Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

Турецкие Стихи

Воскресенье, 24.11.2024

Xosiyat Rustamova
Har kungidan bog‘lar viqorli, 
Qarg‘alar ham boqar bepisand. 
Qara, jonim, ko‘cha chiroyli –
Sen ham oyna oldidamisan?! 
Osmon oppoq, 
Yer juda mayin, 
Balki qorqiz yasarsan qordan.
Senga qanday yetib borayin, 
Yo‘llarimni qor bosib qolgan.

* * *

Mashinaning orqa o‘rindig‘ida, 
Betartib xonaday xaelim uyqash. 
Oynaga qadalgan ko‘zim yig‘ida –
Yurakni o‘rtaydi allaqanday rashk.
Xudoga borayapman o‘zimni ortib,
Buncha ham go‘zalsan, yam-yashil chiroq!
Mening diqqatimni o‘ziga tortib -
Haydovchi ko‘zgudan tashlaydi nigoh.
O, shu payt...
Kimlardir kuldi - kinoya!
Qaradim...
Yo‘llarni supurar farrosh.
Qizil chiroklarga qilmas rioya -
Mening ko‘zlarimdan oqayotgan yosh.

SEN QADDINGNI KO’TAR, TUPROQ

Men onamni yerga eqdim,
Vujudimdan oqar titroq.
Men otamni yerga ekdim, -
Sen qaddingni ko‘tar, tuproq.
Yig‘lamadim yuzim tirnab,
0, balandlab ketdi bu g‘am.
Oyog‘imdan chirmab-chirmab,
Meni tashlab ketdi og‘am.
Tentiradim aro yo‘lda,
O, bu yo‘llar tentiradi. 
Meni bir kun Siznikiga –
Buyuk g‘amlar keltiradi... 
Men onamni yerga ekdim, 
Meni qo‘yib yubor, titroq. 
Men otamni yerga ekdim, -
Sen qaddingai ko‘tar, tuproq.

* * *

Boray...
Tashqarida to‘xtadi shamol,
Ko‘qda quyuqlashib bormoqda bulut.
Nega indamaysan - turasan behol -
Baqirging kelsa ham saqlaysan sukut.
Azizim, ortimdan kuzatgani chiq,
Qara, men ketishga bosyapman qadam!
Burilib yig‘layman - ko‘zim qup-quruq –
Daraxtday egilib ketmoqtsa tanam. 
Sarg‘aygan yaproqlar to‘kilar yursam, 
Bu holga dunyo ham ko‘nikkan, ko‘ngan. 
Salgina shamoldan qo‘rqadi jussam, 
Salgina shamol ham qo‘rqitib qo‘ygan.

* * *

Bir kuni sog‘, bir kun esa xastadirman, 
Bir kuni bog‘, bir kun cho‘lu dashtdadirman. 
Men Sizlarni bilmadim-u, ammo o‘zim –
Bir kuni tog‘, bir kun yerdan pastdadirman.

* * *

Boshimdagi telpak yumshoq yung –
O’ldirilgan o‘rmon qiroli. 
Mening bitta po‘stinim uchun 
Yo‘q qilganlar qancha quyonni? 
Hayot menga qilar qancha sarf, 
Bo‘lardi-ku tezroq qarisam. 
Bo‘ynimdagi qimmatbaho sharf –
Esdalikdir suv parisidan. 
Jilolanar burgutko‘z sumkam, 
Yuragimga dengiz sochar dur. 
Timsohteri etigim bilan 
Men atrofga boqaman mag‘rur. 
To‘ldiraman har kun kamini, 
O, naqadar o‘chman hashamga. 
Hayot bori jonzotlarini 
Dafn etar mening jussamga.

TUG’ILGAN KUNIMDA

Eshitilar yurak urishim, 
Demak, hali aylanmoqda qon. 
Do‘stlar, mening tirik turishim –
Qancha gulga keltirar ziyon.
O, bu ne hol?
Bu qanday jazo?
Nega gullar ko‘tarmas suron?
Mening jonsiz vujudim, hatto
Ko‘p gullarga keltirar qiron.

