Oygul Asilbek qizi
Tushimmi o’ngimmi eslay olmayman , Faqat yodimdadir seni ko’rganim . Osmonni to’ldirgan yorug’ nur kabi , O’sha senmi yonimda turgan , O’sha menmi ming jur’at bilan , Qo’llaringdan mahkam ushlagan . Haqiqat xayolot o’rtasidagi Sarhadlar bir muddat buzilib ketdi . Senu men ikkimiz oramizdagi Qismat zanjirlari uzilib ketdi . Qara ,ko’zlarimga qattiqroq qara , Ellarga sovurma oniy lahzani . Meni yuragingga shunday muxirla , Kaftingga chizilgan taqdiring kabi , Tushimmi o’ngimmi eslay olmayman , Faqat yodimdadir seni ko’rganim * * * Eshikni ochaman ichkari … Qarshimda sukunat boqadi. Umrimga mengzagan qumsoat, Bildirmay quyiga oqadi. Kunlarim to'kilar, tunlarim, Yillarni to'ldirib o'ynaydi. Afsuski, umrni soatday, Teskari ag'darib bo'lmaydi * * * Qo’ng’iroq chaladi qizg’aldoq bargi , Gulkosa labida shabnamning sozi . Yalpiz yanog’ida yomg’irning gardi , Uzoqdan bulbulning kelar ovozi . Uxlar oftob ufqqa boshini qo’yib , Asta qaddin rostlamoqqa urinar . Hali butun qishloq uyg’onmay turib, Uch kunlik kelinchak hovli supirar. AROSAT Bir yonimda dunyoning turar hushro’y surati , Bir yonimda namoyon olamning bor kulfati . Saodatga savobim bir yonda iqror qilar, Bir yonimda gunohim yomon sharmisor qilar . Bir tomondan jahannam ,do’zax sasi keladi , Bir tomondan jannatning xushbuy isi keladi . Bir yelkamda Rahmonning sano aytgan elchisi , Bir yelkamda shaytoning menga qo’ygan soqchisi . Bir oyog’im rahmatning ko’chasidan o’tadi , Bir oyog’im la’natning ko’chasiga tortadi . Bitta qo’lim beshikni ushlamoqqa chog’langan , Bitta qo’lim tobutning dastasiga bog’langan . SIZDA NIMA BOR Siz hayol surmaysiz yomg’irga qarab , Bahor keladimi sizga farqi yo’q . Faqat yashayapsiz bir o’zni ayab , Go’yo bu olamning sizga daxli yo’q . Bilmadim ,azizim sizda nima bor , Umrida bir bora kuymagan yurak . Kechiring ,boshqa hech narsa ko’rmadim , Qorong’u, zaxlagan ko’ngildan bo’lak . SHE’RIYATGA QADAM Osmon chayqaladi suvning sozida , Quyosh parchalanib ketganday go’yo . Bu zaminda ayni bahor kezida , Tog’larning poyiga qulaydi samo . * * * Ikki olam zavqin birday axtarib , Vale ishqdan bo’lak zavqni ko’rmadim . Dunyo dardlarini bir joyga yig’ib , Sevgidan ortiqroq dardni ko’rmadim . * * * Qatra ishq so’radim taqdirdan , Ko’piga jur’atim etmasdi . Qo’rqaman bugungi baxtimdan , Ko’pikday yorilib ketmasmi . * * * Ko’nglimni ulashdim ,to’zimni topdim , Hikmat g’aznasidan so’zimni topdim . Boshimda charx urar taqdiri azal , O’zni qurbon qilib, o’zimni topdim .
| |
Просмотров: 1236 | |