Davron Hotam
M.GA Go’zal edi bizning onimiz, Go’zal bo’lsin vidolashuv ham. Sirqirasin, og’rib jonimiz Lek, tantana qilomasin g’am. Hayratlarda qolsin myhabbat, Ojizlikdan xo’ngrasin hajr. So’nggi tilak – ko’ngila toqat Taqdir uchun Tangridan ajr. …Yana ozroq qilaylik sayr, Bir umrlik xotira uchun. Yuraklara yozaylik – SABR Bir tomchi yosh xotima uchun. BIR KATTANING DEGANI Oqni oq, qorani demagin qora, Har ne ham nisbiydir, har rang o’zgarar. Shohlar o’zgaradi, ko’chgay idora Bugun tund, ertaga qora jilvagar. Oqni oq, qorani demagin qora. Bo’lmasa muttaham yolg’onchi zotsan. Ranglar o’zi seni aylagay pora, Sen "rangin” dunyoga butunlay yotsan. Oqni oq, qorani demay tur qora, Oq-oppoq bo’lguncha indama! * * * Ostonadan kuzatib qaytdim, Mulozamatetmadim…aytdim – Qaytib keting… Derazamni sindirar shamol, Yuguradi yuragim…behol Eslab bir kuyni… Xorib o’tar kunlarim tunga, Jonim qurbon ahir bir unga… Men ham ko’chay endi kechamdan. …Anglolmayman bugungi holim, Kayfiyatim o’g’irlar yolg’on. Kimga uvolim. O’ksib, o’ksib ketar yuragim – "Mening axir yo’qmi, keragim?” …Ostonada ko’zlarim undi Men sevaman – jonu tan ko’ndi. Endi qayting… Iltimos Yuragim bilan. * * * Sen bahor tongiga o’hshaysan, Nigohing uyatchan, titroqli. Oq bulut – ro’moling o’raysan, Sen xali ma’suma, hayoli. Sen yashil rangdagi tushimsan, Quyoshga nur bergan hayolim. Maysalar sharobi yoshimsan – Shabnamga aylangan ayolim. * * * Bu olam meniki, Meniki faqat. Nima deysiz, Tan olasizmi? Bu gul hazon emas, Sarg’aygan toqat. Toqatning toqiga chiqolasizmi? Mening olamimda kulmasa Bahor, Siz mening Kuzimni sevolasizmi? Shalabbo tashvishga Mazah otib yor Isyonkor ko’zimga cho’kolasizmi? Har tong jangoh erur Vatanim. Dilimning BADRida turolasizmi? Dushmanning izmiga tushsa gar tanim Qilich yalon’ochlab urolasizmi? Bu olam bizniki, Bizniki faqat! Ko’ngulni ko’ngulga Qo’sholasizmi? "Bu olam bizniki, Bizniki faqat” deyolasizmi? * * * Tushlarimga kirib chiqasan. Rosti shirin bo’lar bu tushlar. Miyig’imda kulib yuraman Hayollarim cho’qilar qushlar. Tosh otaman qushlar uchadi. Sen suvga ham aytilmas tushim… Armon qushi bola ochadi Zumda mijib qochadi qizim. * * * Ko’nguldek yashagin ko’ngulda, Hislarim suvratin tanigin. Do’st bo’lgin Hudoyim yo’linda, Sen mening yonimda qarigin. * * * Gul qoshida kapalak, Dardin aytolmay halak. Umrim qisqa deyolmas Egnida go’zal kuylak. * * * Gandiraklab qoldi chumoli, Majaqlandi beli, oyog’i. Ajal bo’lib kelgan ekanda Kelinchakning harir ro’moli. QASIDA Ozg’in edi Mehr Qaltriroq qo’li. Uzatsa yetmasdi Tokchaga… O’yladim bu holda kampirsho Yetmaso-o Tonggacha. * * * Tun – hijobga kirgan go’zal qiz, Oy yuzini bulut to’sadi. Kanizagi hurliqo yulduz, Ishq haqida kuylab beradi. … Shakkok shamol hijobni tortib, Sochlarini to’zgitar yorni. Ko’nglim ingrab, qoldi dil og’rib, Ko’rgim kelmas endi hech tongni. * * * Sudimmi suymadim Kuydimmi kuymadim Bilmadim Tuydimmi tuymadim Mehrni Kuymidim kulmidim Kunmidim kulmidim Bimadim Ko’rmadim ko’rmidim Mehrni Zo’rmidim zormidim Yovmidim yormidim Bilmadim Yodida bormidim Mehrni Qushmanmi tushmanmi Qishmanmi hechmanmi Bilmadim Kechikkan kechmanmi Mehrni Tutdimmi tutmadim Kutdimmi kutmadim O’ynadim Men sira yutmadim Mehrni
| |
Просмотров: 1135 | |