Ulug‘bek Hamdam
GUL EKARDIM... Suv ostida dimiqib tolgan Odam kabi bo‘g‘ildim yomon... Bir siltanib chiqsaydim suvdan, Bu o‘limdan qolsaydim omon, Qo‘shiq aytib berardim Sizga!.. Qo‘shiq aytib o‘tardim Sizga, Topganimni bag‘riga joylab. Borlig‘imni ishonib so‘zga, Gul ekardim Vatanim bo‘ylab, Bo‘ston bo‘lib ketardi so‘ngra... MEN TIKKAN BAYROQ Yana she’r keladi yurakka oqib, Yana keragingni anglayman, dilbar! Yana men oltinsoch daraxtga boqib, Mangu qo‘shiq haqda suraman o‘ylar... Yana sen o‘zingdan bermaysan darak, Yana men urushman tip-tinch dunyoda! Bo‘gziga tig‘ kelgan jondek jonsarak Teshilar yo‘lingda ko‘zim behuda... Yana sen bordaysan, lekin topmayman, Yana men izlayman, yo‘kdaysan biroq! Mangu ikkilikning o‘rtasi - VATAN, Mangu IZTIROBdir men tikkan BAYROQ! XUDOYIMNING QO’SHIG’I Ko‘zlaringni ko‘zimga tikib, Yuragimdan hikmatlar so‘rgil. Jon ildizing jonimga ekib, Nafasimdan titrablar turgil. Arosatda to‘lg‘anmagil, bas, Olovlarning baridan voz kech: Yuragingning siridan emas, Dunyolarning kiridan voz kech! Umr axir kelmaydi qaytib, Armonlarni parchalab ketgil. Xudoyimning qo‘shig‘in aytib, Xudoyimning qoshiga yetgil... KAPALAK Gul labida o‘ltirar nuqul, Yo‘q, adashdim, raqs tushadi ul. Umri ozdir guldan-da, biroq Parvo qilmas ham kuladi ul... MANGU ISHQ ORZUSI Seni kutib umrim o‘tsaydi... Visolingta yetmasam, mayli. O’lim quchgan asnoda ham sen Yuragimda bo‘lsayding, Layli... Seni kutib umrim o‘tsaydi. Men ishqimni qo‘yardim U Kun Xudoyimning tarozusiga Va hukmini kutardim tag‘in Umid etib ishq orzusiga, Ey yuzlari hamisha gulgun!.. Seni sevib umrim o‘tsaydi... SENGA QAYTGUVCHI... Har kuni kuyingda ming bora o‘lib, Ming bora tirilgan aftoda menman. Baxtu baxtsizliging belanchagida Adoqsiz tebrangan ovora menman. Ich-ichimga botgan badkor tig‘ingdan Xayoli g‘alvirdek sadpora menman, Bir kuni bari bir yorib qafasing, Bot Senga qaytguvchi hur yora menman... DIL, BOSHLA!.. Ruhim dengiz yanglig‘ mavjlanur, mavjlanur... Jismim sohil kabi yo‘l to‘sar, yo‘l to‘sar... Lahzalar vabodek chang solur, chang solur... Dil, boshla! Kechiksak: sen qusur, men qusur! Bag‘rim olam bo‘lib chayqalur, chayqalur!.. Kimsan sen? Ko‘yingda begona - devona, Tonglarni kutadir to‘lg‘ona - to‘lg‘ona? Quyoshim? Va menmi bechora - parvona?! Yasharman demakki, ko‘p yona, xo‘p yona... Ishqim osmon qadar yuksalur - avjlanur, Borliq naq ko‘ksimda mavjlanur, mavjlanur!.. INSON Ikki g‘ordir - ikki ko‘zim, Qalbim unda gazli xazina. Vujud - otim, aqlim - jilovim, Ming asrdir yo‘ldaman, mana... Manzil esa... manzil ko‘p yiroq, Xayolning ham qo‘llari yetmas. Zafar - mening o‘zimman, biroq Mag‘lubiyat yonimdan ketmas!.. ILTIJO Yana Senga tushmoqda ishim, Yana Sensiz hech kimman, axir! Huzuringta yukunib keldim, Hayot bo‘ldi achchiq va taxir... Yuragamga okdi-ku yana Qismatimning zahar-zaqqumi. Yana hasrat qildi tantana, Yana Sensiz o‘tmadi kunim!.. Qo‘llaringni uzat, nihoyat, Yo‘llarimni ochgil, Xudoyim! Qani menga atalgan oyat? Qani mening najotbaxsh dorim?!..
| |
Просмотров: 1441 | |