* * *

Tun boglarning ichida, 
Ozgina olgan ichib. 
Qushlar oyoq uchida –
Qaygadir ketar uchib. 
Shamol kezar behuda, 
Suvlar ko‘p oqar zilol. 
Osmonning bir chetida, 
Koptok o‘ynaydi hilol.

* * *

Qirdan podalar qaytdi, 
Har yerga yoqildi sham. 
O’zicha qo‘shiq aytib –
It yotadi xotirjam. 
Hamma ishlar bexato, 
Solinadi o‘rinlar. 
Cho‘ponga oy ham, hatto –
Bo‘ri bo‘lib ko‘rinar.

* * *

DARAXTLAR 

Men bilgandan buyon shu ahvol, 
Ba'zan yig'lab qolar -
                           dod solib. 
Erkalatib qo'yar goh shamol -
Biyday sovuq bag'riga olib.
Bu borliqda
              kim ham hol so'rar,
O'ylayversang ketar ko'z tininb.
Tug'ilgandan buyon
                    Kun ko'rar -
Yaproqlari ichra berkinib. 


KUZ 

Har kimning joni halak, 
Dala-bog'da ish qizg'in. 
Kim burgutu, kim laylak,
Kim chumoli, kim quzg'un.
Biror kimsa ochmas lab,
Hech kimsa qotmaydi so'z.
Dalalarni oralab -
Yer ag'darib yurar kuz. 
  
* * *

Bu mayday tashvishlar chiqdi o'yindan, 
O'zimni o'rtaga qo'yib gaplashdim.
Telefon ishlamay qolsa uyimda -
Kelar kim bilandir telefonlashgim:
Qayerdan xayollar keladi yorug',
Qayerda kun botgan,
Qayda tong otgan.
O'ylayman, qo'ng'iroq bo'lmasa, aniq -
Sening telefoning ishlamayotgan! 

XULOSA 

Hayot!
Boshqa so'zga yetmaydi kuchim,
O'ylasam, yuragim qo'yadi mushtlab.
Ishon, rasmga ham
Tushmaydi hech kim
Avtomatni teskari ushlab: 

* * *

Samovot parishon,
Bog'lar qoraygan.
Qushlarning ovozi o'chgan.
Befarah.
Huv oils yerdagi qarag'ayzordan
Qochib ketayotir bir novcha daraxt.
Men ham xayolimda boraman chopib,
O'shal daraxt bilan birga yonma-yon.
Sigaret qo'limda yotar tutaqib,
Bog'lar yuragimga ko'chadi oson.
Shu topda borliqqa ayondir holim,
Ayondir borliqqa shu novcha daraxt.
O'zini yo'qotib qo'yar betxoven,
Nogahon adashib qoladi Mosart. 

* * * 

Yuragim ketmoqda
Orqaga tortib,
Qiyomat boshlangan og'ir tanamda.
O'zim istamagan ishlardan ortib
Yig'lagim kelmoqda
Kutilmaganda:
Yo'lga chiqmoqlikdan
Oyoq tortar bosh.
Baquvvat qo'llarim qilmas himoya,
Yuzini o'girib ko'zimdagi yosh
O'tgan kunlarimda qilar hikoya.
Ertaga bormanmi,
Yo'qmi, noayon -
Nahotki shu vujud chiqarar hukm.
Yuragim, Sen uchun,
O'zim uchun ham
Negadir yig'lagim kelmoqda bugun.

* * *

Qancha chuqur tashlayman odim,
Oyoq toyib borar yel kabi.
Kechagi gap- mening hayotim,
She’rim esa bugunning gapi.

