Bahrom Ro‘zimuhammad
ARAFA Siz havoni ushlab ko‘rib olmaxonga aylantirishingiz mumkin Yaproqqa qo‘l tekkizsangiz suvratdagi daraxt novdasiga ninachi qo‘nadi Ko‘kqarg‘aning tushi sim ichidan elektr quvvatiga o‘xshab o‘tadi Quyoshlar shu qadar ko‘payib ketdiki kulba bo‘sag‘asiga tashlab qo‘ydik bo‘yraga o‘xshatib Siz bayroqni yirtib jarohatingizni bog‘lab qo‘ydingiz siz eng ezma kishi nutqini favqulodtsa qiziqish bilan tingladingiz siz odam ko‘ziga qaragan yanglig‘ o‘ta jiddiy holda nigoh tashladingiz bo‘shliqqa Havodan yasalgan olmaxon kurtak ichiga bekinib oldi o‘tkir yashil hid chiqadi kurtak ichidan hidlasam boshim aylanadi bosh aylanaverar hidlayversam men va bu menga nihoyatda xush yoqadi atrofga tun cho‘karu mening jismim egallab turgan joyda qotib qolar to‘satdan kunduz Qani havoni ushlab ko‘ring endi qop-qora olmaxon qo‘lqopdek yopishmasmikan qo‘lingizga Qani yaproqqa qo‘l tekkizing suvratdagi daraxt novdasi aynan ninachiga aylanmasmikan Ko‘kqarg‘aning tushi sim ichida erib bitmasmikan Oyoq qo‘ying jizg‘anak qilmasmikan daf’atan quyosh Bayroq ham yo‘q edi jarohat ham yo‘q shunchaki mavhum bir arafa nima ro‘y berishin hech kim bilmaydi INSONNING SARGUZASHTLARI Men g‘aroyib mevaman Yolg‘izlik Daraxtidan uzilgan meva Yo‘q men yerga tushmadim er ko‘tarilib keldi men tomon va bandimdan uzildim qo‘ydim Bir sap-sariq maymun oq farishta bilan suhbatlashayotgan edi farishta ko‘rsatkich barmog‘i ila ishora qilardi osmonga qiqirlab kulardi maymun farishta takror va takror osmonga cho‘zardi ko‘rsatkich barmog‘in qornini ushlab xoxolardi maymun farishta uchinchi marotaba jiddiy so‘z qotdi maymunga maymun sarosimada menga qaradi va o‘sha lahzada Yolg‘izlik Daraxtidan uzildim birdan suhbat shabadasi chirt uzdi meni g‘aroyib mevaman Yolg‘izlik Daraxtining mevasi KUBRONING ITI It muallaq havoda o‘rgamchik to‘rida tipirchilar it Tillo halqa rqiraydi bo‘ynida odamning ko‘zidek it ko‘zi chaqnaydi Nazar tashlar kimyonazar piyr vovullab ibodat qilar ekan it ovozi aylanar hamdu sanoga Olloh deb o‘sadi chechaklar qaldirg‘och tumshug‘ida odam shajarasi zum o‘tmay besh daqiqa ilonga aylanib turadi halqa Goh tilda halqa u goh ilon goh halqa goh It odam qavmiga qo‘shildi uzlatga chekindi itning jismiyu odam qalbi va ko‘zi bilan AFSUNGAR Osmon yam-yashil edi qizil bulutlardan nimpushti rangda sharbat yog‘ardi Azroil tik boqdi bu manzaraga Farishtalar quloqni teshgudek jarangdor ovozda quduqqa qulagan zangori echki xususida qo‘shiq kuylardi Tamaki tutuni uchoq izi kabi shakl qoldirdi havoda nimpushti manzaraga hoshiya bo‘ldi Azroil panjasidan aynan shu lahzada qutuldi arvohlar Qandaydir bir mahluq bor ovozi bilan kuldi so‘ng avvalgidek jimlik cho‘kdi erga osmonga QARG’ALGAN Ey bulut kemtigini topib oy nuri ila ishlov beruvchi pardoz qiluvchi shamolga bunday esma deb quyoshga va oyga dahli bo‘lmagan nurlarga bunday tushma deb tanbeh beruvchi ey maysalar hidini gullar hididan ajratib tafovutini imo-ishora bilan to‘g‘ri ko‘rsatuvchi soylar shildirashida bulbulning sahargi nolishiga o‘xshaydigan ushoqqina nolani topib beruvchi yomg‘irdan keyin mevalari sarxil pishgan bog‘da qora anjirning dimoqni yorgudek shirin-shakar iforini ruh tovlanishlariga g‘oyatda foydapi deb biluvchi va dunyodan umidini uzgan ko‘zlari nursiz kampirga badani jumbushga kelgan bokira paytlarini eslatuvchi ya’ni odam va qurt-qumursqa daraxt yaproq tosh hamda shaharlar hamda fasllar siyosatlar tuzumlar sarkardalar rohibalar va fohishapar mazhablar kufrning xilma xil shakllari o‘lganlaridan so‘ng yitganlaridan so‘ng baribir yo‘qlik deya ataluvchi choxda o‘zaro tutashishi zarurat ekanligini chuqur tushungan va buni tushuntira olmay diltang bo‘lgan zot Sen ulug‘ ibtidodan nariroqqa bir qadam bosding shu bois Allohning qahri keldi Payg‘ambar qarg‘adi seni shaytoni laindan-da battarroq bo‘dding biroq sening ruhiyatingni to‘ldirgan zavqu shavq ikki dunyoda ham yo‘q faqat senda bor ey abadiy yig‘i ey abadiy kulgu ey abadiy jimlik
| |
Просмотров: 913 | |