Xayrullo Fayz
Tun tarafda kunduz tarafda bu tosh yo‘llar bir kun tuproq yo‘llarga muvaqqat qo‘shilishi va yana qaytishi mana shu tosh yo‘llarda turib tosh binolarning birida shundoq darvozada aytay temir darvozada oyoqlari o‘nta o‘rgimchak bir paytlar Payg‘ambarni kutqarganmiding yog‘iylaridan kim yog‘iy degan so‘roq o‘rmalar oyoqlari yo‘q ilonday bu temir darvozali tosh binoning yerto‘lasida o‘rmalar tun tarafda kunduz tarafda yarqiragan yulduz tarafda bir kun barcha yo‘llar xotima topar xayol ham tugaydi o‘shanda xayol ham surilmas qimirlamas tosh qotar xayolda yashaydi shunda o‘rgimchak hech kim bir paytlar senmiding qutqargan payg‘ambarni yog‘iydan deb so‘ramas bu toshdan bino bo‘lgan binoning yerto‘lasidagi ilon esa aylanmas savolga yoki u barcha savollarni yutar toshday tuxumday yo hirsdan beriroqda tug‘ilgan bir gulga bir gulga evrilar og‘riqsiz va yovvoyi shiddat ila o‘sar garchand nursiz bir kuni o‘sar nursiz. nursiz tun tarafida nursiz kunduz tarafida nursiz yulduz tarafida * * * gul nima bitta ham orzuga sig‘magan tuyg‘u bir hovuch nafasu bir misqol nasim qancha yolvormagin bebag‘irlikda topganing muvaqqat yo kulgu yo qayg‘u gullash nima oniy otash tuyg‘usi — beqanot uchmoq bir titroq vulqonlar qolajak dog‘da bir nogoh tushdagi parvozday lazzatu lazzat ammo shunday ma’sum xayol bilan men yarim tunda kimni quchadirman qandoq uchadirman qayga ucharman gul nima gullash nima bitta ham orzuga sig‘magan beqanot tuyg‘u ikkitamas o‘ntadir qanoti — harir va qonrang kesilgan xo‘rlangan ammo baxtiyor — o‘nglasam tush axir uyqusiz nadir nadir bu qanotlar orzusiz nadir * * * teng emas edim na bulutga na osmonga na yerga va na o‘zimga bugunimda va bitta marvaridga dengiz tubida tuproq yo‘lda yotgan toshga shundoqqina hovlimizdagi bir tup o‘rik niholidan to‘kilib to‘kilolmay qolgan yozdan chiqolmagan qishga kirolmagan rangi yerlagan bitta yaproqqa yoki otamni oyoq og‘rig‘iga duchor qilgan menga oppoq baxt borligini oshkor qilgan qishda uyimizning tomiga osilib olgan farishtarangmi bilmadim sumalakka men tug‘ilganimda arzimaganman arzimaganman * * * Sen tong bo‘lib uyg‘onolmading tun bo‘lib men ko‘z yumolmadim yolvorganim bir kalomgina — diydorginam diydorgina ikki qanot kamlik qildimi bir devorni osholmadim man ikki yulduz tundpik qildimi bitta mani topolmading san taqdir dedim peshona dedim bu vayrona koshona dedim men yodingni oqqushga qo‘shib quvdim — menga begona dedim tag‘in kelgan tag‘inimsan san yaqin kelgan yaqinimsan san bu keng bag‘ir ochilganida yuragimga... chaqinimsan san sen tong bo‘lib uyg‘onolmading tun bo‘lib men ko‘z yumolmadim... *** San bilasan mani aslida Peshonamda yozilgani shu – Boshim uzra farishta uchib Yog‘diradi ilohiy yog‘du… San bilasan, mening bir orzum Jannatingdan joy olsam, yetar, Yetar, rostim, ikki dunyomga Bittagina saodat yetar… San bilasan, kechayu kunduz, Yoding mening asl tushimdir… Adashtirma, adashtirmasang, Jonim Sanga tortiq qushimdir… San bilasan, Yaratgan Egam, Gunohlarim tog‘lardan yuksak, Bu dunyoda barcha tog‘lar ham… Erir mehring o‘ngida beshak San bilasan Parvardigorim, Peshonamga yozganlaring shu… *** Oldimizdan tog‘ chiqqan edi oshgandik dengiz nadir uni biz kechgandik Bulutlar ostimizda suzardi to‘zg‘itib barini sohir parvozda turnalarni qoldirib dog‘da Eh qanday uchgandik Bugun tog‘ yo‘q oshgani dengizlar qurigan tarqagan tor osmonning oq bulutlari Ammo Oyoq ostimizda mayda toshlar bor erinmay yig‘amiz ularni bir kun otish uchun… aytish uchun… biz bir birimizga shu toshlarnimi otgandik?.. *** Tushimda Ko‘tarib chiqdim o‘ng qo‘limni beto‘xtov Ko‘zingiz ko‘zimga tushsin dedim Malim Muallima Sochlar tasdiq zarbi bilan gulchehrangizni Yarim yopar Tabassum uchadi lablaringizdan Qo‘nadi nihoyat sinfdosh do‘stim Nasimning yuziga Nega tushunmaysiz axir muallim Malim Muallimam Qo‘limni ko‘tarib chiqdim beto‘xtov Ko‘zingiz ko‘zimga tushsachi malim Sochlar yarim yopsa gul chehrangizni Tasdiqdan egilgan boshingiz silkib Siz Bir marta qarang manga aziz muallim Tabassum uchadi lablaringizdan Qo‘nadi sinfdosh do‘stning yuziga Qandoq tushunmaysiz axir muallim Ruschani manchalik bilmaydi Nasim Ko‘rmaysiz havoda suzadi qo‘lim to‘xtamay ko‘zimni yumaman qilaman bandi hamon jilmayasiz hamon tabassum uchib kelaverar Nasimga qaytib ko‘zimni ochaman o‘zimdan olis Sizdan ham olisroq tushda uyg‘ondim Tabassum uchadigan rostimdan o‘tib Sizday Xayolimni qattiq sog‘indim… *** Toshga ham til bitganda - o‘zimning aksim Bilmassan Haqingga yarim tunlari kim duo qilmoqda ko‘rmassan shu osmonni sig‘dirgan yurak qandoq nola qilar sezmassan devorga darz ketar shohidligidan hech qayga ketolmas zohidligidan har ne gunoh o‘tdi pastu balanddan yurakka muhr tushgan Vohidligidan bilmassan qachon uyg‘onadi qobirg‘ada qush qachon sindiradi qafaslarini qachon parvoz etar xayoldan baland qachon o‘ngga aylanadi bu tushning aksi tomchilar kelishar besafu beshon bostirib kirishar bo‘m bo‘sh qal’aga bir bo‘yra to‘shalgan bir vujud qotgan qaqroq ruh bag‘riga yog‘dirib ehson shunda toshga ham til bitar – toshyurak pora haqingga duolar qilmoqda qara osmonni sig‘dirgan yurak qa’rida tiz cho‘kkan zohidning halovatida tiz cho‘kkan zohidning tilovatida
| |
Просмотров: 1015 | |