* * *

Oldimda yastanib yo’llar beadog’,
Tog’lardan o’taman uchqur otimda.
Shubhasiz, boshimda qo’llaydi Olloh,
Va yana kimdir bor mening ortimda.

* * *

Hayot
Senga ishonch qolmaganmi yo,
Yoki bugun kamroqmi ishim?
O’ylamayman deyman-u ammo-
Boshda kunning so’nggi tashvishi.
Qanday tarqaladi bu xabar,
O’lim tiriltirarmi yurtni.
Go’ristonga kim olib borar –
Mening murdam yotgan tobutni?
 
* * *

Kimnidir ko’ngliga bo’loldimmi jo,
Xudoyim, kimgadir tegdimi nafim?
Men o’lsam – tuprog’im qilmasin davo –
Meni yuraklarga etingiz Dafn

* * *

Hayot
Miltig’ingga joyladingmi o’q-
Biroq, men o’zimni otganman.
Pichog’ingga joy qolgani yo’q,
Bo’g’zimgacha qarzga botganman.

* * *

Nima desa - ko’ndim bariga,
Men jonimni jabborga berdim.
Bu dunyoning odamlariga-
Kelar juda yaxshi ko’ringim.
O’zni olib qochar ko’zlarim,
Tilim!
Mening tilim so’yilgan.
Bu dunyoning bari so’zlari
Menga qarshi qayrab qo’yilgan.
 
* * *

Baribir ham ketdi u-
Biz yurar yo’ldan ketdi.
Qanday yaxshi edi u-
Nahotki, qo’ldan ketdi.
Javobsiz qoldi uning,
O, qanchalar savoli,
Bir kun kelib dunyoning
Shu ekan-da ahvoli.

* * *

Yolg’iz odam. U juda yolg’iz,
O’kinmaydi bir o’zi yashab.
O’ngida ham hatto bir og’iz
So’z aytmaydi baxtga yarasha.
Ko’ngli qolgan dundan, dunyodan,
Allaqachon qo’lini yuvgan.
Aqli yetib tug’ilan zamon,
Chelagini ko’targan suvdan.
Ne g’am bo’lsa barin tatigan,
Yo’q yerlarga bormagan shoshib.
U ketganda – uning ortidan
Faqat soya borar ergashib.

* * *

Burgut o’zin ko’kka xatladi,
Dog’da qoldi cho’lu biyobon.
Yerda qolgan uning patlari,
Chunchuqlarga bo’lar soyabon

* * *

Hayot
O’rganmoqqa uyg’onar mayli,
Bilimidan qilmas qanoat.
O’lim o’quvchiga o’xshaydi-
Muallimga o’xshaydi hayot.
 
* * *

Tirikman.
O’limdan qo’rqaman.
Biroq-
O’zimga ko’rinar holim g’alati.
Menga juda tanish manzara.
Qirg’oq-
Suzishni bilmagan kishi holati.
Hayot, hali bisyormi sho’rim,
Yetmay qolar ba’zida toqat.
Menga juda chiroyli ko’rin-
Ketmoqlikka qolmasin hojat.

* * *

Men ko’rmagan kunlarni ko’rsat,
Tunlaringga olib Kir bir-bir.
Netay, jonim, oz qoldi fursat –
Netay, umrim oz qoldi axir.
Chiziqlardan og’riydi kaftim,
Taqdir shuncha yozilganmi jo’n?
Mening tugab bormoqda vaqtim –
Hayot bergin o’lganimdan so’ng…
Men ko’rmagan kunlarni ko’rsat,
It ko’rmagan kunlarni emas.

               * * *

K?chikib bo'lsa-da k?ldim-ku axir, 
N?chun kiprigingdan 
Yosh oqar sizib. 
Tongda chiqqan edim...
Qay?rlargadir -
M?ni loyqa suvlar k?tdi oqizib. 
T?ntidim ...
o'ttiz yil
b?imkon, sarson,
o'ttiz yil o'zimdan bo'ldim-ku judo. 
M?ni quchog'ingdan quvmagin osmon, 
M?ni yuragingga yaqin ol, xudo!..

