Jabbor Eshonqul
Sochilib ketadi tovushlar hadya etadi tusini olma yaproqday to‘kilar sog‘inchlar shabnamday kiprikda hayajon qapqir bag‘riga chorlaydi bir osmon umrim tushlarga ochilar ko‘ksimga yog‘ilar tomchilar musiqa oqadi tomirlarimda g‘unchalar ochilar xayollarimda muhabbat ildizi ko‘ksimga botar ulg‘ayib bormoqda umidning guli tong endi mening ko‘ksimda otar * * * 1 xotiramga yopirilib kirmoqda tuman fikrimga sanchilar qopqora yellar yalang tavonimda muz qotgan Vatan 2 sukut alangasi o‘rlar havoga quyosh ham qorayar tobotosh misol ruhni asir etar iblis navoga 3 ko‘zim endi mening ko‘milmas qabr qon emas tomirimda oqayotir muz to‘nib borayotir xaloskor tovush 4 ko‘ngil darchasida zulmat qushchasi ne deb sayrayotir titkilab endi ko‘ksimda quyoshning sovuq kulini 5 dilim yaproqlari to‘kilib bo‘ldi gul bo‘lib ochilgan g‘unchalar emas novdaga sanchilgan muzning parchasi 6 ey ko‘hna Osiyo, ey ko‘hna qayg‘u kiprigimga osilgan toshlarning yuki sening yig‘ing meni bormoqda ezib * * * tobora yaqindir men kutgan tovush. tobora mavhumdir men tutgan qalam xiralashib borar ko‘zgu tobora tobora sukutga aylanar mazmun tovushlar yo‘lagi tobora uzun tobora qisqarar bu bitik afsun tobora mavhumdir bu mavhum fasl yo‘qlik singib borar qonga tobora tobora ulg‘ayar ko‘ksimdagi choh unutilib borar muqaddas vasl * * * 1 tun kapalak qo‘ndi ko‘ksimga va ko‘ksimda ochildi bir gul gul ifori keldi yodimga va yodimga aylandi butkul butkul endi chehrangdayin oy va oydayin chehrang axtarib izlaringni quchadi g‘ubor izlaringni quchgan g‘uborlar xayolimni kelarkan bosib men o‘zimdan ketdim uyalib 2 Sevmoq nedir bilmasman aslo ko‘zlaringga tikilgancha jim ayroliqni o‘ylayveraman sevmoq nedir yo‘q yo‘q bilmasman o‘rtar ekan hijron yurakni ko‘zlaringni ko‘zim sog‘inar 3 ko‘lmak ko‘kdan yiqilgan yulduz — sen unutib qoldirgan oyna — chil-chil sindi o‘rikning guli — shamollarga to‘kilganida ko‘kda bulut olis xotira — kuzda ketib qolgan qizning ro‘moli yodga solar yana yomg‘irli kunni nahot sog‘ingandim bahormas kuzni * * * 1 yo‘lsizlikning yo‘ldoshi bo‘lmas manzil bo‘lmay bo‘lmaydi yo‘l ham endi ortga qaytib ham bo‘lmas gulday so‘lib boradi quyosh bir siqim oy boradi sinib peshonamga tegar qora tosh bu ro‘yomi bu tushmi bilmam adashgan ruh beradi taskin vujudimni yuvar achchiq yosh singan ko‘zgu sochilib yotar holsiz kundan men ne kutaman yiqilaman qop-qora tunga 2 adashdimmi yo‘l adashdimi bilolmadim tun qora qarg‘a tinmayin yuragim g‘ajinar tun ko‘zimga kiradi oqib tobora qonimga singar bu zulmat yana so‘na boshlar ruhim yulduzi tazarruga shaylanar dilim iltijoni aytib ulgurmay ufqda ko‘rinar dorning sirtmogi * * * menga taskin emas menga so‘z kerak turarkan soyadek chayqalib zero xotirotning g‘arib maskani menga taskin emas menga so‘z kerak xanjarday keskirmas gul kabi oddiy quyoshday ulug‘vor xayolday mag‘rur menga taskin emas menga so‘z kerak bu sovuq fasldan yo‘qkan omonlik hali xasta ekan bu zaif yurak menga taskin emas menga so‘z kerak shamollar poyiga yiqilsa sabr xazonday to‘kipsa bu azal qo‘rg‘on asrlardan buyon bu tashna qabr xaloskor bir so‘zni kutarkan intiq menga taskin emas menga so‘z kerak * * * Qulab tushgan yulduzday chinorning yaproqlari suv yuzida jimgina qalqib qalqib oqadi bo‘zraygan kunlar ham qorayadi kunma-kun to‘p-to‘p bulutlar ko‘kda chaqinlarin chaqadi tiyramoh izg‘irini olib kelar qayg‘uni va yuvar kuz yomg‘iri ko‘klamgi xayollarni * * * ketishingni istamasdim hech vaqt esa kech nigohingda aks etdimi oy oyda akslandimi yoxud nigohing bilolmadim va lek yorur edi negadir bu tun tundan yorur edi xayoling asir edi bizga yulduzlar yulduzlarning asiri bizlar tun qo‘yniga borardik singib tun gul edi senga atalgan g‘unchalari borardi yashnab ko‘zlaringdan ichar ekan suv suvdek oqib borardi tun ham bir-bir cho‘kib asta yulduzlar yorishardi nigohingda tong yuksalardi ko‘ksimda quyosh
| |
Просмотров: 935 | |