Erpo‘lat Baxt
MOMOMNING KOVUSHI Shukr, momom bag‘rida, Yashayapmiz isinib. Keksayganda bizni deb Qoldi biroz qisinib. Har yakshanba bozorga, Jun sotgani ketadi. Axir jinday nafaqa Nimagayam yetadi? ...Qish kunlari ajoyib, Fayz oladi mahalla. O‘ynamasdan qorbo‘ron Aytgum ukamga alla. Momom ketgan bozorga, G‘archa-g‘urch qomi bosib. Kelib qolar hademay, Yelkaga to‘rva osib. Onajonim tabiat, Tezroq haydagil qishni, Yirtilmasin yozgacha, Momojonim kovushi. MO‘RINING SHIKOYATI Agar meni qiynasa, Pechkaning sho‘x tutuni. Rahmim kelib gohida Ozod qilaman uni. — Erkinlikka chiqaqol,— Deyman u bechoraga U boisa chiqar chogi, Bo‘yar meni qoraga. MOYCHECHAKNING QALPOG‘I Erta ko‘kiam moychechak Qalpoq kiydi quyoshrang. Hayrat ichra do‘stlari, Boiishdilar hang-u mang. Kibr-u havo band etdi, Moychechakning o‘yini. Ko‘z-ko‘zladi qalpoq-la, Mittigina bo‘yini. Uning maqtanchoqligi, Yoqmadi deyman chogi, Moychechakdan arazlab, Uchib ketdi qalpogi. SUZISHNI O‘RGANAY Toiib oqqan anhorga, Tushib ketdi paqirim, Shosha-pisha yordamga, Jo‘rabekni chaqirdim. Yeng shimarib dedi u: — Qotiramiz bu ishni Faqat shoshma, men oldin O‘rganayin suzishni. MAQTANCHOQ MUSHUK Bitta sichqon ovlagani Jonni qiynab yurmayman. Teshikdan chiqqanda ham Ortidan yugurmayman. Omborxona ichida Sanqishning yo‘q keragi. Temir qopqon oijani, O‘zi ushlab beradi. | |
Просмотров: 1049 | |