                  * * *

O'zimda to'xtadim aylanib yurib,
Dunyo, oyoq'imdan k?t, nariga k?t.
Xudoga yolbordim ko'zimni yumib,
O'limdan ozod et,
Tundan ozod et.
Hali ham adashib yuribman tanho,
Jonim, o, ertangi kunimdan najot.
Uzoq qolib k?tdim bag'ringda, Dunyo,
O'zingdan et ozod,
Tundan et ozod.
Havolarga yozar ruh shukuhini,
Ishq so'rab charchagan t?lba junundan.
Yurak talab qilsa o'z huquqini,
Ozod et o'zimdan,
Ozod et undan.

               * * *

Tong yorishib qoldi b?fursat, 
Ko'zyosh kabi tarqadi tuman. 
Sh?'r yozishga qo'ymadi jur'at, 
Qoldim mayda dardlarim bilan.

Qor eridi:
Tarnovlar sokin, 
Bir qo'shiqni qilardi xonish. 
Daraxtlarning mungli ko'zlari 
Tanish edi... 
Juda ham tanish...

Tong ko'zimni bosadi og'ir, 
Joni jonim boradi qizib. 
Ayni shu vaqt - 
Tangrim, kimningdir, 
Bo'lganmikan joni uzilib?

Tong yorishib qoldi b?fursat, 
Hatto yurak olmas yonimni. 
M?n tangridan olaman ruxsat - 
Tunga topshirgani jonimni.

               * * *

Yer mening ortimdan yurar ergashib,
Qayerga bormayin izimni bosdi.
Qancha ko'chalarda k?tdim adashib - 
Tangrim, m?ning tirikligim rostmi??!

Balchiqqa g'arq bo'lgan k?maday holsiz, 
B?ruh vujudimda yuribman b?jon. 
Dunyo, savolimga javob b?r, yolg'iz - 
O'limning borligi yolg'onmi -
Yolg'on?!

Nonga navbat kutgan bolakay kabi, 
Tomog'imda jonim turibdi qalqib. 
Yorilgan ko'pikman suv yuzidagi, 
Bu hayot qaygadir k?tar oqizib.

O, tanish barisi -
xira chiroqlar,
Mayda ko'lmaklarda osmonning aksi. 
Uzilay-uzilay d?gan yaproqlar, 
Oh, m?ning jonimga o'xshaydi rosti.

Yurak chiqib k?tar ixtiyorimdan, 
Boshimni bag'rimga bosaman og'ir. 
Bahaybat bir sharpa o'tar yonimdan, 
Jonimni parchalab tashlashga qodir.

Kimgadir yolborib ichmayman qasam, 
Kimdir bilganicha tutqazmaydi may. 
Tangrim, jovdirayman s?vgani bilan 
Endi xayrlashib bo'lgan odamday, 
Endi xayrlashib bo'lgan odamday...

                    * * *

zinalardan,
tun
boshlar 
chiqa 
Asta
Tanida horg'inlik, 
Boshi ham egik. 
Devorga suyanib-suyanib birdam,
Eshiging oldida turib qolar tik.
Qo'llarin tugmaga yuborar ilkis,
Ikkilangan ko'yi,
Iymangan ko'yi.
O'ziga ko'z tashlab qo'yadi b?so'z, 
Biroq quchog'ini ochmaydi uying. 
Ozg'in gavdasiga suyangancha tun, 
Eshilib-eshilib yig'laydi uzoq. 
Ortiga qaytishga qo'ymaydi qadrin, 
Uying quchog'ini ochmaydi biroq. 
Asta 
tusha
boshlar
tun
zinalardan...

