Muhiddin Abdusamad
...faqat daraxtlarga oshino ko‘nglim, faqat daraxtlarga oshiqadirman... ...Mirtemir talpingan mahzun majnuntol — Mashrabning patila sochlarimikan?.. ...faqat daraxtlardan izladim kalom, bir haqning kalomin, hur erk kalomin... ...zaminga sanchilgan patsimon terak — Navoiy ushlagan o‘tlig‘ qalammi?.. ...yig‘lasa yoshini yutadi daraxt, na yerga, na ko‘kka bo‘zlar dodini... ...manov kallaklangan ozurda shotut — birorta bechora shoir zotimi?.. ...elga ham, yerga ham erkalik qilar, samimiy tushunar aldoqlarini... ...daraxtlar tushunmas modernizmni, ko‘z-ko‘z qilaverar barmoqlarini... ...daraxtday tobora ko‘karayapman, jonimga ozuqa baxsh etar tuproq... ...qo‘llarimni ko‘kka ko‘tarayapman, havoda silkinar sap-sariq yaproq... KUTISH Yo‘llar uzilmadi qadaming tegib, Ko‘zim derazaga qorishib ketdi. Soxta yo‘lovchilar kirib ko‘zimga, Zulmat cho‘mgan dilim yorishib ketdi. Sendan visolingni qilmayman talab, Sendan diydoringni qilmayman tama. Ammo shuni faqat tushuntirib ket, Sening qiyofangga kirganmi hamma? * * * Katta bo‘layapman shekilli Tobora ko‘zimga tor ko‘rinyapti Dunyo... * * * Sotib olmoqchi bo’laman dunyoni Cho’ntagimdan to’kilib borar Oy – chaqa... Choychaqa... Bola-chaqa... * * * Ota, mehnat degani bemavrid abr ekan, qora sochlaringizga hijjalab qor elabdi. Ona, zahmat degani qip-qizil shoir ekan, qarang, peshonangizga satrlar qoralabdi. * * * Bu qanday sukunat, bu qanday bo’shliq, nechun shams kundanu oy tundan ayro?! Tanimni titratib to’kilar qo’shiq, Vovaylo, vovaylo, vovaylo... Qancha bo’ldi senga bo’ylamagandim, mening tashrifimga intiq g’o r— yuragim... Istig’for, istig’for, istig’for... Bu qandayin fasl — bahorda kuzak — borlig’im, vujudim yam-yashil xazon. Bir nasim yelmoqda ko’ngilga bezak, Ruhafzo, ruhafzo, ruhafzo... * * * Ikrom Otamurodga Bir odam... ich-etini kemiradi Vatanni deb, Bir odam... soat sayin semiradi Vatanni yeb... * * * uchib ketmoqchi bo’ladi daraxt yaproqlarin qanot deb o’ylab changalini botirib yerga * * * yuragingga qamalib oqib ketayapman ko’zingda * * * Bahor – O’ziga bino qo’ygan yigit, Boychechak – aldangan qiz. ICHIKISH Seni sog’ingandan Bosh ko’tarishar Ko’ksimda Qolgan boshing izlari.
| |
Просмотров: 1183 | |