, Bahorga aylanar ayozlar. Har sinf xonada, Mehribon onaday, Bizlarni qarshilar ustozlar. Ko‘tarib qaddimiz, Yozdirib xatimiz, Qoralab ko‘p daftar, qog‘ozlar, Deb, mitti daholar, Bizlami baholar, Har fursat baholar ustozlar. Ulg‘ayar nihollar, Yechilar savollar, Sevinchlar topadi qiyoslar, O‘tsa ham arazlar, Sizda yo‘q g‘arazlar. Sizda ko‘p havaslar, ustozlar. Fan degan o‘lkaga, Bilimni yelkaga, Siz ortgach, qilamiz parvozlar, Har kichik sarhadda, Quvonib albatta, Bizlarga qaraysiz, ustozlar. Bu kunlar tush bo‘lib, Uchirma qush bo‘lib, Sog‘inchdan titrasa ovozlar, Mehrlar yo‘lkasi, Ma’rifat o‘lkasi Sizlami eslatar, ustozlar. MENDAN AZIZ SHIPPAK Suvga tushib shippagim Suzib ketdi birpasda. Topmay uning daragin, Bosh egib qaytdim asta. Bo‘ldi rosa to‘polon, Qiynalib ketdim yomon. Akam olib xipchinni, Qo‘rqitib ham qo‘ydilar. Dadam hech bir gapirmay, Qovoqlarin uydilar. Opam esa dedilar: „Noinsofga bir qarang — Xayf senga yangi kiyim, Yuraver oyoqyalang". Hatto mehribon onam, Shippagingni top, dedi. Uni topmaguningcha, Ket, eshikni yop, dedi. Uydagilar mehri ham, Chiqqandayin chippakka. Juda keldi havasim, Mendan aziz shippakka. BO‘LING HARFGA HURMATDA Alifbeda nechta harf, O‘yla, aqling qilib sarf! Go‘yo ko‘z-u burni bor, Har bir harfning o‘rni bor. Har bir harf buyuk erur, Har biri juda zarur. Adashtirmagin zinhor, Savod senga bo‘lsin yor. Bir harf o‘zgarsa agar, „Ko‘r" to‘satdan bo‘lar „kar". Adashtirsang „i"ni bir, „Kar" bo‘lib qoladi „kir". „B" harfsiz gavjum „bozor", Keltirar dilga „ozor". Yugurgan chopqir „jayron", Bir harf deb bo‘lar „vayron". Hatto sog‘lom, kuchli „fil", Harf o‘zgarsa bo‘lar „sil". „Pul" aylanadi „kul"ga, „Tol" aylanadi „tul"ga. Hattoki shirin „bola", „B" harfsiz bo‘lar „ola". Shunday holga bo‘ldim duch, Bitta harfdan hatto „kuch", O‘zgardi-yu, bo‘ldi „puch", „P" qochdi-yu, qoldi „uch". Qish yozdi bir so‘zni „muz", Bahor to‘g‘riladi „buz". Qish yana yozdi „ayoz", „A"siz „ayoz" issiq „yoz". Har bir harf shunaqa „zo‘r", Ishonmasang sinab ko‘r. Degin: sho‘rva buncha „zo‘r", Bir harf bilan udir „sho‘r", Harfi o‘zgarsa biroq, „Qovoq" ham chinni „tcvoq". Bir harf deb butun „qishloq", Bo‘lib qoladi „pishloq". „Kun" aylanadi „tun"ga, Ishonmaysanmi bunga? Axir bo‘lar „torga os", „D" o‘zgarsa „dorga os". Neni osamiz torga, Kimni osamiz dorga? „D" harfi aytar shartta, — Savodsizni, albatta! Osmasak ham yozamiz, Kitob qilib bosamiz. Yalinmasin ham hatto, Boshqa qilmasin xato. Shunday ekan, azizlar, Savodli bo‘ling sizlar! Va boiinglar, albatta, Har bir harfga hurmatda.
| |
Просмотров: 1641 | |