                     * * *

D?razang ko'chadan
ko'zini uzmay, 
Ajratib o'tirar
yaxshi-yomonni.
Bu k?cha jonini tunga qoldirmay, 
Bog'lar yutib qo'ygan havoni.
O, yana bo'g'zingga tiqilar joning, 
Eshitilib turar tunning nolasi. 
Qara, daraxtlarning bari -
Dunyoning
Yo'lga tashlab k?tgan bolasi. 
K?tmoqmi - qay?rga? 
Shafqatmi - Kimdan? 
Daraxtning uzilib turganda joni. 
Qizg'onib-qizg'onib
bolalaridan, 
Dunyo yutib qo'ygan havoni.

              * * *

Balki xazondirman -
Balki xasdirman,
Balki h?ch narsaga arzimasdirman.

O, balki ertamdan 
Ko'nglim ham to'qdir. 
Balki o'lay d?sam - 
O'lim ham yo'qdir!


S?NI TOPIB OLDIM YO'QLIK ICHIDAN
(Turkumdan lavhalar)

Ildizidan uzilgan yaproq
Titrog'ida ko'rdim dunyoni:
Qo'chqor Norqobil


1

Daraxtlar tik qoldi 
Xayolga cho'mib, 
Qushlar har tomonga 
Uchdilar ravon. 
N?tay, o'lgim k?lsa - 
Poyingga cho'kib, 
N?tay, yashay d?sam - 
Yetmasa havo.

2

Ovozing k?lmadi...
U bormi, Xudo, 
Jondan o'tib k?tdi - 
B?sanoq chidam. 
O'zimni yo'qotdim - 
Topmadim, ammo - 
S?ni topib oldim 
Yo'qlik ichidan.

3

Parishon k?zaman. 
Qarimoqda kun, 
Daraxtning shoxlari 
O'sar b?tartib. 
Dunyoga b?parvo
Kirib kelar tun -
Tuflisin loyini
Xazonga artib.

4

D?razang yopilgan, 
Eshik - zanjirda, 
Darg'azab tun turar 
Tishini qayrab. 
S?n esa k?lmaysan 
Allaqay?rdan - 
Daraxtlar uyingni 
Yotadi poylab.

5

Kun asta yoyildi 
O'zini tashlab, 
Borliqqa kuy kabi 
Taraldi havo. 
M?n s?ni ko'ray, d?b 
Qilsam iltijo, 
Ammo eshitmadi 
Dodimni xudo.

6

Boqqa xazon tushdi. 
Borliq za'faron, 
Bir achchiq tutunlar 
O'rladi ko'kka. 
Oh, d?sam, ko'ksimda
Ura boshlar jon,
Nega borman, desam -
Chiqaman yo'qqa.

7

Ko'kda oy bo'lsa ham 
K?cha qorong'u, 
Xuddi kunduz kabi 
Qushlar urar charx. 
Yig'ladim daraxtga 
Suyangan ko'yi - 
Nahotki,gullaring 
Ochilar b?farq.

8

Tun horg'in cho'zildi. 
Daraxtlar o'ychan, 
B?sabab - borliqni 
Qopladi tuman. 
S?nga nima bo'ldi - 
Ranging ham o'chgan, 
N?gadir m?n s?ndan 
Xavotirdaman.

9

Ruhimda nur kabi 
Yoyildi kunduz, 
Gullar ochildilar - 
Qip-qizil, chaman. 
Shunday go'zal hayot 
Ochganida yuz - 
Yorug'likdan tunga 
Qanday qaytaman?

10

Salqi tortib borar 
Qadamim shaxdi, 
Rabbimo, ko'ksimda 
Yurak uxlar tinch, 
Kimga nasib etdi 
Yashamoq baxti - 
Kimni asir etdi 
O'limday qo'rqinch?!

11

Shamol xazonlarni 
Tortadi yulqib,
Bori chang to'zonni 
To'kar izimdan. 
Ehtimol, shu ulkan 
Daraxtga chiqib - 
Kulib o'tirgandir 
Hayot ustimdan.

