Dilrabo Mingboyeva
Nega ko‘zlarimga qaramaysiz axir Kipriklaringizda qalqib turgani kelaman ko‘tarib Yerni uchayotgan boshim ko‘ksingizga qo‘nar ekan maysalar tebranishida oqayotgan ko‘zlarimga nega qaramaysiz axir Qoracho‘g‘laringizda o‘zimni ko‘rgani kelaman oyoqlarimga bolamday yopishgan dunyoni sudrab... nega ko‘zlarimga qaramaysiz... SIZ I. Birma bir qadam tashlab yuragimdan o‘tasiz — Ko‘chamdan o‘tayotib... II. Siz sochlarim silaysiz, Begim, Men dilingizni... III. Yuraklar ko‘pkarisida Tortqilanar ko‘nglim uloqdek Chavandozim, Qachon kelasiz?! * * * Tongdan yulib oldim quyoshni, itqitaman yulduz — ko‘z yoshni, ko‘ksimda oftob kuyar — qon... Ko‘nglimda zardob sog‘inch — armon. Tundan tortib oldim hilolni, U ko‘ksimda endi ol-oldir, Hayot nima !? Qaqshashmi zor-zor... Yoshim tomar... Yurak — yomg‘irzor.. Oy meniki, meniki quyosh, Oyim, quyoshim ham o‘ksinar, ona, seni sog‘indi ular! Ona, seni sog‘indi ular... SEN 1. Tomosha qilyalti yo‘lovchilar Derazangga Osib qo‘yilgan ko‘zlarimni 2. Mening xonam sovuq, paltom yulqa, Sening qaynoq yuragingni yopinib Jon saqpayman qishda 3. Derazam muzga qoplangan, Isming yozdim unga Va dunyoni tomosha qila boshladim * * * Suvlar olib qochadi ko‘zimni umrimni o‘ynaydi Oy nuri osilib qolaman tuyg‘ularimga nafas olayotgan yonimda Tunmi? Yashash daraxt shitiridek shunchaki telefon ovoziga suyanish Faqat menga baxt bermoqchi bo‘lasiz qo‘llaringiz shuncha uzunmi!? * * * Qayga ketmay ko‘zlarini qadaydi osmon bundagi yellar O‘yinga tushadi yelkalarimda Uzilgan yaproqpar qitiqlab yotadi oyoqlarimni SIZ uzoqdan qaraysiz menga Qotib suratga aylanar dunyo ko‘ksimga qo‘nib o‘tgan lahzalik nafas sug‘urib ketadi jonimni Hozir quyosh qulaydi va hammasi tugaydi Siz uzoqda qolasiz endi.. SEN Sen — yuragimni ikki yortiga bo‘lib qoq o‘rtasidan o‘sib chiqqan toshsan. Ko‘kka ko‘tarilgani qo‘ymagan, erga kirgizib yuborayotgan og‘irliksan. Ildizlaring yuragimga shu qadar chirmashganki, Seni yulib tashlamoq bo‘lsam, yuragim-da yulingay. Yo‘q, seni yaxshi ko‘raman deyayotganim yo‘q. Sen shunchaki... Yuragimda yuksan! * * * Chopdim ko‘ksingga ko‘milgan yurak murdalariga turtina-turtina... Baxt zamini osmonida edik Men seni suya-suya, Sen qalbim yeya-eya. Berdim borim senga, yo‘g‘im senga, ko‘zlaringdan qabr ber menga! * * * Bo‘m-bo‘sh hovuchlarim sen-Sukunatdan Bir tomchigina sevgi tilandi. Senda sevgi ko‘-o‘p edi. Hammaga ulashding. Mendan qizg‘anding-a?! Bo‘m-bo‘sh hovuchlarim... | |
Просмотров: 1188 | |