Go‘zal Begim
EY SUYDIRGUVCHI Ey suydirguvchi gul bargini yuragimdan olib o‘tgan tuyg‘ularimning billur shaklini ovoz xiyobonida erkalaguvchi saksovul iforida raqsga tushgan sabo sandig‘idan ozod bo‘lgancha qushlar qiroatin ko‘kka yo‘llagan nigoh kengligiga yo‘l olgan ey so‘z tiz cho‘kkan tovushlar sening qarshingda va yurak haqidagi ertaklar Ey suydirguvchi ko‘zimning tim qora muhabbatini shaffof sukunatga chog‘ishtirgan zot yuragimning o‘nqir-cho‘nqirlarida shafaq ummonini barpo etguvchi olis manzaralar ichidan oltin jimlik ila olib o‘tguvchi Ey suydirguvchi tun va tongning oralig‘iga qahqaha hikmatini ilib qo‘yguvchi tuyg‘ular qa’riga nodir buyumlarni jamlab qo‘yguvchim qo‘llarimni ochiq holida samo saroyiga yo‘llayotganda ko‘z yosh javharini yaratgan ey zot tabassum shiviridan o‘sgan so‘zlarni muhabbat diyoriga muhrband etib yuragimning mingta tomoni bilan ey suydirguvchi ey suydirguvchi *** Men she’r o‘qiyapman ko‘zlarimga osilgan munglar daryo-daryo so‘zlar qarshimda qum kechadi alp orzularim tun otyapti qorachig‘imda Men she’r o‘qiyapman yuragingiz ichida turib to‘kilyapman to‘rt tomonimga ovozimda chayqalib borar binafsha rang kunlar qismati *** Tomchi haqidagi tasavvurlarim aks etganda tungi yaproqda yomg‘ir yog‘ar edi yo yog‘mas edi Kechagi kunimni eslatib qo‘lim namozshomgullarning g‘amgin hidini maktublarga joylayotgandi Suvga qiyo boqqan yolg‘izligimda gullar ochilmagan edi ochilmagan gulga yaqin edim men *** Oy tushib kelyapti yuragimning izi yomg‘irli shodlik Sen va Mening oralig‘ida tuyg‘ularga qurilgan ko‘prik shivirlaydi "Mana men keldim” Oy tushib kelyapti bo‘sag‘amda oyli qadamlar ovozimda sollanib turar tun ko‘rfazin kechayotgan sog‘inch ko‘zlarimning cho‘qqilarida u yoqdan bu yoqqa o‘tayotgan ilinj pichirlaydi "Mana men keldim” Oy tushib kelyapti Bo‘sag‘amda turibdi mana havodagi moviy chiziqlar yo‘qlik tegrasida aylanaverar muzga do‘ngan bitta olov so‘z "Mana men keldim” *** Nigohimni gullar silagan Majnuntolga qo‘shilgan ismim Ko‘z ortimda titraydi havo Yuragimga tomchilar Shabnam Za’faronlik ko‘ngli buzilgan Oy oynasi tushar dilimga Irodamning kipriklaridan Yer shariga tomchilar Ovoz Ana umidimning to‘fonlarida Suzayotgan qog‘oz qayiqcha qalamimning yuragin tutib tomirimga tomchilar Quyosh *** Yuragimning oqargan sochi Tushib ketar qo‘lingdan bir kun Daraxtlar ostiga to‘kiladi kuz *** Atirgul ismiga ismimni qo‘shib Gulning irodasin hidladim chayqaldi moviylik
| |
Просмотров: 1149 | |