12

Qarovsiz bog'larga 
Otilar kamon, 
Mudroq tun shoxlarga 
Soladi tahdid. 
Hayotga ergashsang - 
Tog'u toshdasan, 
Hayot tashlab k?tsa 
Bo'lasan unut.

13

Tashqari zim-ziyo - 
Hamma tomon jim, 
Uyquni qochirar 
Tunlar hadigi. 
M?ni yashamoqdan 
Sovutar balkim - 
Bitta yuragimning 
Ortiqchaligi.

14

B?vujud ruhimda 
K?zdim darbadar, 
O'tirdik poyiga 
Jismimni to'shab, 
Qichqirdim yo'qlikka: 
- Tangri b?xabar - 
K?lsang-chi, k?chikkan 
Shamolga o'xshab.

15

Hamma tinch uyquda -
Vaqt allamahal, 
Yomg'ir yog'ib o'tdi.
Tun juda maiin.
Bir o'zim turibman,
Esmoqda shamol -
M?ning borligimni
Unutgandayin.


16

Yuragim uyushdi.
Jonga botdim g'arq -
Umidim qolmadi.
Tinchim yo'qolgan.
H?ch narsa aytgan yo'q
Bu ma'sum daraxt,
M?ndan olislarni
Ko'rib tursa ham.

17

Unut bog'lar bugun
To'ldi shafaqqa,
Dunyo yal-yal yondi -
Gullar tovlanib.
M?n asta b?qanot
Chiqdim falakka,
Tushgum yo'q.
Yulduzga
Qoldim bog'lanib.

18

S?n k?zgan bog'larga
Sukunat cho'kdi,
B?imkon daraxtlar
Bosh egdi horg'in.
Ko'kdagi bulutlar
Ko'z yoshin to'kdi,
Qop-qora dun ichra
Bir o'zim qoldim.

19

Yuzimga urildi -
Bir epkin nafas,
Yuragim xo'rsinib
Burildi ortga.
Jonimda yashashga 
Uyg'ondi havas, 
M?n qayta yuz burdim 
G'amgin hayotga.

20

Bog'larga gullamoq 
Bo'lganmish rasm, 
Vaqt t?lba dunyodan 
O'girganmish yuz. 
Gullagan hayotga 
Solmasdan razm - 
Chindan o'girilib 
K?tasanmi, kuz?!

21

Butun borlig'imni 
O'rab oldi tun, 
Ko'kka yulduzlarni 
Otdi ko'zidan. 
Bir ch?tda oy qo'shiq
Boshladi mahzun. 
M?ning yuragimda - 
Sh?'rlar to'zigan.

22

Hatto tushimda ham 
Tortasan mulzam, 
Yorug'lik baxsh etib - 
Xazon ko'nglimga. 
Juda ko'p uxlasam - 
Uzoq uxlasam, 
Kirib k?larmiding 
Qisqa umrimga?!

23

Bog'ning o'rtasidan 
Tun o'tdi shoshib, 
H?ch kimga s?zdirmay 
K?tdi safarga. 
Hayot o'tolmadi
Ariqsan oshib - 
Xazon oqib k?tdi 
Loyqa suvlarda.

24

M?nga nima bo'lgan?! 
Yorishmas ko'nglim. 
Boshimdan uzoqlab 
K?tmoqda falak. 
M?ndan qaylargadir 
Yulqinar qo'lim, 
Ayting-chi, bu holim 
Nimadan darak?!

25

Ko'zim qora tortdi. 
Aylandi boshim - 
Balandlab k?tganmish 
Qonning bosimi. 
Dunyoga k?lganman - 
Ko'zimda yoshim,
K?tmoq bu dunyoning 
Rasm-rusumi.

26

Boq'da m?va qolsa - 
Ko'payadi gap, 
Daraxtlar bosh egar - 
Qora tortar yuz. 
Qishki olmalarin 
Qutiga joylab, 
Dunyodan xotirjam 
O'tib k?tar kuz.

