Humoyun Akbarov
Yo‘llar Zaminda keng, ravon yo‘llar bor, So‘qmoq bo‘lgan ular qachondir. Katta-kichik, notekis yo tor, So‘qmoq bo‘lgan ular, baribir. Hayotda-chi, yo‘l ko‘p nihoyat, Xayol bo‘lgan ular, avvalo. Shirin orzu bo‘lgan yo niyat, Ijobati turlicha ammo. Ammo, bir gap bordir – yomon yo‘l, Yaxshilarni oralab o‘tgan. To‘g‘ri emas, gohi o‘ngu so‘l Ezgulikni qoralab o‘tgan. Borsa gumon, ...kelmas yo‘llar ham, Yo‘l tushmagan tog‘u cho‘llar ham, Yo‘l topilmas toshdek dillar ham, Tilagim shu seni qo‘llarman, Ey, yo‘lovchi, yo‘lingni bersin! * * * Oy qayig‘i cuzar ohista, Oppoq bulut to‘lqinlarida. Sohilini borarkan izlab, Singar tungi osmon qa’riga. Jimirlagan yulduzlar olis, Nurga tashna borliq. Sukunat. Tun soyaday, bir butun, yolg‘iz Daydib yurar o‘ylarim faqat. * * * Ajib xayollarni to‘zg‘itar shamol, Soya solar dilga bulutli osmon. Sukunat cho‘kkanda ko‘ngilda malol, Rutubatli havo... Mudrarsan bir on... Uyg‘otib yuborar momoguldurak, G‘aflat pardalarin yirtaru shitob, Yomg‘irda yuvilar g‘ubordan yurak, Ko‘ngil ravshan tortar, jilmayar oftob... Yomg‘ir simfoniyasi Yomg‘ir yog‘ar bir tekis: Bog‘larga, ko‘chalarga, Goh sozli, gohi sassiz, Kunga ham kechalarga. Sayr etarman bag‘rida, Har ko‘chada turfa soz. Tomlarda doirada, Maysada munis ovoz. Yomg‘ir yog‘ar bir tekis, Ravshan tortadi ranglar. Goh shovqin, gohi sassiz, Hayot kuyi jaranglar. * * * Hilol oshib o‘tdi dovondan, Tun yarmi og‘di. Zuhro mujda beradi tongdan Tonglarning oldi. Tun. Yolg‘izlik. Ajib chiroyga Oshiqdir ko‘zim. Qanday og‘ir yolg‘izlik oyga, Oyim – yolg‘izim. * * * Borliq ichra muallaq sabr, Shivirlamas hatto yelvizak. Daraxtzor jim, osmon negadir Rutubatdan beradi darak. Sabr hamon quyoshni kutar, Nafas olmay osuda borliq. Oftob, nahot, yerni unutar, Nahot, nurin etmaydi tortiq? Necha kunki, yuraklar xijil, Yana yomg‘ir zabtiga olar. Havolar ham misli zil-zambil, Qish oxirlab qolgan pallalar. * * * Bilmayman, ko‘nglingda nelar bor sening, Bilmayman, ne kechar xayollaringdan? Bilganim, ruxsoring o‘ylarim mening, Bilganim, yuragim ayrilmas sendan. Bilganing, sevishim, muhabbatimni, Bilganing, men seni bila olmasman. Bilmaysan, bitarkan sevgi xatingni Kimga yuborasan uni daf’atan? Bedorlik Yarim tunda bedorlik keldi, Kutilmagan mehmon, bemahal. Oshyonim o‘ylarga to‘ldi Hech kim bermas bizlarga xalal. O‘ylar, buncha uchqursiz, axir, Qachon sizga yetib olarman? Bedorlikni olib qaygadir Ketganingiz bilmay qolarman...
| |
Просмотров: 2167 | |