Dilfuza Komil
Qish yig’laydi bag’rim bahorlarida, Bahor dilga sog’inch suratin solar. Izingizda ezgin qolgan ko’nglimni , Binafsha bo’ylari nikohlab olar . Nechun siz emas Yurakrang hinolar qo’lga kirgaylar, Bardosh tikanlari dilga kirgaylar. Tavonim qonidan ishq ta’min totib Taqdirning toshlari tilga kirgaylar . Nechun siz emas Ilinjlar zavoldan asrar umrni, Zorimni zor qolgan kunga bermaslar . Ko’z yosh islariga cho’mgan parqular Meni g’am titragan tunga bermaslar Nechun siz emas Oydinning qo’llari ko’ksimga etar, Oyning nigohlari kelmoqda malol . Sog’inch cho’g’larini labida tutib , Meni quchog’ida kuydirar hayol. Nechun siz emas *** Kuygulari mo’l ko’ngil, Ko’z yoshlardan ho’l ko’ngil , Azob ungan so’qmog’im , Haq qoshiga yo’l- ko’ngil . Tavonlarim tilikdir , Dilda ilinj tirikdir - Jon potragan bo’g’zimda Kuylaringni tiriltir . Dil so’ragan suygulim, Anduh tutdi kuygulik. Shahid ketdi tuyg’ular, Muhabbat ber tuygulik. Oq yomg’irlar boshimda , Oy qoraydi qoshimda . Bir jonimda ming yamoq- Ne savdo shu yoshimda Qismat –no’noq chechagi Yamar ishonch tegrasin - Ishonchga tosh otmishlar Yuragimni egasi … Ko’nmoq nima- bilmayman , Kulmoq nima- bilmayman . O’zinga boshla, ko’ngil , Sendan qaytib kelmayman . Befoyda dard uqmog’im , Bunda yig’lab o’tmog’im . VATAN DESAM Qochib ketar vaqtning ortiga , Vatan desam , Yig’laydi yurak . Qodiriyni qabrin izlamay Sevmoqlikni bilmaydi yurak . Qochib ketar moziyga dilhun Cho’lponlarga baytlar aytadi . Sibirlarning tuproqlaridan Usmon Nosir bilan qaytadi . Tushlarimda berolmaydi jon Qonlar kelib Botu og’zidan . Vatan desam , Vaqt ham tislanar - Stalinnning olar bo’g’zidan . Vatan desam, Gullaydi yurak , Gullar tanning har bir suyagi . Ko’zlarimda hilpirar mag’rur Fayzullo Ho’janing ko’ylagi . Vatan desam jilmayar dunyo . Vatan Dunyo oshig’ing sening . … Hurosonni sevib o’tgandi O’ris bo’lsa hamki Esenin . * * * Dunyoda toshlar ham og’riydi , Tavba deb yig’laydi kesaklar. Tuproqdan emgan oq sutuni , Tuproqqa qusadi ko’saklar . Tog’larning ko’z yoshi daryodir, Daraxtning muglari beadoq . Qirlarni yig’latar ingranib Labidan qon sizgan qizg’aldoq. Qaldirg’och tilida valfajir , Shamollar tilida tavallo. Hushidan ayrilib bulutlar Haq- do’st, Haq -do’st , Haq –do’st, Yo ,Alloh.. Shams ,qamar ko’ksida alanga , Eru ko’k giryondir barobar . Shu cheksiz qayg’ular dahrida Sen nechuk hushnudsan , Birodar . * * * Men dunyoga keldim axtarib Bir ayolni - Qayg’ular tengi… Yo’qlatdilar uni sog’inib Hudo O’lim va …yana Sevgi . Tanimasmish uni hech kimsa , Ko’rmaganman men ham , Ne deyin . Omon qolganmikin bechora O’ttiz yillik yomg’irdan kiyin . Biroz yig’loqi, Biroz mahzun Biroz injiq va achchiq tilli , Arshda yaxshi bilarlar uni- Anduh urgan shoir shekilli … Hullas ,uni izlang , Topinglar , Sizga ajib ajirlar tegar O’sha tentak sohib qalamga Ko’kdan ko’ngil kelibdi denglar. Nikohimga olarman uni , Dil ahlida shunday taomil. U baribir sizdan emas-ku , Odam emas ,Dilfuza Komil. * * * Jon nodirim , Mendan qo’rqqulik, Suyishingni ko’nglimga aytma . Ket , Ketaqol … Ketolsang agar Qayta meni dardimga qaytma . Yuragimni ikki qo’li qon - Yurak meni o’ldirib qo’ydi . Ko’z ostiga oldi-yu seni Qosh ostiga qabringni o’ydi . Jon nodirim , Mendan qo’rqqulik - Lablarimda joning ta’mi bor . Rost emasdir rahimdilligim , Bo’lolmaysan sen ham baxtiyor . Kulgum –Ilonparidan ehson , Ko’zlarimda qurbon talabi . Atrofimda to’zg’ir tuyg’ular Qo’hiqofning devlari kabi . Yo’llaringa tashladim taroq - Q ucholmaysan endi hech meni . …Jonim , Ishqdan azizmi joning , Endi meni chaqirmaysanmi .
| |
Просмотров: 1246 | |