27

Ko'chalarda qoldi - 
Bog'lar b?ega, 
Qushlar ko'kka shoshdi 
Oqshom tushgan payt. 
S?ni kutib tursam 
Bir o'zim yo'lda - 
Hayot, s?n ertaga 
K?lasanmi, ayt?

 

* * *

Tong otmoqda!
Juma Tongi — 
Yon atrofning hushin olgan.
Hamma narsa biram Yangi — 
Faqat Men — eskidan qolgan.

* * *

Qor qalin,
Qiynalib bosasan qadam,
Izing chuqur ketar.
Bukilar qadding.
Ko‘milsam — ustimga
Xok tortsang qordan,
Menga qabr bo‘lsa
Sening izlaring.

* * *

O‘z-o‘zimga bog‘landi bu tan,
Ba’zan faryod chekar, dod solar.
Bora-bora yig‘ilarim ham —
Qofiyaga solinib borar.

* * *

Fursat yetdi.
Tong otdi.
Osmon almashar libos,
Xushomad qilib kunga —
Ochilar Yangi g‘uncha.
Bugun andak tobim yo‘q.
Faqat Sendan iltimos — 
Tangrim, meni o‘ldirma — 
She’rim tug‘ilmaguncha.


ENTSCHULDIGUNG

Kelishmay turibdi shu so‘zga tilim,
Qancha urinmayin,
Qancha qilmay yod.
Birgina shu so‘zni
Aytmaslik uchun — 
Xato qilmas edim umrbod.

* * *

Gumburlaydi toshu tog‘,
Uchar ko‘kning lochini.
Titrab ketadi nogoh — 
Miltiqlari ovchining.

* * *

Chizib ber.
Men qaysi yo‘lakdan yuray, 
Yoki bu dunyodan ketaymi butkul.
Boshqa ishing yo‘qmi, 
Uyalmay-netmay,
Meni muhokama qilasan nuqul.

* * *

Hilol daraxtlarda qolar ilinib,
G‘amgin sukut ichra tong otar oppoq.
Ozgina noqulay sezar o‘zini —
Shamollar uchirib keltirgan yaproq.

* * *

Sen ketganday— 
Bexosdan
Huvillab qoladi xonam,
Hozir boshqacha edi— 
Birdan o‘zgardi ahvol.
Sen axir o‘zing menga,
Yaqinsan o‘zimdan ham — 
Barmoqlarimni siqib
Turgan uzugim misol.


O‘TTIZINCHI MART

O‘sha kun esingdami
Esingdami o‘sha kun — 
Talabalar yotog‘i
Ayni qizigan palla— 
Bizlar ko‘chaga chiqdik — 
O‘shanda birinchi kun,
Hamma bizga qaradi — 
Bizga qaradi hamma.
Bahor edi — gul edi— 
Bog‘lar bog‘lardi yo‘lni,
Olib tashlagim keldi,
Sochingga tushgan gulni.
O, o‘sha payt — o‘sha payt — 
Qani Sen o‘zing esla — 
Faqat to‘g‘risini ayt, 
Yonimda borarding-a,
Yonimda borarding-a?!


ENAMGA

Ishonasiz hamma narsaga,
Aldash mumkin Sizni beqasam.
Onajonim, axir nimaga —
Ishonasiz, o‘lmayman desam?

* * *

Kunlar uzoq menga
Uzoq yo‘l tun ham,
Men juda yiroqman —
Quyosh va oydan.
Eslab qololmaysiz
Aytganim bilan
Faqat Muhabbat bor
Men turgan joyda.

* * *

Qor! Qaydanam Senga o‘rgandim,
Ko‘rinishing farishtadek pok.
Issiq kiyim, qo‘lqopu chang‘im — 
Tegramdagi hamma narsa oq.
Shubham bordir bu oqlikka ham,
Ichikirlik bormi bu jonda?
Nega qadam bosishim bilan,
Oyoqlarim kelar osmondan.
Men o‘zimni o‘nglaganimcha,
Yiqitmoqlik qasdidadirsan.
Xayolingda bo‘lsin!
Buguncha — 
Oyoqlarim ostidadirsan.

* * *

Xayriyat, yuragim tinchlandi biroz,
Xudoyim, ming shukur, kengdir karaming.
Faqat, dastro‘molcha bo‘lmaydi qog‘oz — 
Tili kalimaga kelmas qalamning.

* * *

Og‘zimga joyladim
Yana bir tilni.
Nemischa ohanglar bermoqda tovush.
Falakka uchirib borar ko‘nglimni,
O‘ttiz ikki qanot,
O‘ttiz ikki qush.
Men bilan teppa-teng bormoqda havo,
Yulduzlar to‘shalgan zaminday tegram.
Meni ovuntirib o‘tirmang aslo — 
Bertold Brext kabi yig‘lasam.

* * *

Tugab borayotir kunduzning umri,
Asta g‘ira-shira tortmoqda xonam.
Azizim, va’dangni oxirgi kuni — 
Bugun kelsang kelding— 
Ketaman...

* * *

Qizarib ketgandir ko‘zim yig‘idan,
Qo‘limda ezilib ketgandir kiprik.
Boshqa narsalarni o‘ylayin, desam,
U hamon xayolda yuribdi tirik.
Necha bor yuzimni yuvar sovuq suv,
O‘zimga keltirar shamol o‘rtanib.
Baribir yurakdan qarab turar U — 
Qovurg‘alarimga suyanib.


DUNYO

Bir nuqtaman.
Kichik bir nuqta — 
Meni qaydan olgansan yig‘ib.
Nahot, shunday katta holingda — 
Yashayapsan ko‘zimga sig‘ib.
Balki meni qilmaysan pisand,
Oh chekmaysan yig‘i-sig‘imdan.
Bilki, qancha katta bo‘lsang ham,
Kichkinasan qorachig‘imdan.
 
* * *

O, bu tong— 
Qanday kun qarshilar meni,
Negadir ichimga sig‘mas quvonchim.
Azizim, termulib turibman. Sening —
Kelmaydi uyqudan ko‘zingni ochging.
Ishon, kechagidan boshqacha bu tong,
Qara, yostig‘ingga tushmoqda yog‘du.
Jonim, uyg‘onaqol!
Azizim, uyg‘on — 
Uyg‘ongin. Bizlarga atalgan tong bu.
Nahotki, uyquni qiymaydi ko‘zing,
Baxtiyor uxlaysan xayolga cho‘mib.
Ko‘zingga navbatda turibman. 
Bir zum — 
Sening tushlaringga kirmoqchi bo‘lib.
 
* * *

Menimcha, aytilib bo‘ldi hamma so‘z,
Undan boshqa so‘zlar menga qorong‘u.
Men endi nimaga tiksam ekan ko‘z — 
Men nimani endi qilayin orzu?!

Axir uyatmasmi, karamli Tangrim,
Har aytgan so‘zimni qilsa mukarram.
Yaxshisi men endi tura qolay jim,
Bilmayman, men boshqa ne so‘rashniyam.


* * *

Yuragimni ezib yog‘ayotir qor,
Bunchalar avzoyi buzuq havoning.
Uyni yig‘ishtirib qo‘ydim so‘nggi bor,
Buncha to‘zib ketgan kitob javoning.
Seni hali-beri bo‘shatmaydi ish,
Bugun ham qolasan yarim kechaga.
Aytib qo‘yganmisan — 
Fe’li yomon qish — 
Meni chiqarmaydi ko‘chaga.
Категория: SMS SHERLAR, SEVGI HAQIDA SHERLAR (27.12.2013)
Просмотров: 1543 | Рейтинг: 0.0/0